TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.9K photos
3.97K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
✅Talabalar bilan tanishtiruv uchrashuvlari: imkoniyatlar va mas’uliyat!

🟢Termiz davlat universitetida birinchi bosqich talabalari uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishishga qaratilgan tanishtiruv darslari tashkil etildi. Universitet rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida katta majlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvlarda talabalarga Yoshlar ittifoqining faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🟢Shuningdek, universitet kampusida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va korrupsiya kabi illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etish hamda daxldorlik hissi bilan yashashning ahamiyati tushuntirildi.

🟢Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

#SDG4 #SDG16 #SDG10

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤10🫡5👏2🔥1
Forwarded from Edu.uz
Smart kitob-Mustaqillikning 35 yilligi.pdf
16.9 MB
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.

To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.

To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍4🔥3
❗️Hurmatli 1-kurs talabalari!

✅ Universitetimizning barcha fakultetlari o‘zining rasmiy sahifalarida o‘quv jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, turli tadbirlar va erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib boradi.


➡️ Siz ham yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun o‘z fakultetingiz sahifasiga quyidagi havolalar orqali a’zo bo‘lishingiz mumkin:


🟢 TerDU Rasmiy sahifasi — https://t.me/terdu340

🟢TerDU Registrator ofisi — https://t.me/ofisterdu

🟢 TerDU Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifasi — https://t.me/TerDU_Yoshlari

🟢 Yuridik fakulteti — https://t.me/terdu_yuridik

🟢 Tarix fakulteti -- https://t.me/TerDU_TF

🟢 Xorijiy filologiya fakulteti — https://t.me/tersu777

🟢 Iqtisodiyot fakulteti — https://t.me/iqtisodiyot_fakulteti_terdu

🟢 O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti — https://t.me/uzbek_filologiyasi_2023

🟢 Kimyo fakulteti — https://t.me/TerDUKimyofakultetiumumiy

🟢 Sport faoliyati fakulteti — https://t.me/terdu_sport_faoliyati

🟢 San'at va ijtimoiy ish fakulteti https://t.me/Sanat_va_ijtimoiy_ish_fakultet

🟢 Axborot texnologiyalari fakulteti — https://t.me/AT_yoshlari

🟢 Fizka-matematika fakulteti — https://t.me/terdufizmat20232024

🟢 Tabiiy fanlar fakulteti —https://t.me/TerDU_Tabiiy_fanlar

🟢 Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi rasmiy kanali
— https://t.me/terduxotin_qizlar

🟢Termiz davlat universiteti Qizlar klubi rasmiy kanali — https://t.me/terdu_qizlar

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍11🔥1
TerDU rektoriga zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi!

Termiz davlat universiteti rektoriga Tarix fakultetida zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va ularni zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Taqdimotda Raqamli arxeologiya va GAT (GIS) xonasi, shuningdek, psixologiya yo‘nalishi uchun Eksperimental psixologiya o‘quv laboratoriyasi hamda Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash kompyuter laboratoriyasini tashkil etish takliflari batafsil yoritildi. Raqamli arxeologiya va GAT (GIS) xonasi — arxeologik yodgorliklarni zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘rganish, xaritalash, hujjatlashtirish va 3D modellarini yaratish imkonini beruvchi innovatsion ilmiy-amaliy makondir. Ushbu laboratoriya talabalarga arxeologik tadqiqotlarni zamonaviy usullar asosida olib borish ko‘nikmalarini beradi.

Eksperimental psixologiya o‘quv laboratoriyasi — insonning tafakkuri, xotirasi, diqqati, idroki va psixofiziologik jarayonlarini maxsus uskunalar hamda ilmiy metodikalar asosida o‘rganishga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-ta’lim muhiti. Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash kompyuter laboratoriyasi esa psixologik tadqiqotlar natijalarini zamonaviy dasturlar yordamida tahlil qilish, statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish va ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Mazkur loyihalar nimani anglatadi?

Ushbu tashabbuslar TerDUda ta’lim jarayonini faqat nazariy bilimlar bilan cheklab qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy-tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Yangi laboratoriyalarni tashkil etish orqali talabalar zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, mustaqil tadqiqot olib borish, ilmiy tajribalar o‘tkazish va o‘z sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

_______________________
#SDG4 #SDG9 #SDG8

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
1👍30❤16👏10🔥4
#kun_hikmati

“Muvaffaqiyat tasodif emas — u mehnat, sabr va o‘rganish natijasidir.”


Pele

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥29❤15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛TerDUda yangi ochilgan taekvondo ta’lim yo‘nalishi talabalarining sport mashg‘ulotlari jarayonidan.
_______________________
#SDG3 #SDG5 #SDG4

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍30🔥7❤6👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⁉️"Kontraktni qanday to'layman" degan savolga yechim bor

✅Xalq bankining ta'lim krediti: respublikamizdagi barcha oliy va professional taʼlim tashkilotlarida (davlat, xususiy, xorijiy)qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi taʼlim shaklida kontrakt asosida o‘qiydigan barcha kurs talabalariga ajratiladi

Kredit shartlari:
🔵👩🏻‍🎓 talaba xotin-qizlar uchun - 0%
🔵👨🏻‍🎓 talaba yigitlar uchun - 14%
✅imtiyozli davr: o'qish davri + 6 oy
✅kredit muddati: o'qish davri + 7,5 yil*

* asosiy qarz rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta'lim kreditini ilovasi orqali bankka bormasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Buning uchun "Talim-krediti.mf.uz" platformasida ariza qoldirganda Xalq bankini tanlash kerak.
🔍 Batafsil: xb.uz

Sizda yuqoridagi ma'lumotlar bo‘yicha savollar bo'lsa, TerDU Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. Ayni vaqtda bank xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔝Xabarni talaba tanishlarga yuborib qo'ying.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍8🔥5
TerDU rasmiy kanali
#xushxabar #35_yil_35_natija 🏛 XUSHXABAR! TERDU YANA YETAKCHI! 🟢Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yil 2-tanlovi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 65 nafar talabgor g‘olib…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#35_yil_35_natija

Akademik harakatchanlik dasturi — ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim imkoniyat.


Dastur g‘olibi E'zozxon Safarova bilan uning ilmiy faoliyati va dastur doirasidagi imkoniyatlar haqida suhbatlashdik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤15👍5🔥4🤔1
#xodimlar_fikri | #soʻrovnoma

🔰Universitet tarkibiy bo‘linmalari va xodimlari orasida korrupsiyaviy xavf-xatarlar (risklar) va mavjud (ehtimoliy) manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlashga qaratilgan anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

⛔️So‘rovnoma anonim tarzda tashkil etilgan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringizni aniqlab bo‘lmasligiga kafolat beriladi. Sizdan savollarga xolisona yondashib, ochiq-oydin fikr bildirishingizni so‘raymiz.

✅Universitet hayoti va rivojiga bo‘lgan e’tiboringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉🏻 So‘rovnoma havolasi 👈🏻

🔗So‘rovnoma 2026-yil 18-sentyabr soat 09:00 dan 25-sentyabr soat 12:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

ℹ️So‘rovnoma universitet rektorining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23🔥5👍2🎉1