TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.9K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🇰🇷 🇺🇿 #xalqaro_hamkorlik

TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari


Termiz davlat universitetining Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ortidan Surxondaryo delegatsiyasi tarkibida Koreyada bo‘lgan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov qator nufuzli universitetlar, xususan, Sejong universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Hamkorlik doirasida:
🟢 talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
🟢 TerDUda koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish va TOPIK imtihonlarini o‘tkazish markazini tashkil etish;
🟢 Sejong instituti filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;
🟢 professor-o‘qituvchi va talabalar uchun akademik almashinuv hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🟢 sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va “Smart Farm” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.


Tashrif davomida Sejong universitetining ilmiy laboratoriyalari faoliyati, xususan, grafen materiallari bo‘yicha tadqiqotlar bilan ham tanishildi. Muhimi, TerDU va Koreya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aniq loyihalar, yangi ta’lim imkoniyatlari va xalqaro tajribani kengaytirishga qaratilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤27👍19🔥9👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreya ta’limi: bilimdan — innovatsiyaga, innovatsiyadan — taraqqiyotga...

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤9🔥9👍6👏1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.

Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.

Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.

—

Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия.

Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства.

Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека.

Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.
❤17🔥6👍3🫡1
#kun_hikmati

“Kitob o‘qish — boshqa insonlarning tajribasidan aql bilan foydalanishdir.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Karlos Ruis Safon

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥3👏3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢TerDUda “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤4🔥1
Magistrlar bilan muhim uchrashuv

Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i K. Yadgarov tomonidan 1–2-bosqich magistratura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 500-son qarori hamda magistratura to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, “Yashirin ekspert guruhi”, HEMIS monitoringi, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlar, magistrlik dissertatsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda magistrlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida talabalarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤9👍9🔥3🫡1
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.


JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥1