#taqdimot_1
TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya
Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.
Dastlabki taqdimot joriy yilning 16–23-iyul kunlari Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib qaytgan Universitetning Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mas’ullari va mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Taqdimotda Koreya ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or raqamli texnologiyalar, universitet boshqaruvi va ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berildi.
Rektor tomonidan mazkur tajribalarni universitetning tegishli yo‘nalishlariga joriy etish, har bir mas’ulga yetkazish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Endilikda TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalarining kampusga kirib-chiqishi, davomatini nazorat qilish hamda mashg‘ulotlardagi samaradorligini baholash jarayonlarini Koreya tajribasi asosida raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: TerDUning Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Daejin University bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy qadamlar tashlanmoqda.
Bu tashabbuslar TerDUda raqamli transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy universitet modelini shakllantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍12❤7🔥4🤔1
#taqdimot_2
🟢 TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda
🟢 Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🟢 Ayni paytda Markaz tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ilmiy asosda o‘rganish, mavjud muammolar va rivojlanish to‘siqlarini aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.
🟢 Shuningdek, hududlarni barqaror rivojlantirish strategiyalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda hudud iqtisodiyoti va aholi turmush darajasini oshirishga hissa qo‘shish Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍13❤4🔥1🤔1
#taqdimot_3
🟢 “Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim
🟢 Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
🟢 Taqdimot davomida markazning faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berildi.
🟢 Mazkur ilmiy izlanishlar hududda Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍19❤4🔥4🤔2
#taqdimot_4
🟢 Jamiyat fikrini o‘rganishning zamonaviy yechimi
🟢 Termiz davlat universiteti Strategiya va tahlil bo‘limi tomonidan aholi fikrini o‘rganish va tahlil qilish platformasi — “So‘rovnoma Platformasi” ishlab chiqildi.
🟢 Platforma orqali ijtimoiy so‘rovnomalarni yaratish va o‘tkazish, aholi fikrlarini tizimli ravishda yig‘ish, hududlar kesimida qamrovni monitoring qilish hamda natijalarni statistik tahlil qilish imkonini beradi.
🟢 Mazkur loyiha aholi fikrini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlar asosida samarali qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍23❤7🤔2
#taqdimot_5
🟢 Xalqaro tajriba va yangi takliflar
🟢 Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi mas’ullari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan Yozgi maktab dasturida ishtirok etib, orttirilgan tajriba va taassurotlar asosida ishlab chiqilgan takliflarini taqdimot qildilar.
🟢 Taqdimot davomida xalqaro tajribani hududiy tadqiqotlar faoliyatiga tatbiq etish, ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

1👍14❤4🤔3