TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
✅ Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi o‘tkazildi

🟢Termiz davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoni doirasida xorijiy til bo‘yicha navbatdagi sinovlar bo‘lib o‘tdi.

🟢Sinovlar Termiz shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etildi. Unda xorijiy til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan 257 nafar abituriyent o‘z bilim va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi.

🟢Ushbu bosqich qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olishga munosib nomzodlarni aniqlash va saralash jarayonining muhim qismi hisoblanadi.

🗂 Natijalar hamda qabulning keyingi jarayonlariga oid barcha muhim ma’lumotlar rasmiy axborot kanallarimiz orqali e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍10🔥2🎉2🤔1
#besh_tashabbus

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi!

🟢Termiz davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi boshlandi.

✅ Olimpiada doirasidagi sport musobaqalarida ishtirok etuvchi talaba-yoshlar https://5tashabbus.uz/ elektron platformasi orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

📅Endilikda ishtirokchilar tasdiqlangan grafik asosida quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar:
⚽️Mini futbol
🏀Stritbol
🏃Yengil atletika
🏓 Stol tennisi
🏐 Voleybol


🟢Ochilish marosimida mas’ullar sportning inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy barkamollikni ta’minlash hamda yoshlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

🟢Shuningdek, talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va olimpiada bahslarida faol ishtirok etishga chaqirdilar.

🟢“Besh tashabbus olimpiadasi” — sog‘lom, faol va intiluvchan yoshlar maydoni!

______________________
#SDG3 #SDG4 #SDG10

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6
O‘zbekiston va Rossiya hududlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
 
“Farg‘ona ekspo” markazida O‘zbekiston va Rossiya hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasida ikki mamlakat hududlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator memorandumlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbir doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov o‘zaro hududlararo hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandumni imzoladilar.
 
Mazkur hujjat Surxondaryo viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat va agrosanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hududlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
 
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Krasnoyarsk o‘lkasi, Dog‘iston Respublikasi bilan o‘zaro hamkorlik va anglashuv to‘g‘risida, So‘x tumani va Omsk viloyati o‘rtasida agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan memorandumlar ham imzolandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
1❤10👍10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Davlatimiz rahbariga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО) Цюй Дунъюя. Главе нашего государства вручена высшая награда ФАО – медаль «Agricola».

#Mirziyoyev #qabul #FAO #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍5❤2