TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.1K photos
3.99K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TerDUda “Tanishuv haftaligi”: ilk qadamlar — yangi imkoniyatlar sari!

🟢1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida “Tanishuv haftaligi” qiziqarli va mazmunli tarzda davom etmoqda.

🟢Talabalarni universitet hayotiga moslashtirish maqsadida kampusda ular uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va universitet infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

🟢Shuningdek, ta’lim olish, kitobxonlik, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilyapti.

🟢 “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida talabalar Termiz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlar hamda “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimiz merosi va milliy qadriyatlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🟢Shu bilan birga, talabalar ishtirokida profilaktik suhbat va uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga talaba sifatidagi huquq va majburiyatlari, xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushunchalar berilmoqda.

🟢 Talabalar turar joylarida tashkil etilayotgan ko‘ngilochar musiqiy dasturlar esa yangi muhitga moslashish, tengdoshlar bilan yaqinlashish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

🟢Birinchi kurs talabalari uchun bu hafta — shunchaki tanishuv emas. Bu yangi muhit, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar sari tashlangan ilk qadamdir!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5🔥3
🏛2026/2027-O‘QUV YILI U CHUN TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLAR RO‘YXATI

🟢Termiz davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirildi. O‘tkazilgan qabul jarayonlari yakunlariga ko‘ra, magistratura bosqichida tahsil olish uchun talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati shakllantirildi. Mazkur ro‘yxatda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.

🎊 Talabalikka tavsiya etilgan talabgorlarga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat, ilmiy izlanishlarida yuqori natijalar hamda kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

👤 Magistraturaga qabul qilingan talabalar ro‘yxati.

🎓Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatdan kechikkan talabgorlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi.

Talabgorlarning arizalari OTM tomonidan jamlanib, tegishli vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTM rektori tomonidan kontrakt to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilinadi.


❗️ Muhim: Super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lish lozim.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🟢No comment… Kechki TerDU…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41❤17👏15👍11🫡1
#kun_hikmati

“Boshlash uchun buyuk bo‘lish shart emas, lekin buyuk bo‘lish uchun boshlash kerak.”

Zig Ziglar

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥13❤11👍1
🟢TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

🟢Termiz davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

🟢Dastlab konferensiya ishtirokchilari Termiz davlat universitetidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga taklif etildi. Mehmonlar muzey ekspozitsiyalari, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar hamda noyob materiallar bilan tanishdilar.

🟢Konferensiyada qatag‘on siyosatining tarixiy mohiyati va oqibatlari, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilm-fan, ta’lim, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy haqiqatni tiklash hamda milliy xotirani asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🟢Mazkur konferensiya qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini yanada chuqur o‘rganish, tarixiy haqiqatni tiklash, milliy xotirani mustahkamlash hamda ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishda muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢TerDUda qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤9🔥5
#jarayon

Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda

Xitoy, Rossiya, Indoneziya, Malayziya va Belarusning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mazkur dasturlar yoshlar uchun xalqaro ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xorijiy tajribaga ega bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Sinov jarayonlari bilan Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulov ham yaqindan tanishdi. Rektor sinovlarning adolatli, shaffof va belgilangan tartiblar asosida o‘tkazilishini alohida ta’kidlab, jarayonni bevosita kuzatdi.
Shuningdek, talabgorlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi hamda tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Ma’lumot o‘rnida: Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar soni 1200 nafardan oshiq
.
Bu ko‘rsatkich yoshlarning xalqaro standartlarga mos ta’lim olish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tahsil ko‘rish va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1❤24👍13🔥9🎉1