TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🇺🇿🇨🇳#xalqaro_hamkorlik

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik
!

Oliygohning Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Prof. Lu Gang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda atrof-muhitni muhofaza qilish, hududda mavjud chang bo‘ronlari va boshqa shu kabi muammolarni ilmiy o‘rganish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun 3 va 6 oylik akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, xitoy tili o‘qituvchilarini vohaga jalb etish bo‘yicha kelishib olindi.

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti Xitoy milliy reytingida 29-o‘rin, ARWU reytingida 201–300, THE reytingida 251–300, QS reytingida 394-o‘rinda qayd etilgan. Universitetning qariyb 10 ta fan yo‘nalishi TOP-100 talikka kirgan bo‘lib, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha Xitoyda 2-o‘rin va THE reytingida 50-o‘rinni egallaydi.

Mazkur hamkorlik Surxondaryoning dolzarb ekologik muammolariga xalqaro ilmiy tajribani jalb etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍8🔥2👏1🤔1🎉1🫡1
🏛TerDUda qulay shartlarda TABAQALASHTIRILGAN (SUPER) to'lov-kontrakt asosida talaba bo‘ling!
 
✅ 2026/2027-o'quv yilidagi imkoniyatlar:
- tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlarini ikki yilga bo‘lib to‘lash;
- qulay narxlardagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari.

🔗 Termiz davlat universitetida tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt MIQDORLARI (YUKLAB OLISH).

Murojaat uchun (asosiy raqam):
+998 (76) 228-03-40,
+998 (76) 221-74-55

Qoʻshimcha bogʻlanish uchun:

+998 (91) 579-19-26
+998 (91) 901-90-90
+998 (93) 638-06-72
+998 (90) 168-45-16


Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤26🔥11👍7🤔3
#kun_hikmati

"O‘qituvchi — shunchaki muayyan fan o‘qituvchisi emas, eng avvalo o‘quvchining ustozi hamda jamiyat qadriyatlarini asrovchi va saqlovchi shaxsdir"


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Tan Oon Seng
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤7👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛TerDUda qulay shartlarda TABAQALASHTIRILGAN (SUPER) to'lov-kontrakt asosida talaba bo‘ling!
 
✅ 2026/2027-o'quv yilidagi imkoniyatlar:

- tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlarini ikki yilga bo‘lib to‘lash;
- qulay narxlardagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari.

🔗 Termiz davlat universitetida tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt MIQDORLARI (YUKLAB OLISH).

Murojaat uchun (asosiy raqam):
+998 (76) 228-03-40,
+998 (76) 221-74-55
,

📍 Binoning joylashuv manzili

Qoʻshimcha bogʻlanish uchun:

+998 (91) 579-19-26
+998 (91) 901-90-90
+998 (93) 638-06-72
+998 (90) 168-45-16


Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍11🔥4👏2
#kun_hikmati

Hech narsani keyinga surma!
Keyinroq qahva soviydi.
Keyinroq qiziqish so‘nadi.
Keyinroq kun tunga aylanadi.
Keyinroq umr o‘tib ketadi.
Keyin esa, imkoning bor paytda qilmagan ishing uchun qattiq afsuslanasan.


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍15🔥3
🏛TerDU jamoasi xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda

🟢17–21-avgust kunlari Urganch davlat universitetida “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusida Xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda.

🟢Unda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Termiz davlat universiteti jamoasi ham mazkur xalqaro tadbirda faol qatnashyapti.

🟢Yozgi maktab doirasida sun’iy intellekt, ilmiy tadqiqotlar, tarjima, nemis tilini zamonaviy usullarda o‘qitish, madaniyatlararo muloqot va PhD ta’limi kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr va tajriba almashilmoqda.

🟢Seminar va master-klasslarda TerDU professor-o‘qituvchilari, magistrantlari hamda talabalari o‘z bilim va tajribalarini boyitib, xorijiy hamkasblar bilan muloqot qilmoqda.

🟢Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari uchun Xiva, Urganch va Nukus shaharlariga madaniy-ma’rifiy tashriflar ham rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍15❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢«Munavvar kun» dasturi mehmoni — Termiz davlat universiteti professori

🟢«Munavvar kun» dasturining navbatdagi sonida Termiz davlat universiteti professori mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, yurtimiz taraqqiyoti hamda yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.

🟢Dastur boshlovchilari — TerDU talabasi va o‘qituvchisi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11❤4👍3🫡3
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.

Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.

– Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!

– dedi Prezidentimiz.

O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.

Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Facebook|Instagram|X
👍5❤3
Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi.

“10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi.

Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi.

To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Facebook|Instagram|X
👍5🔥3
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi.

– Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur,

– dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi.

Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi.

Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

– Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
👍4❤3