TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
“MODA YO‘LI”: TERDU TALABALARI RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI!

Samarqand viloyati Yoshlar markazida “Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan saralangan yosh dizaynerlar o‘zining ijodiy kolleksiyalarini namoyish etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari munosib ishtirok etib, “Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar!

Universitetimiz talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤14👏6🔥5🎉3
🟦🟦🟦 🟦🟦

🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o'qishini xorijiy va nodavlat OTM laridan ko'chirishga ruxsat etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish 2-sentabr kunidan boshlandi.

Hujjatlar fakultet joylashgan binolarda mas'ul xodimlar tomonidan qabul qilinadi!

Manzil:
🗺Termiz davlat universiteti (barcha fakultetlar joylashgan binolar)
🗺Tabiiy fanlar fakulteti

✅Talabalikka tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar (shaxsiy yigʻmajild):
1. Rektor nomiga ariza — universitetga kelib, yoziladi;
2. Attestat yoki diplom va uning ilovasi — asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno);
3. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
4. Konvert (A5 formatda) — 1 dona
(elektron shahodatnomaga ega bo'lganlardan talab etilmaydi).


ℹ️ Eslatma: shaxsini tasdiqlovchi hujjat ID karta bo‘lgan abituriyentlar my.gov.uz tizimi orqali doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma ham olib kelishlari lozim.

✅O'qishini boshqa (davlat, xorijiy va nodavlat) OTM laridan ko'chirishga, ko'chirib tiklashga va qayta tiklashga ruxsat berilganlar uchun kerakli hujjatlar (shaxsiy yigʻmajild):
1. Umumiy oʻrta (oʻn bir yillik taʼlim), oʻrta maxsus (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik oʻrta maxsus taʼlim), boshlangʻich kasbiy taʼlim (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik boshlangʻich kasbiy taʼlim), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi 
Qonuni kuchga kirguniga (2020-yil 24-sentabr) qadar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta va uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi) tashkilotini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasining asli;
2. Oʻqigan oliy taʼlim tashkilotiga talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
3. Oxirgi oʻqigan kursiga oʻtganlik toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
4. Belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkriptning asli;
5. Talabalar safidan chetlatilganlik toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
6. Talabaning tahsil olgan oliy taʼlim tashkilotiga yuborilgan soʻrovnomaning javob xati;
7. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
;
8. Konvert (A5 formatda) — 1 dona
(elektron shahodatnomaga ega bo'lganlardan talab etilmaydi).


🗓️ Hujjatlarni qabul qilish vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni

📞 +998762280340

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥7👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤6👍3
#№58
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Analitik kimyo" kafedrasi tayanch doktoranti Saidov Dilmurod Xursan o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli Ilmiy kengashda "02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo" ixtisosligidan “Aralash ligandli metall koordinatsion polimerlarning sintezi, kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilmurod Xursan o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍43❤18🎉8
#№59
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Analitik kimyo" kafedrasi tayanch doktoranti Ruziyev Umid Ural o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli Ilmiy kengashda "02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo" ixtisosligidan “Etilendiamintetraatsetat kislotasi asosidagi aralash metall-natriy koordinatsion polimerlarining sintezi, tuzilishi va funksional xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ruziyev Umid Ural o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🎉10❤9
#№60
#Himoya_2026

✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Analitik kimyo" kafedrasi tayanch doktoranti Xolto‘rayev Quvonch Baxtiyor o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli Ilmiy kengashda "02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo" ixtisosligidan “Piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosida metal
koordinatsion polimerlari sintezi, kristall tuzilishi, gaz va
organik bo‘yoqlarni adsorbsiyalash xossalari” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Xolto‘rayev Quvonch Baxtiyor o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤13🎉3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yo‘lda izlanuvchi hech qachon yolg‘iz emas. Uning ortida doimo yo‘l ko‘rsatadigan, ishongan, kerak paytda tanqid qilib, qo‘llab-quvvatlagan ustozlari turadi.

Ushbu intervyuda Termiz davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Sanjar Islomov o‘zining ilmiy shakllanishida muhim o‘rin tutgan ustozlari, bosib o‘tilgan mashaqqatli va sharafli ilm yo‘li hamda ilm ortida turgan samimiy ustoz-shogird munosabatlari haqida so‘zlab beradi.

📹 To‘liq suhbat: https://youtu.be/hTMUu3OzYK4

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤13🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning vohamiz ahliga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bayram tabrigi

🔝Tabrik matnini o'qish: gov.uz/oz/surxondaryo/212731

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍9🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!

Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!

Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!

Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!

Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!

Yashasin O‘zbekiston xalqi!


Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!

Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!

Слава нашему народу – созидателю независимости!

С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.

Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!

Да здравствует Республика Узбекистан!

Да здравствует народ Узбекистана!


Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥7❤5👍4
🟢“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: PREZIDENT TABRIGI VA SOVG‘ASI O‘QUVCHILARGA YETKAZILDI

🟢Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” — “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

🟢Termiz davlat universiteti rektori Angor tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, bayram tadbirida ishtirok etdi.

🟢Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Maktabning 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilariga esa “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

🟢A.Toshqulov maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarni samimiy muborakbod etib, ularga ilm yo‘lidagi ilk qadamlarida omad va muvaffaqiyat tiladi.

🟢Shuningdek, o‘quvchilarga har bir daqiqani g‘animat bilib, sidqidildan bilim olish, ustozlar sabog‘ini qadrlash va kelajak sari dadil intilish zarurligini ta’kidladi.

Batafsil: https://tersu.uz/news/view/3761

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤11🔥6🫡1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob

Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇

❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi?

❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin?

❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha?

❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi?

❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?

❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari
ta’lim krediti olishi mumkin?

🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3
#2026_2027OʻquvYili

2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.

📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.

📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.

💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.

👩‍🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.

🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.

Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.

🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍7🎉2
🟦🟦🟦 🟦🟦

Agar siz o‘qishga kirgan bo‘lsangiz, o‘qishingizni ko‘chirishga ruxsat berilgan bo‘lsa yoki SUPER kontrakt bo‘yicha savolingiz bo‘lsa, Termiz davlat universiteti Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

📌 Bu yerda quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin:

🟢 O‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bo‘yicha;
🟢 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha;
🟢 Aloqa xati bo‘yicha;
🟢 SUPER kontrakt bo‘yicha;
🟢 Qabul bilan bog‘liq boshqa savollar bo‘yicha;

🗺 Manzil: Termiz davlat universiteti

🕐Ish vaqti:
Dushanba–Shanba: 08:00–18:00
Yakshanba — dam olish kuni

📞Asosiy telefon:
+998 (76) 228-03-40

Qo‘shimcha telefonlar:
Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72
Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16
Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17
Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06
Qo‘shayev Qo‘shahakim: +998 (91) 579-19-26


📢 Savolingiz bo‘lsa, murojaat qiling!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍5🔥3