TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢Kayrittepa: tarix va madaniy meros

Bugun Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazida “Kayrittepa: arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni asrash” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Kayrittepa yodgorligiga oid arxeologik topilmalar, tadqiqot natijalari, fotogrammetrik tasvirlar va 3D rekonstruksiya namunalari namoyish etildi.

Tadbir Termiz davlat universiteti hamda Fransiyaning Archéorient (CNRS / Université Lumière Lyon 2) ilmiy markazi hamkorligidagi xalqaro loyiha doirasida tashkil etildi.

Ko‘rgazma tarixiy merosimizni o‘rganish, asrab-avaylash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥4❤2
#TerDU #ACQUIN #akkreditatsiya

🏛 TerDUda xalqaro akkreditatsiya: o‘rganish jarayonlari davom etmoqda

Termiz davlat universitetida ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida baholash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro akkreditatsiya jarayonlari izchil davom ettirilmoqda.

Xabar berganimizdek, kecha xalqaro ekspertlar universitet kampusiga tashrif buyurib, oliygohning moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan edilar. Bugun esa o‘rganish jarayonlari doirasida xorijiy ekspertlar hamda universitet rahbariyati ishtirokida onlayn muloqotlar o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida ekspertlar universitet rektori va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlari bilan ta’lim dasturlarining mazmuni, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifati hamda xalqaro standartlarga muvofiqlik masalalarini muhokama qildilar.

Jarayonda Germaniya, Avstriya, Polsha, Chexiya va Qozog‘istonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda xalqaro ta’lim mutaxassislari ishtirok etmoqda. Jumladan, ekspertlar guruhi tarkibida:
🟢 Prof. Dr. Mohammad Reza Farzanegan — Marburg universiteti professori (Germaniya), iqtisodiyot yo‘nalishi;
🟢 Prof. Dr. Tim Epkenhans — Frayburg universiteti professori (Germaniya), tarix yo‘nalishi;
🟢 Prof. Jenny Lehtinen, PhD — Nazarboyev universiteti dotsenti (Qozog‘iston), ingliz tili va lingvistika yo‘nalishlari;
🟢 Dr. Magdalena Kaltseis — Insbruk universiteti dotsenti (Avstriya), rus tili va lingvistika yo‘nalishlari;
🟢 Prof. Dr. Kinga Paraskiewicz — Yagellon universiteti professori (Polsha), fors tili yo‘nalishi;
🟢 Jiri Matela, PhD — Masarik universiteti dotsenti (Chexiya), yapon tili yo‘nalishi;
🟢 Prof. Dr. Robert Grassinger — Vayngarten pedagogika universiteti professori (Germaniya), psixologiya yo‘nalishi;
🟢 Martin Borg — xalqaro ta’lim, sifatni ta’minlash va o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha ekspert, ish beruvchilar vakili;
🟢 Leon Grausam — Bremen universiteti doktoranti (Germaniya), talabalar vakili sifatida qatnashmoqda.


Uchinchi klaster doirasidagi o‘rganishlar iqtisodiyot, tarix, psixologiya, ingliz, rus, fors va yapon tillari, shuningdek, lingvistika yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤20👍18🔥5
#kun_hikmati

“Dunyoda ko‘rishni istagan o‘zgarishning o‘zingiz bo‘ling”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Mahatma Gandi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔9❤6👍5🔥3
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🏆 YUKSAK ZAFAR

🎉Viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldik va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik!

🟩🟩🟩🟩respublika tanlovi hamda debat chempionatlarining hududiy-viloyat bosqichi yakuniga yetdi! Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda Termiz davlat universiteti va vakillarimiz o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyon etib, munosib g‘alabani qo‘lga kiritishdi!

📊 Mintaqaviy (viloyat) bosqichi natijalari:
🥇 1-o‘rin: Termiz davlat universiteti — "Gumata" jamoasi 🥈 2-o‘rin: Termiz davlat pedagogika instituti — "Humo" jamoasi
🥉 3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali — "Aysberg" jamoasi
🔥 Eng quvonarlisi, ushbu yorqin g‘alaba evaziga "Gumata" jamoamiz tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani naqd qildi!

👏Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishda "Gumata" jamoasiga ulkan zafarlar tilaymiz! Oldinda yanada yuksak marralar kutmoqda, olg‘a!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍11❤7