TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🏛TERDUDA TAJRIBA VA BILIM UYG‘UNLIGI — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM!

🟢Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti mavjud bo‘lmagan talabgorlar uchun suhbat asosida imtihonlar tashkil etildi.

🟢Mazkur jarayonda talabgorlar Yurisprudensiya, Ijtimoiy ish, Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatdan o‘tkazildi.

🟢Suhbat asosidagi imtihon — bu shunchaki sinov emas, balki yillar davomida orttirilgan mehnat tajribasi, bilim va salohiyatni namoyon etish uchun yaratilgan muhim imkoniyatdir!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍6🫡1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Imkoniyat #Tanlov

“Bunker”, “paravoz”, “X variant”dan adolatli tanlovgacha: abituriyentlar unutgan azob


Oliy ta‘limga qabul, yoshlar uchun tubdan o‘zgargan sharoit va imkoniyatlar tahlili "O‘zbekiston 24" telekanalida

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥5
🏛TerDU xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlamoqda

➡️Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🟢Mazkur yo‘nalishdagi amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor hamda tarkibidagi bo‘lim mas’ullari tomonidan taqdim etildi.

📊Taqdimotda 2026-yilda TerDUning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlash, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va xalqaro akademik makondagi ishtirokini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Jumladan:
🟢professor-o‘qituvchilarning SCOPUS bazasidagi ilmiy maqolalari sonini oshirish;
🟢TerDUning akademik va ish beruvchi reputatsiyasini yuksaltirish;
🟢Utara universiteti ta’lim markazi va Konfutsiy institutini tashkil etish;
🟢 Jiangsu universiteti filialini ochish bo‘yicha ishlarni rivojlantirish;
🟢TerDUning “QS by Subject” reytingiga kirishini ta’minlash;
🟢RUR reytingi mas’ullarining tashrifini tashkil etish;
🟢UI GreenMetric Global reyting forumini TerDUda o‘tkazish.

➡️Shuningdek, xorijlik talabalarni jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

✅ Rektor A.Toshqulov xalqaro nufuzni oshirish faqat reytinglardagi natijalar bilan cheklanib qolmasligi, balki ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik sifati, xorijiy talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining samaradorligi bilan uyg‘un holda olib borilishi lozimligini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤11🔥1👏1
Forwarded from TerDU rasmiy kanali
#2_OTM #yurisprudensiya #test_sinovi

🏛Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan edi.

🟢 Mazkur test sinovi joriy yilning 25-avgust kuni soat 8:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi binosida) o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📍 Test sinovi o'tkaziladigan binoning joylashuv manzili

📍 Eslatma: Barcha talabgorlar imtihon (test sinovi) jarayonlariga o'z vaqtida (imtihon vaqtidan kamida 30 daqiqa avval) va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishi lozim.

📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥2👍1
#kun_hikmati

“Orzularingizni vaqt emas, harakatsizlik uzoqlashtiradi."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Paulo Coelho
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢SURXONDARYO — YUKSALISH YO‘LIDA

🟢Vohada turizm salohiyati kengaymoqda!

🟢Ushbu ko‘rsatuvda Termiz davlat universiteti professori Poyon Bakirov vohaning turizm salohiyatini yuksaltirish, sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda TerDU professor-o‘qituvchilari va talaba-tadqiqotchilari tomonidan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar haqida o‘z fikrlarini bayon etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏8❤3🔥1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob #soʻragan_edingiz

Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?

Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!

Jarayon juda oddiy:
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.

🔗Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2👍1
Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Muloqot davomida mavjud akademik aloqalarni kengaytirish, xususan, Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro yozgi maktab tashkil etish, nemis tili o‘qituvchilari uchun Myunster universitetida malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim jarayoniga germaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, Nemis tili markazini tashkil etish, germanistika yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro onlayn ilmiy jurnal yaratish, akademik almashinuv hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ilmiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, Germaniya tomoni arxeologiya yo‘nalishida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar, arxeologik ekspeditsiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Tashrif yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍13❤11🔥3🎉1🫡1
Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!

Termiz davlat universitetida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq tashkil etilib, talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi asosida amalga oshirildi.


Talabalar quyidagi ro‘yxat orqali 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklari bilan tanishishlari mumkin.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari.
Magistratura mutaxassisliklari.

‼️Ta'lim grantini qayta taqsimlash jarayonlaridan norozi bo'lgan talabgorlar 48 soat davomida belgilangan tartibda apellyatsiya arizalarini ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limiga (Islom Toshpulatov, +998941362017) topshirishlari mumkin.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤19🎉5🤔3👏2