TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TerDU professor-o‘qituvchilari — XIII Xalqaro Bolgar arxeologiya maktabida

🟢Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida 10–23-avgust kunlari o‘tkazilayotgan XIII Xalqaro Bolgar arxeologiya maktabida faol ishtirok etmoqda.

🟢Xalqaro yozgi maktabda Belarus, Rossiya Fanlar akademiyasi, Xitoy, O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, arxeologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda.

🟢Tadbir doirasida sun’iy intellekt, raqamli arxeologiya, arxeologik tadqiqotlarda geologik va geofizik qurilmalardan foydalanish, geodeziya hamda 3D modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy munozaralar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

🟢Arxeologik dala tadqiqotlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yuzasidan TerDU professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashib, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilmoqdalar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤13👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟢Oliy ta’limga oid savollarga javob beramiz!

🟢Qabul, imtihon, grant, kontrakt va talabalar hayotiga oid yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling!

🔗 Termiz davlat universitetida tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt MIQDORLARI (YUKLAB OLISH).

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5
#kun_hikmati

“Vaqtni kutib o‘tirma. Harakat qil — imkoniyat ko‘pincha yo‘lning o‘zida paydo bo‘ladi.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
George Herbert

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4❤2
TerDUda 2026/2027 o'quv yili qabuli bo'yicha o'tish ballari!

Termiz davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tish ballari bilan tanishing

✅ O‘tish ballari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi.


Fayl ko'rinishida yuklab olish

✅ Call markaz raqami: 76 228 03 40
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥19❤17👍6🤔2🎉2
#№53
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Abdullayeva Zuhra Ismoilovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Iqtidorning shaxs muloqot uslubiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

💫Universitet jamoasi nomidan Zuhra Ismoilovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤21🎉4🔥2👏2
TerDU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universitetida rektor raisligida Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish oflayn va onlayn shaklda tashkil etildi.

Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt miqdorlari muhokama qilindi. Yangi o‘quv yilida abituriyentlarga yanada qulay imkoniyat yaratish maqsadida super kontrakt miqdorlari ishlab chiqilgani, bunda o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan kontrakt summasi kamaytirilgani ta’kidlandi.
Muhokamalardan so‘ng 2026/2027-o‘quv yili uchun belgilangan super kontrakt miqdorlari Kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, super kontrakt mablag‘larini ikki yilga bo‘lib to‘lash taklifi ham bir ovozdan ma’qullandi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ–110-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi negizida “Barqaror rivojlanish” kafedrasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

🔹2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini oshirish, universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilmiy darajali kadrlarga ehtiyoj mavjud yo‘nalishlarga xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish va xalqaro akademik vakansiyalarni e’lon qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🔹Universitetda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida yangi ixtisosliklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ma’qullandi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤10🔥4👏1
TerDU rasmiy kanali
🏛 Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga! Termiz davlat universiteti rektorining tegishli buyrug'iga muvofiq 2026/2027-o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha barcha (Yurisprudensiya…
#2_OTM #yurisprudensiya #test_sinovi

🏛Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan edi.

🟢 Mazkur test sinovi joriy yilning 25-avgust kuni soat 8:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi binosida) o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📍 Test sinovi o'tkaziladigan binoning joylashuv manzili

📍 Eslatma: Barcha talabgorlar imtihon (test sinovi) jarayonlariga o'z vaqtida (imtihon vaqtidan kamida 30 daqiqa avval) va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishi lozim.

📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3🤔2
#№54
#Himoya_2026

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Normoʻminova Dilafruz Erkinovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Shaxs xavotirlanishi va agrеssivligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari diagnostikasi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilafruz Erkinovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍41❤15👏9🎉4🔥2