TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Surxondaryo Rossiya hududlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona Expo” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston va Rossiya hududlari Kengashining III yig‘ilishi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov hamda Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov boshchiligidagi delegatsiyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda avval erishilgan hududlararo hamkorlik kelishuvlarining ijrosi, mavjud loyihalarning holati hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xususan, Surxondaryoning Novosibirsk viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasi bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mavjud salohiyatdan samarali foydalanish va o‘zaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
1👍12❤7🤔4👏2🔥1
🟢TERDUDA XORIJIY TALABALAR O‘RTASIDA O‘ZBEK TILI OLIMPIADASI O‘TKAZILDI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 321-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan olimpiadaning universitet bosqichi o‘tkazildi.


🟢Tanlov davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasi, savodxonligi va bilimlari belgilangan Nizom talablari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra:
🥇I o‘rin — Emadi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) — 97 ball
🥈 II o‘rin — Atabaev Zoir (Tojikiston) — 78 ball
🥉 III o‘rin — Nadim Husna (Afg‘oniston) — 75 ball

🟢G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

🟢G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va Respublika bosqichida ularga omad hamda yuqori natijalar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥9👍6
#Reyting

TerDU dunyo fanlar reytingida yetakchilar safida!


Nufuzli xalqaro reyting tashkiloti Round University Ranking (RUR) tomonidan e’lon qilingan 2026-yilgi fanlar kesimidagi reyting natijalarida Termiz davlat universiteti qator fan yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab, xalqaro akademik maydondagi nufuzi va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi.

Universitet 6 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro reytingdan joy olib, ulardan birida dunyoning TOP 500, yana to‘rttasida TOP 1000 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirib, tarixiy natijani qayd etdi.

Fan yo‘nalishlari bo‘yicha jahon reytingidagi o‘rinlar:
Fizika-matematika ta’limi va texnologiyalari - 447-o‘rin
Tabiiy fanlar - 913-o‘rin
Gumanitar fanlar - 932-o‘rin
Hayot haqidagi fanlar - 938-o‘rin
Texnika fanlari - 981-o‘rin
Ijtimoiy fanlar - 1036-o‘rin


Fanlar kesimidagi xalqaro reytinglar universitetning muayyan sohalardagi ta’lim sifati, ilmiy faoliyat natijadorligi, professor-o‘qituvchilar salohiyati, tadqiqotlarning ta’siri va xalqaro akademik faolligini alohida baholash imkonini beradi.

Mazkur natijalar Termiz davlat universitetining xalqaro nufuzini yuksaltirish hamda mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy kompetensiyalarga ega, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi tizimli faoliyatining muhim ifodasidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
1🔥28❤18👏17👍9🫡2🤔1🎉1
#kun_hikmati

“O‘zingizga ishoning va siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq narsaga qodir ekaningizni unutmang.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Norman Vinsent Pil

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢Ilm-fan sari xalqaro qadam

🟢DAAD dasturi doirasida Germaniyada ilmiy tadqiqot olib borayotgan doktorantimiz Shtutgart davlat tabiatshunoslik muzeyidagi ilmiy faoliyati, tadqiqot jarayoni va xalqaro ilmiy muhit haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

🟢Ilm — izlanish bilan, tajriba esa xalqaro hamkorlik bilan yuksaladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤6🔥5
📖 Oʻzbekiston yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish hamda qonun ijodkorligida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari boʻyicha anonim soʻrovnoma oʻtkazmoqda.

🟢Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarni fuqarolik jamiyati tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning barqaror mexanizmini yaratish orqali qonun ijodkorligi jarayonida shaffoflik va jamoatchilik nazoratini mustahkamlashdan iborat.

🟢Shu munosabat bilan, ushbu soʻrovnomada faol ishtirok etishingiz hamda tashkilotingiz xodimlarini mazkur anonim soʻrovnomani toʻldirishga jalb etishda koʻmak berishingizni soʻraymiz.

🔗 Soʻrovnoma havolasi: https://forms.gle/kyCPNZwonwidijxp8

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Termiz davlat universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ullari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤8🎉4
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Byurokratiyasiz_Oʻzbekiston

💳 Keraksiz hujjatlar va ortiqcha jarayonlarni qisqartirish orqali fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay sharoit yaratish mumkin.

🌐“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi aynan fuqarolar va tadbirkorlar duch kelayotgan real muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimlarini topishga qaratilgan.

☑️Muammoni yozing. Yechim taklif qiling. Islohotlarga hissa qo‘shing!

☑️Takliflaringizni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz platformasida kutib qolamiz.

🚀“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 TerDU professorlari — mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida

TerDU professorlari “Mahalla” telekanalining “Kun nafasi” dasturida efirga uzatilgan lavhada Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi bayramida so‘zlagan nutqida ilgari surilgan 7 ta ustuvor yo‘nalish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Professorlar mazkur yo‘nalishlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi hamda kelajak avlod uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlardagi ahamiyatini tahliliy jihatdan yoritib berdilar.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤21👏2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

➖ maktabgacha ta’limdan tortib oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlar yagona vertikal sifatida ishlaydi, takrorlanuvchi vazifalar qisqartirilib, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi hamda boshqaruv to‘liq raqamlashtiriladi;

➖ bog‘cha ta’limida bolalarning qiziqish va qobiliyatlari erta aniqlanadi, dastur va metodikalar yangilanib, tarbiyachilar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi;

➖ maktab ta’limida darsliklar yangilanadi, pedagoglarga metodik yordam berishda sun’iy intellektdan foydalaniladi, ayrim maktablarda ingliz tilida o‘qitish tajribasi joriy etiladi hamda xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi;

➖ kasbiy ta’lim bo‘yicha dasturlar mehnat bozori talablariga moslashtiriladi, korxonalar bilan birgalikda dual ta’lim kengaytiriladi hamda xalqaro dasturlar joriy etiladi;

➖ oliy ta’limda universitetlar mustaqilligi kengaytiriladi, davlat aralashuvi kamaytirilib, rektorlarning natija uchun mas’uliyati oshiriladi hamda ta’lim ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiriladi;

➖ ilm-fan sohasida ilmiy klasterlar tashkil etilib, ilmiy izlanishlar natijalari asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratiladi.

Prezident ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini, har bir rektor o‘z oliygohining yaqin va o‘rta istiqboldagi aniq rivojlanish rejasiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤25👍5👏2
#kun_hikmkati

Omadsizlik ko‘pincha ahmoqlikning jazosidir.


✏️ Baltasar Grasian

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤5👍2🤔1
🗺 JARQO‘TONNING MING YILLIK SIRLARI O‘RGANILMOQDA

🟢Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.

🟢Ushbu izlanishlar Termiz davlat universiteti, Samarqand arxeologiya instituti hamda Italiyaning Salento universiteti hamkorligidagi O‘zbekiston–Italiya qo‘shma arxeologik tadqiqotlari doirasida amalga oshirilmoqda.

🟢Qazishmalar davomida aniqlanayotgan qadimiy dafnlar, inson skeletlari va moddiy madaniyat namunalari minglab yillar avval yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, urf-odatlari va dafn an’analari haqida muhim ma’lumotlar bermoqda.

🟢Bioarxeologik tadqiqotlar orqali inson qoldiqlarining yoshi, biologik jinsi, antropologik xususiyatlari, shuningdek, qadimgi aholining salomatligi va ovqatlanish tarzi o‘rganilmoqda.
_________________________
#SDG4 #SDG11 #SDG17

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3