Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #hujjatlar
Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

❤6👍6👏4
Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda
Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida 2025–2026-o‘quv yilida universitetni tamomlagan bitiruvchilarning bugungi kundagi bandlik holati fakultetlar kesimida tahlil qilinib, mavjud holat va muammolar atroflicha muhokama qilindi. Abduqodir Toshqulov ko‘rsatmasiga asosan nafaqat o‘tgan o‘quv yilida, balki so‘nggi uch yil davomida universitetni tamomlagan bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanganlik holatini tizimli o‘rganish va doimiy monitoring qilib borish belgilandi. Bandligi ta’minlanmagan bitiruvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturlari asosida imtiyozli kreditlar olib, o‘z faoliyatini boshlagan bitiruvchi va talabalar faoliyati ham muhokama qilindi. Ularning faoliyatini o‘rganish, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash hamda kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida so‘ndirib borishiga ko‘maklashish maqsadida fakultetlarda ishchi guruhlar tuzish va amaliy qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilandi.
Zero, bitiruvchining tez fursatda munosib va yuqori daromadli ish o‘rniga ega bo‘lishi — universitet ta’limi samaradorligi va uning reytingini belgilovchi muhim mezondir.
Yig‘ilish davomida xorijiy investorlarni jalb qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi ham tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishda faol va yuqori natijalarga erishayotgan fakultetlarning ko‘rsatkichlari alohida e’tirof etilib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar, ijro muddatlari va natijadorlik ko‘rsatkichlari belgilab berildi.
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt

Bizni kuzating

1👍18❤14🔥3🎉1
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tariximizda ilk bor O‘zbekistonda Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda
✔️Termiz davlat universiteti talabalari, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi va barchani shaxmatchilarimizga muxlislik qilishga chorlaydi!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🔥20👍12❤9🎉4👏2
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤23👍15🔥6🎉4🤔3👏2
Bugun TerDUda Universitet Kengashining navbatdagi 2-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni Kengash raisi A.Toshqulov olib bordi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.
🟢 Ilmiy salohiyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirilib, 8 nafar fan doktori, 26 nafar falsafa doktori, 1 nafar professor va 6 nafar dotsentning diplom hamda attestatlari topshirildi.
🟢 Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid muhim masalalar, jumladan, oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul, mustaqil izlanuvchilarning rejalari, dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash, monografiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, katta o‘qituvchilarni dotsent vazifasini bajaruvchilikka o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, to‘lov-kontrakt muddatlarini uzaytirish, akademik qarzdorligi va GPA ko‘rsatkichi sababli kursdan kursga o‘tkazilmagan talabalarga fanlarni qayta o‘zlashtirish imkoniyatini berish yuzasidan takliflar bildirildi.
🟢 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab qayta o‘qishni tashkil etish, ayrim toifadagi va alohida iqtidorli talabalar, shuningdek, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan ko‘chirilgan talabalarga fanlar farqi va akademik qarzdorlikni bir marotaba bepul qayta o‘zlashtirish imkoniyatini berish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, universitet huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Yig‘ilishni Kengash raisi A.Toshqulov olib bordi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun, ayni kunda Termiz davlat universitetining ilmiy salohiyati 54 foizni tashkil etmoqda.

1👍52❤25🎉3🔥2👏2