QORAQALPOG‘ISTONLIK YOSHLAR TERDUDA: SAMIMIY MULOQOT VA DO‘STONA UCHRASHUV
Bugun Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan yoshlar ishtirokida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, sport bilan shug‘ullanishi, kasb-hunar egallashi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Ayni maqsadda Taxiatosh tumanidagi 30 nafar yoshning Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inida ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilgan. Bir haftalik dastur doirasida yoshlar harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar, jismoniy tayyorgarlik, amaliy o‘quvlar, sport musobaqalari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarida ishtirok etmoqda.
Mehmonlar uchun TerDU kampusi bo‘ylab sayohat tashkil etilib, universitetdagi zamonaviy ta’lim muhiti, infratuzilma va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Uchrashuv so‘ngida esa barcha ishtirokchilar uchun milliy qadriyatlarimizga xos tarzda fayzli dasturxon yozilib, osh tortildi. Do‘stona suhbatlar, samimiy tilaklar va bir dasturxon atrofidagi muloqot tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt

Bizni kuzating

❤14🔥9👍3
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov:
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
"Ko‘chalar chiqindiga to‘lgan, domlar atrofi tozalanmayapti, BSKlar vaqtida xizmat ko‘rsatmayotgani uchun ham odamlar to‘lov qilmaydi. Bu muammolarga chek qo‘yishimiz, BSKlar faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz kerak.
Shaharga obodligi bilan baho beriladi. Shuning uchun, oktabr oyini Termiz shahrida tozalik oyi deb eʼlon qilamiz"
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👏29❤9🫡5🔥3👍2🤔1
#kechki_TerDU
✍️ Erkin A’zam talabalar davrasida
🟢 O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam Termiz davlat universitetida bo‘lib, talabalarning kechki hayoti bilan yaqindan tanishdi.
🟢 Adib yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qilib, ularning fikr va mulohazalarini tingladi. Dilkash suhbat, samimiy savol-javoblar va ijodiy kayfiyatga boy kecha talabalarda iliq taassurot qoldirdi.
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥39❤16👍15
🌱Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!
🏛 Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ,,Mahallani chiqindidan holi hududga aylantirish” bo’yicha “Plogging” aksiyasi tashkil etildi.
✅ Aksiya davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va hududni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Unda universitetning faol yoshlari hamda volontyorlar faol ishtirok etib, ekologik madaniyatni yuksaltirish va toza muhit yaratishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
♻️ Toza atrof-muhit — sog‘lom kelajak garovi!
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt

🔥14👏11❤9👍4