TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.8K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢 TerDUda Registrator ofisi faoliyati va raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

🟢Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov huzurida Registrator ofisi direktori tomonidan ofis faoliyatining natijalari, ta’lim jarayonini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

🟢Taqdimotda universitet prorektorlari, tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Unda o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalar, amaliyotga joriy etilgan raqamli yechimlar va tizimni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qayta o‘qish jarayonining masofaviy shaklga o‘tkazilgani, fanlar farqini aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgani hamda universitet faoliyatiga oid asosiy ko‘rsatkichlar yagona interaktiv dashboardda jamlangani ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, Registrator ofisi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Jumladan, rektor stipendiyasi tanlovini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida talabalarning akademik holatini tahlil qilish va prognozlash, professor-o‘qituvchilar faoliyatini xolis baholashga asoslangan reyting tizimini shakllantirish hamda ofis menejerlari uchun samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

🟢Bundan tashqari, registrator.tersu.uz platformasini kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkazish va unga nisbatan intellektual mulk huquqlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🟢Mazkur tashabbuslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Registrator ofisi xizmatlarining 85–90 foizini to‘liq onlayn shaklga o‘tkazish, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda talabalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirishdan iborat.

🟢Taqdimot yakunida universitet rektori A. Toshqulov raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, sun’iy intellektga asoslangan tahliliy mexanizmlarni keng joriy etish, elektron xizmatlar sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍11👏5🔥4🎉1🫡1
#Talabalikka_bag‘ishlov_2

TerDU rektori bo‘lajak filolog va jurnalistlar bilan uchrashdi


Termiz davlat universitetida yangicha formatda o‘tkazilayotgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda rektor yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani bilan tabriklab, til va adabiyot millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini saqlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Muloqotda milliy adabiy merosni chuqur o‘rganish, matnshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘lyozma manbalarni tadqiq etish va ilmiy muomalaga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, zamonaviy axborot makonida jurnalistikaning o‘rni va mas’uliyati ortib borayotgani qayd etilib, jurnalistika talabalari uchun zamonaviy media muhitini yaratish, maxsus auditoriyalar tashkil etish, media va kontent tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Samimiy muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Uchrashuv yoshlarning ilm-fan va ijodga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ular bilan ochiq va bevosita muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

♻️ 4️⃣ 9️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18❤12👍11
#Talabalikka_bag‘ishlov_3

🟢 TerDU rektori Kimyo fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🟢Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov Kimyo fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.

🟢Samimiy muloqotda kimyo ilmini chuqur egallash, yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🟢Uchrashuvning eng ta’sirli lahzalari talabalarning samimiy fikrlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Qiziriqlik Marjona Yo‘ldosheva maktab davrida rektor bilan uchrashib, TerDU talabasi bo‘lishni orzu qilgani va bugun ana shu maqsadiga erishganini hayajon bilan so‘zlab berdi. Fazilat Sharipova esa oilasining to‘rt nafar a’zosi aynan shu universitetda tahsil olayotganini faxr bilan ta’kidladi.

🟢Muloqot davomida talabalarga universitet prorektorlari va ularning mas’uliyat yo‘nalishlari tanishtirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍14🔥6❤5
🟦🟦🟦🟦🟦

🟢TerDUda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi!

🟢16–17-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida “Geografiyada zamonaviy innovatsion tadqiqotlar: raqamli texnologiyalar va GIS” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Konferensiya geografiya fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan professor Abdimo‘min Ro‘ziyev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan.

🟢Konferensiya yalpi majlis bilan boshlanib, unda geografiya fanining dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shundan so‘ng, ish beshta sho‘ba yo‘nalishi bo‘yicha davom etib, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar va GIS imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍10🎉4