TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.97K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 TerDU professorlari — mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida

TerDU professorlari “Mahalla” telekanalining “Kun nafasi” dasturida efirga uzatilgan lavhada Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi bayramida so‘zlagan nutqida ilgari surilgan 7 ta ustuvor yo‘nalish yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Professorlar mazkur yo‘nalishlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyat farovonligi hamda kelajak avlod uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlardagi ahamiyatini tahliliy jihatdan yoritib berdilar.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤21👏2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #ilmfan

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

➖ maktabgacha ta’limdan tortib oliygohgacha bo‘lgan barcha bosqichlar yagona vertikal sifatida ishlaydi, takrorlanuvchi vazifalar qisqartirilib, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi hamda boshqaruv to‘liq raqamlashtiriladi;

➖ bog‘cha ta’limida bolalarning qiziqish va qobiliyatlari erta aniqlanadi, dastur va metodikalar yangilanib, tarbiyachilar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi;

➖ maktab ta’limida darsliklar yangilanadi, pedagoglarga metodik yordam berishda sun’iy intellektdan foydalaniladi, ayrim maktablarda ingliz tilida o‘qitish tajribasi joriy etiladi hamda xususiy sektor ishtiroki kengaytiriladi;

➖ kasbiy ta’lim bo‘yicha dasturlar mehnat bozori talablariga moslashtiriladi, korxonalar bilan birgalikda dual ta’lim kengaytiriladi hamda xalqaro dasturlar joriy etiladi;

➖ oliy ta’limda universitetlar mustaqilligi kengaytiriladi, davlat aralashuvi kamaytirilib, rektorlarning natija uchun mas’uliyati oshiriladi hamda ta’lim ishlab chiqarish bilan yaqinlashtiriladi;

➖ ilm-fan sohasida ilmiy klasterlar tashkil etilib, ilmiy izlanishlar natijalari asosida yangi mahsulotlar va korxonalar yaratiladi.

Prezident ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish zarurligini, har bir rektor o‘z oliygohining yaqin va o‘rta istiqboldagi aniq rivojlanish rejasiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤25👍5👏2
#kun_hikmkati

Omadsizlik ko‘pincha ahmoqlikning jazosidir.


✏️ Baltasar Grasian

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13❤5👍2🤔1
🗺 JARQO‘TONNING MING YILLIK SIRLARI O‘RGANILMOQDA

🟢Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.

🟢Ushbu izlanishlar Termiz davlat universiteti, Samarqand arxeologiya instituti hamda Italiyaning Salento universiteti hamkorligidagi O‘zbekiston–Italiya qo‘shma arxeologik tadqiqotlari doirasida amalga oshirilmoqda.

🟢Qazishmalar davomida aniqlanayotgan qadimiy dafnlar, inson skeletlari va moddiy madaniyat namunalari minglab yillar avval yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, urf-odatlari va dafn an’analari haqida muhim ma’lumotlar bermoqda.

🟢Bioarxeologik tadqiqotlar orqali inson qoldiqlarining yoshi, biologik jinsi, antropologik xususiyatlari, shuningdek, qadimgi aholining salomatligi va ovqatlanish tarzi o‘rganilmoqda.
_________________________
#SDG4 #SDG11 #SDG17

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3
TerDU sport maydonlarida murosasiz bahslar!

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida Termiz davlat universitetida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.

Mini futbol
Stritbol
Yengil atletika
Stol tennisi
Voleybol


Har bir bahsda — g‘alabaga intilish, kuch va jamoaviy ruh!

3️⃣4️⃣1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #Maslahatuchrashuvi #MarkaziyOsiyo #Ozarbayjon

Prezident: Mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi yoshlarning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Anjumanda odamlar mintaqaning kelajagini belgilovchi eng muhim omil ekani taʼkidlandi.

– Mamlakatlarimiz katta demografik salohiyatga ega. Aholi soni oʻsmoqda, yoshlar koʻpaymoqda. Oʻn, yigirma, oʻttiz yildan keyin mintaqa iqtisodiyoti qanday boʻlishi koʻp jihatdan ularning taʼlimi va kasbiy tayyorgarligi sifatiga bogʻliq, – dedi davlatimiz rahbari.


Kelgusida mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga qanday mutaxassislar kerak boʻlishini tahlil qilish asosida talab yuqori boʻlgan kasblar va kompetensiyalarning mintaqaviy atlasini ishlab chiqish taklif etildi. Unda bugunning oʻzida mutaxassislar yetishmayotgan va yaqin yillarda talab ortishi kutilayotgan yoʻnalishlar boʻyicha prognozlarni jamlash nazarda tutilmoqda.

Shu asosda universitetlar va professional taʼlim muassasalari iqtisodiyotning haqiqiy ehtiyojlarini oldindan hisobga olib, sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar uchun kadrlar tayyorlay oladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏5🔥1