Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tariximizda ilk bor O‘zbekistonda Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilmoqda
✔️Termiz davlat universiteti talabalari, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi va barchani shaxmatchilarimizga muxlislik qilishga chorlaydi!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🔥20👍12❤9🎉4👏2
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤23👍15🔥6🎉4🤔3👏2
Bugun TerDUda Universitet Kengashining navbatdagi 2-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni Kengash raisi A.Toshqulov olib bordi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.
🟢 Ilmiy salohiyatni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirilib, 8 nafar fan doktori, 26 nafar falsafa doktori, 1 nafar professor va 6 nafar dotsentning diplom hamda attestatlari topshirildi.
🟢 Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid muhim masalalar, jumladan, oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul, mustaqil izlanuvchilarning rejalari, dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash, monografiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek, katta o‘qituvchilarni dotsent vazifasini bajaruvchilikka o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, to‘lov-kontrakt muddatlarini uzaytirish, akademik qarzdorligi va GPA ko‘rsatkichi sababli kursdan kursga o‘tkazilmagan talabalarga fanlarni qayta o‘zlashtirish imkoniyatini berish yuzasidan takliflar bildirildi.
🟢 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab qayta o‘qishni tashkil etish, ayrim toifadagi va alohida iqtidorli talabalar, shuningdek, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan ko‘chirilgan talabalarga fanlar farqi va akademik qarzdorlikni bir marotaba bepul qayta o‘zlashtirish imkoniyatini berish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, universitet huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Yig‘ilishni Kengash raisi A.Toshqulov olib bordi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun, ayni kunda Termiz davlat universitetining ilmiy salohiyati 54 foizni tashkil etmoqda.

1👍52❤25🎉3🔥2👏2