TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢QIZLARIMIZ ICHKI ISHLAR VAZIRI KUBOGI SARI DADIL ODIMLAMOQDA

🟢Termiz shahri mezbonligida o‘tayotgan “Besh tashabbus Olimpiadasi doirasidagi qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi ayni damda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechmoqda.

🟢O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun kechayotgan nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

🏛5 kunlik musobaqa bahslari “Surxon Arena”, Termiz davlat universitetining voleybol sport zali hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli sport majmualarida tashkil etildi.

🟢Bugunga qadar asosan Termiz davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan voleybolchi qizlarimiz ham munosib ishtirok etib, zafarli odimlarini davom ettirmoqda.

🟢Kuchli zarbalar, keskin vaziyatlar va murosasiz bahslar tobora avjiga chiqmoqda!

🟢Endi barcha nigohlar — kubok sari dadil odimlayotgan qizlarimizda!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5👏2
🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida bayram tantanalari o‘tkaziladi.

24-AVGUST | DUSHANBA
BANDIXON
Markaziy sport o‘yingohi
BOYSUN
“Boysun bahori” turizm majmuasi

25-AVGUST | SESHANBA
SHEROBOD
Markaziy sport majmuasi
OLTINSOY
“Yangi O‘zbekiston” madaniyat va istirohat bog‘i
QIZIRIQ
Markaziy sport o‘yingohi

26-AVGUST | CHORSHANBA
TERMIZ TUMANI
“Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydoni
QUMQO‘RG‘ON
“Navro‘z” istirohat bog‘i
SARIOSIYO
“Shaxtyor” sport o‘yingohi

27-AVGUST | PAYSHANBA
SHO‘RCHI
“Charog‘on” istirohat bog‘i
UZUN
“Turon” markaziy o‘yingohi
MUZRABOT
Markaziy sport o‘yingohi
ANGOR
Markaziy sport o‘yingohi

28-AVGUST | JUMA
JARQO‘RG‘ON
Markaziy “Paxtakor” o‘yingohi
DENOV
“Yoshlar va turizm” ko‘chasi amfiteatri

🎤 BAYRAM OLDI KONSERT TOMOSHALARI
23-avgustdan boshlab viloyatning asosiy bayram tantanalari o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydonida konsert tomoshalari bo‘lib o‘tadi.

🎉 29-AVGUST | TERMIZ SHAHRI VA VILOYATNING ASOSIY BAYRAM TADBIRI
“Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydoni

⏰ Barcha bayram tadbirlari soat 19:00 da boshlanadi.

Aziz vohadoshlar va viloyatimiz mehmonlari!
🇺🇿 Sizni Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalari va konsert dasturlariga taklif etamiz!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤13👏4
#kun_hikmati

“Vaqt — bu hayotning materiali. Uni behuda sarflash — hayotni behuda sarflash demakdir."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Benjamin Franklin
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤5
#№56
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi dotsenti Bozorov Hamid Xo‘shmurodovich Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "O‘zbek tili" ixtisosligidan “O‘zbek xalq ertaklarining lingvopoetik va lingvofolkloristik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Hamid Xo‘shmurodovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥35👍19❤11👏1
#№57
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Falsafa" kafedrasi professori Rasulov Hakim Mamanovich O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Siyosiy madaniyat va mafkura" ixtisosligidan “O‘zbekiston milliy taraqqiyotining hozirgi bosqichida siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi siyosiy fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Hakim Mamanovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥18❤9🎉5
🟢QIZLARIMIZ — “ICHKI ISHLAR VAZIRI KUBOGI” SOHIBASI!

🟢Xabaringiz bor, Termiz shahri “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.

🟢Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jamoalar ishtirok etdi.

🟢Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakunida Surxondaryo viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, Respublika g‘olibi bo‘ldi!
🥇 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati
🥈 2-o‘rin — Samarqand viloyati
🥉 3-o‘rin — Buxoro viloyati

🏛Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati terma jamoasi tarkibidagi 5 nafar qiz Termiz davlat universiteti talabalaridir.

✨Bu g‘alaba — Surxondaryo va Termiz davlat universiteti uchun katta faxr!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏23👍13❤12🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.

📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4🔥2