TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.97K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

🟢Termiz davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

🟢Dastlab konferensiya ishtirokchilari Termiz davlat universitetidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga taklif etildi. Mehmonlar muzey ekspozitsiyalari, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar hamda noyob materiallar bilan tanishdilar.

🟢Konferensiyada qatag‘on siyosatining tarixiy mohiyati va oqibatlari, qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning ilm-fan, ta’lim, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy haqiqatni tiklash hamda milliy xotirani asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🟢Mazkur konferensiya qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini yanada chuqur o‘rganish, tarixiy haqiqatni tiklash, milliy xotirani mustahkamlash hamda ularning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishda muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢TerDUda qo‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤9🔥5
#jarayon

Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda

Xitoy, Rossiya, Indoneziya, Malayziya va Belarusning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mazkur dasturlar yoshlar uchun xalqaro ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xorijiy tajribaga ega bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Sinov jarayonlari bilan Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulov ham yaqindan tanishdi. Rektor sinovlarning adolatli, shaffof va belgilangan tartiblar asosida o‘tkazilishini alohida ta’kidlab, jarayonni bevosita kuzatdi.
Shuningdek, talabgorlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi hamda tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Ma’lumot o‘rnida: Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar soni 1200 nafardan oshiq
.
Bu ko‘rsatkich yoshlarning xalqaro standartlarga mos ta’lim olish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tahsil ko‘rish va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1❤24👍13🔥9🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛TerDU jamoasi uchun Buyuk Britaniyaning Oksford universitetiga qarashli “Oxford Academic” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratildi!

🟢Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalari uchun dunyoning yetakchi akademik nashriyot platformalaridan biri - Oxford Academic (academic.oup.com) resurslaridan institutsional foydalanish imkoniyati yaratildi.

🟢Oxford Academic platformasi orqali foydalanuvchilar:
🟢xalqaro ilmiy jurnallar;
🟢akademik kitoblar;
🟢monografiyalar va kitob boblari;
🟢turli fan yo‘nalishlaridagi ilmiy maqolalar;

🟢Oxford University Press tomonidan taqdim etilayotgan akademik kolleksiyalar
bilan tanishishlari va universitet uchun ochilgan resurslardan foydalanishlari mumkin.

🟢Mazkur imkoniyat, ayniqsa, ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar uchun zamonaviy ilmiy adabiyotlarni izlash, ilmiy ishlarning nazariy va metodologik bazasini boyitish hamda xalqaro tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

➡️ Platformadan universitet hududida, Termiz davlat universitetiga tegishli IP manzillar orqali foydalanish mumkin.

🔗 Platforma: academic.oup.com

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤12🔥5👏3🫡2🎉1
TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi!

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi

Tashrif doirasida “Fulbright ETA” dasturi doirasida universitetimizda faoliyat olib boradigan amerikalik ingliz tili mutaxassisi Kayl Riz dastlab universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga tanishtirildi.

Kayl Riz kelgusi 10 oy davomida TerDU talabalari uchun ingliz tilini amaliy o‘rganishga yo‘naltirilgan “Speaking Club” va “Writing Club” va shu kabi mashg‘ulotlarini tashkil etadi.

Mazkur klublarda talabalar ingliz tilida erkin muloqot qilish, yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ingliz tilidan amaliy foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2👏28❤21🔥5🫡5👍2🎉1
#xushxabar

TERDU TALABASI — XALQARO TURNIR SOVRINDORI!


Toshkent shahri mezbonligida 2026-yil 11–12-sentabr kunlari dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat universiteti talabasi Ashurov Asadbek 90 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Yosh sportchimizning ushbu natijasi uning yuksak mahorati, mustahkam irodasi, tinimsiz mehnati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishining yorqin ifodasidir.

Ashurov Asadbekni ushbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqaro maydonlarda ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishingizga tilakdoshmiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍19❤9🎉6👏5🔥4🤔2