#Talabalikka_bag‘ishlov_2
TerDU rektori bo‘lajak filolog va jurnalistlar bilan uchrashdi
Termiz davlat universitetida yangicha formatda o‘tkazilayotgan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda rektor yoshlarni talabalik baxtiga muyassar bo‘lgani bilan tabriklab, til va adabiyot millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini saqlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Muloqotda milliy adabiy merosni chuqur o‘rganish, matnshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘lyozma manbalarni tadqiq etish va ilmiy muomalaga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, zamonaviy axborot makonida jurnalistikaning o‘rni va mas’uliyati ortib borayotgani qayd etilib, jurnalistika talabalari uchun zamonaviy media muhitini yaratish, maxsus auditoriyalar tashkil etish, media va kontent tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Samimiy muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Rektor ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Uchrashuv yoshlarning ilm-fan va ijodga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ular bilan ochiq va bevosita muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
♻️ 4️⃣ 9️⃣ 1️⃣
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt

Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18❤12👍11
#Talabalikka_bag‘ishlov_3
🟢 TerDU rektori Kimyo fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
🟢 Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov Kimyo fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.
🟢 Samimiy muloqotda kimyo ilmini chuqur egallash, yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢 Uchrashuvning eng ta’sirli lahzalari talabalarning samimiy fikrlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Qiziriqlik Marjona Yo‘ldosheva maktab davrida rektor bilan uchrashib, TerDU talabasi bo‘lishni orzu qilgani va bugun ana shu maqsadiga erishganini hayajon bilan so‘zlab berdi. Fazilat Sharipova esa oilasining to‘rt nafar a’zosi aynan shu universitetda tahsil olayotganini faxr bilan ta’kidladi.
🟢 Muloqot davomida talabalarga universitet prorektorlari va ularning mas’uliyat yo‘nalishlari tanishtirildi.
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍14🔥6❤5
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍10🎉4
#Talabalikka_bag‘ishlov_4
Rektorning talabalar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda
▫️Navbatdagi uchrashuv Tabiiy fanlar fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
▫️“Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida universitet rektori Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
▫️Uchrashuvda ilm-fanga intilish, tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish, talabalarning tashabbus va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
▫️Tojikistonlik talaba Jumabek Mamataliyev universitetdagi ilmiy muhit uning orzu va maqsadlariga yangi qanot bag‘ishlayotganini ta’kidladi.

1👍14❤6👏3