TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.1K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Belarus hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
 
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi Minsk viloyatida davom etdi.
 
Tashrif doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
 
Viloyat hokimi shuningdek, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Yuriy Gorlov hamda Sanoat vaziri Andrey Kuznetsov bilan kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o‘tkazdi.
 
Muzokaralarda qoramol yetkazib berish va chorvachilikni rivojlantirish, o‘simlikshunoslik va baliqchilik sohalarida hamkorlik qilish, zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Belarusda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat va logistika sohalarida katta salohiyat mavjudligi, ayni paytda malakali ishchi kadrlarga ehtiyoj yuqoriligi inobatga olinib, mehnat resurslarini tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
 
Xususan, Surxondaryodagi texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlarni dual ta’lim asosida Belarusdagi ta’lim muassasalarida o‘qitish, ularga mashinasozlik va sanoat yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalar berish masalalari muhokama qilindi.
 
Uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro bozorlarga olib chiqishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Mogilyov va Minsk viloyatlarida Surxondaryoda yetishtirilayotgan anor hamda boshqa mahsulotlar savdo yarmarkalari va milliy mahsulotlar ko‘rgazma-sayllarini, Termiz xalqaro savdo markazi hududida Belarus mahsulotlari ko‘rgazma savdosini tashkil etishga kelishib olindi.
 
Muzokaralar yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, mavjud kelishuvlarni aniq amaliy natijalar bilan boyitish va hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤16🔥8🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi.
—
Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍8❤5🔥2
#mutolaa

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 8-sentabr kungi 185 (1784)-soni

🟢 “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Termiz davlat universiteti birinchi prorektori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori (DSc), Obidjon Shofiyevning “Katta o‘zgarishlar formulasi” nomli maqolasi chop etildi.
🟢 Maqolada mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berilishi, xususan, talabalarning paxta dalalaridan auditoriyalarga qaytishi misolida ta’lim, inson qadri va jamiyat hayotidagi katta o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi.
🟢 “Talaba paxta dalasidan auditoriyaga qaytdi. Bu oddiy bir jumlaga sig‘adigan, ammo ortida butun bir davrning o‘zgarishi, inson, xalq va mamlakat taqdirini hal qiladigan katta o‘zgarishlar mujassam”, — deya ta’kidlanadi maqolada.

Qiziqarli va mazmunli fikrlarga boy ushbu maqolani o‘qishni tavsiya qilamiz. Mutolaa sevimli mashg‘ulotingizga aylansin!

👇 Maqolani to‘liq o‘qish uchun havola: https://t.me/yuz_official/74738.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤21👍10🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga safari davom etmoqda
 
Safarning ikkinchi kunida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Yuriy Gorlov hamda Sanoat vaziri Andrey Kuznetsov bilan kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o‘tkazdi.
 
Shuningdek, Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir va Biznes forum bo'lib o'tdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍12❤6🔥1🎉1
🏛YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI!

🟢Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Uzakova Nodira hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor Allanazarova Saltanat ishtirokida talaba-qizlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

🟢Muloqot davomida talaba-qizlarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlari hamda ijtimoiy tashabbuslari muhokama qilindi.

🟢Uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘z fikr va takliflarini erkin bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, masʼullar tomonidan talaba-qizlarga kundalik faoliyatida bilib, amal qilishlari lozim bo‘lgan muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥7❤5🤔1
#xushxabar

🏛 TERDU TALABASI — O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI!

🟢 Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqassida Termiz davlat universiteti talabasi Ibragimov Komiljon og‘ir atletika bo‘yicha -60 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Musobaqada vohamiz sharafini munosib himoya qilgan Komiljon:
🟢 Dast ko‘tarishda — 98 kg
🟢 Siltab ko‘tarishda — 121 kg natijani qayd etib, o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirdi!

🏆 Bu natija nafaqat yosh sportchimizning, balki Termiz davlat universitetining ham katta yutug‘i va faxri!

Komiljon Ibragimovga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍18❤11🎉5👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turk tilini o‘rganishni istaysizmi?

✅Termiz davlat universitetida faoliyat yuritayotgan turk tili kursi siz uchun ajoyib imkoniyat!
🟢Zamonaviy darslar;
🟢Amaliy suhbatlar;
🟢 Tajribali ustozlar;
🟢 Qulay va samarali ta’lim;

Turk tilini biz bilan o‘rganing va yangi imkoniyatlar sari qadam qo‘ying!

Murojaat uchun tel:
+998907474846
+998937953632

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏21❤14👍6🔥6🤔4🎉3
#kun_hikmati

"Harakatingiz natijasi darhol koʻrinmasa ham, har bir kichik qadam sizni maqsadingizga yaqinlashtiradi."

Konfutsiy
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥22❤10👍6🫡2🎉1
🏛Startaplar bo'yicha "Eng yaxshi kreativ g'oya" respublika tanlovining Termiz davlat universiteti bosqichiga start berildi!

❗️Tanlovda universitetning bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishga, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topishga,
startap loyihani shakllantirish yoki takomillashtirishga yo‘naltirilgan,
innovatsionlik, amaliyotda qo‘llanish imkoniyati va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar qabul qilinadi!


🔆Tanlovning universitet bosqichida 1-2-3-o'rinni egallagan jami 3 nafar startaplar bo'yicha eng yaxshi kreativ g'oya mualliflari tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi:

🎁Respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritga startap
g'oyalar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:


🔗1-o‘rin uchun (100 000 000 so‘m);
🔗2-o‘rin uchun  (50 000 000 so‘m);
🔗3-o‘rin uchun(25 000 000 so‘m).

📆Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish 20-sentabrgacha davom etadi!
Tanlov oʻtkazilish sanasi 24-sentabr.


🔗Tanlov to'g'risida batafsil ma'lumot olish uchun
tanlov nizomi  bilan tanishishingiz mumkin.

🔗Startaplar bo'yicha "Eng yaxshi kreativ g'oya" respublika tanlovining baholash me'zonlari

➡️Tanlovda ishtirok etish:
📱@Erkinmengniyozov
📱+998919034050
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15
Forwarded from TerDU Yoshlari
❗️❗️❗️❗️❗️

🇺🇿Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yangi a’zolarni tanlov asosida qabul qiladi!

Bo‘sh o‘rinlar:
🔺 11 nafar — fakultet yetakchisi
🔺 6 nafar — universitet koordinatori

👥 Sizda yetakchilik qobiliyati, tashabbuskorlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi bormi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌 Nomzodlardan talab etiladi:
📄 Obyektivka
🏆 Erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar

🗓 Suhbat sanasi: 17-sentabr
⏰ Vaqti: 14:30
📍 Manzil: TerDU Axborot texnologiyalari fakulteti

🎤 Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti guruh a’zoligiga qabul qilinadi.

📞 Murojaat uchun:
+998 93 394 11 18
👤 Telegram: @azizbek11_18

💡 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘zgarishlarni o‘zingizdan boshlang!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tubeTerdu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4🔥3