TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
📚 Kontrakt uchun “Talaba” ta'lim krediti bor — o'qishni to'xtatmang

Xalq bankining "Talaba" ta'lim krediti:
💬 sirtqi, kechki, masofaviy ta'lim shakllari hamda super kontrakt uchun ajratiladi.

Kredit shartlari:
✅ Miqdori: to'lov kontrakt summasi miqdorida
✅ Muddati: 60 oygacha
✅ Yillik foizi: 24%

🎓 Kreditdan oliy va professional ta'lim tashkilotlari, davlat, nodavlat va O'zbekistondagi xorijiy ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan talabalar foydalanishi mumkin.

Xabarni talaba tanishlarga yuborib qo’ying, foydasi tegsin ✈️

🌐 Batafsil: xb.uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤5🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yoshlarning bo‘sh vaqti — yetakchilarning ish vaqti

🎓 Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan qator tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda:

✅ Imkoniyati cheklangan talabalar uchun piknik
Talabalar o‘rtasida samimiy do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida imkoniyati cheklangan talabalar uchun ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlarga boy piknik tashkil etildi.


🧠 “Zakovat” — 1-turga start!
Universitetimizda “Zakovat” intellektual o‘yinining 1-tur bahslari ham qizg‘in tarzda boshlandi.

✅ Tur yakunida g‘olib jamoalarni quyidagi pul mukofotlari kutmoqda:
🥇 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m


👩‍🍳 “PAZANDA BATTLE”
Universitetimizda o‘tkazilgan “PAZANDA BATTLE” tanlovida talaba qizlar o‘zlarining pazandalik mahoratlarini namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan tanlov yakunida faol jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


🎙 “Notiqlik klubi”
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Notiqlik klubi” mashg‘ulotlari ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Klub orqali yoshlarning omma oldida erkin fikr bildirish, nutq so‘zlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Yoshlar ittifoqi — yoshlar bilan birga, yoshlar uchun!

Bizni kuzatib boring — hali oldinda yanada ko‘plab qiziqarli loyihalar va imkoniyatlar mavjud!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5🔥4
#Xushxabar

🏛 TERDU YIGITLARI — O‘ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI!

🟢Joriy yilning 3–8-oktabr kunlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan bittadan qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilgan Termiz davlat universitetining yigitlar jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi.

🟢Final bosqichida TerDU yigitlari Farg‘ona viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushib, 39:32 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdilar! Shu tariqa TerDU yigitlar jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobaqaning bosh sovrini — “O‘zbekiston Kubogi” sohibiga aylandi!

🟢G‘olib yigitlarimizni ushbu katta yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, omad va yangi marralarni tilaymiz!

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥25❤14👏5🎉5👍4
#kun_hikmati

“Muvaffaqiyatning siri — maqsad sari qat’iyat bilan intilishdir.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Benjamin Disraeli

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍3🔥3🫡1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4👍2
Forwarded from Edu.uz
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤5👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 MILLIY QADRIYATLAR — QALBIMIZDA, LIBOSIMIZDA!

Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas, balki xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati, urf-odatlari va milliy o‘zligini aks ettiruvchi bebaho qadriyatdir.
🔹 Milliy kiyimlarimiz— ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan, xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini bog‘lab turuvchi ma’naviy ko‘prikdir.
🔹Termiz davlat universitetida an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ''Milliy liboslar kuni”yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🔹Atlas va adrasliboslarida namoyon bo‘lgan ranglar uyg‘unligi, nafis bezaklar va milliy naqshlar xalqimizning didi, nozik estetik qarashlari hamda boy madaniyatini ifodalaydi.

Milliy libos — milliy g‘urur!
Milliy qadriyat — qalbimizda!
Milliylik — go‘zalligimiz va faxrimiz!


♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍10🔥3👏1
Forwarded from Edu.uz
#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏60❤29👍19🤔6🔥3🎉1🫡1
#iqtibos

“Kim o‘qishdan (ilm olishdan) to‘xtasa, qariydi — xoh u 20 yoki 80 yosh bo‘lsin. Kim muntazam o‘qishni (ilm olishni) davom ettirsa, yosh-navqiron bo‘lib qolaveradi. Hayotda eng asosiysi — miyani yosh-navqiron holatda saqlashdir.”


✍️ Genri Ford
“Ford Motors” kompaniyasi asoschisi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤6🫡3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Atrof-muhit tozaligi — har birimizning burchimiz!

🟢Belgilanmagan joylarga maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi? TerDU talabasi bu haqda batafsil ma’lumot beradi.

🟢Chiqindini istalgan joyga tashlamang! Tabiatni asrang, qonunga rioya qiling va tozalik uchun mas’uliyatni his eting!

❗️Unutmang: qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!


♻️ 1️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤8👏5🔥1🎉1