TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

🟢O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

🟢Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan 200 nafarga yaqin sport ishqibozi va havaskorlar ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va qizg‘in bellashdilar.

🟢Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

🏐 Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 I o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti
🥈 II o‘rin — Kimyo fakulteti
🥉 III o‘rin — Tarix fakulteti

Stol tennisi bo‘yicha:

🥇 I o‘rin — Sport faoliyati fakulteti vakili Rahimova Zarina

🥈 II o‘rin — Fizika-matematika fakulteti vakili Eshqobilova Dilrabo

🥉 III o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti vakili Mamaraimova O‘g‘iloy


🎉 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz. G‘olib va sovrindorlarni esa samimiy muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍16🔥5🎉5👏1
🟦🟦🟦🟦🟦

❗️Masofaviy ta’lim shakli 1-kurs talabalarining universitetga kelishlari belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli masofaviy ta’lim shakli 1-kurs talabalari!
🗓Sana: 2026-yil 29-sentyabr

Universitetga kelgan kundan boshlab 1 (bir) hafta davomida quyidagi tadbirlar va mashg‘ulotlar tashkil etiladi:
🟢tanishtiruv darslari;
🟢 universitet bo‘ylab ekskursiya;
🟢 LMS platformasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar;
🟢 kredit-modul tizimi, “Mening o‘quv yuklamam” va talabaning shaxsiy javobgarligi bo‘yicha tushuntirishlar;
🟢 HEMIS elektron tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma;
🟢 o‘quv jarayoni bilan tanishtirish;
🟢 Axborot-resurs markazidan foydalanish tartibi bilan tanishtirish;
🟢 sillabus, o‘quv dasturi va baholash tizimi bilan tanishtirish;
🟢 talabalar hujjatlarini qabul qilish.

⚠️ MUHIM!
Barcha 1-kurs talabalari belgilangan sanada universitetga kelishlari hamda tanishtiruv darslari va tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etishlari majburiy.

➡️Talabadan talab etiladigan hujjatlar:
Tugatgan ta’lim muassasasining attestat yoki diplomining asl nusxasi, ilovasi bilan birga;
Imtiyozga ega talabalar uchun — imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.

📞 Bog‘lanish uchun tegishli fakultet menejerlari:

➡️Tarix fakulteti menejeri
Qobilov Xayrulla Xo‘jayorovich — +998 91 587 05 80
60220300 — Tarix
60310300 — Psixologiya

➡️O‘zbek filologiyasi fakulteti menejeri
Choriyev Shokir Mamadaminovich — +998 90 929 06 58
60320100 — Jurnalistika

➡️San’at va ijtimoiy ish fakulteti menejeri
Djurayev Muzaffar Gulamjonovich — +998 91 575 12 50
60320400 — Kutubxona-axborot faoliyati
60920100 — Ijtimoiy ish

➡️Iqtisodiyot fakulteti menejerlari
Norqulov Mirsaid To‘lqin o‘g‘li — +998 94 517 77 76
Sultonov Xudoyshukur G‘ayratovich — +998 93 168 25 25
60410100 — Iqtisodiyot
60410200 — Buxgalteriya hisobi
60410500 — Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60410600 — Bank ishi
61010100 — Turizm va mehmondo‘stlik

➡️Yuridik fakulteti menejerlari
Turayev Kuvonchbek Tagirovich — +998 93 549 00 86
Xoliyorov Murod Shavkatovich — +998 97 551 81 51
60420100 — Yurisprudensiya

➡️Axborot texnologiyalari fakulteti menejeri
Sharifov Ehronbek Erkin o‘g‘li — +998 99 566 66 25
60540200 — Amaliy matematika
60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
60610300 — Kompyuter injiniringi
60610400 — Dasturiy injiniring

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35👍17🤔5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar munosib kutib olinmoqda

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalarini kutib olish, talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Talabalar uchun shinam va qulay turar joylar tayyor.

Aziz talabalar, TerDUga xush kelibsiz! Endi esa oldinda sizni yangi bilimlar, katta imkoniyatlar va ulkan marralar kutmoqda.

Ilm olishdan, izlanishdan va orzu qilishdan aslo to‘xtamang!

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍36❤26🔥13🤔1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik 🍽️

🟢Termiz davlat universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari va shahrimiz aholisi va mehmonlari uchun yangilik! 🎉

🟢Talabalar saylgohida joylashgan sobiq “Yubileyniy” o‘rnida yangi “Lazzat” oshxonasi o‘z faoliyatini boshladi!

🍴 “Lazzat” — mazali taomlar, qulay muhit va hamyonbop narxlarni o‘zida mujassam etgan maskan.

Bu yerda:
✅ turli xil mazali taomlar;
✅ talabalar uchun qulay va hamyonbop narxlar;
✅ shinam va qulay muhit;
✅ tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Darslardan so‘ng mazali taomlanish, do‘stlar bilan suhbatlashish yoki shunchaki hordiq chiqarish uchun “Lazzat” oshxonasi sizni kutmoqda!

📍 Geolokatsiya

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏37❤23👍14🤔8🎉6🔥5
#jarayon

🏛 Yangi sahifa, yangi orzular va unutilmas lahzalar: Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili start oldi!

Bugun Termiz davlat universiteti hovlisi har doimgidan ham gavjum, har doimgidan ham quvonchli va hayajonga boy. Chunki bugun minglab yoshlarning hayotida yangi va eng mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlandi!

Talabalik baxtiga erishgan aziz yoshlarimiz har bir fakultetda samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
Yangi do‘stlar, mehribon ustozlar va cheksiz imkoniyatlar sari qadam qo‘ygan talabalarimiz uchun birinchi dars soatlari ham alohida shukuh bilan o‘tdi. Barcha auditoriyalarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Aziz talabalar! Universitetimiz oilasiga xush kelibsiz! Bilim olishdan, izlanishdan va orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang. Yangi o‘quv yili barchangizga ulkan zafarlar va omad keltirsin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤33👍24🎉14🔥11🫡4