TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.8K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Xushxabar

TerDU talabasi — Aktau Asian Open 2026 xalqaro musobaqasi g‘olibi!


🥇 Aktau tatamisida O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi, Davlat madhiyamiz yangradi!

🇰🇿 Qozog‘istonning Aktau shahrida 17–18-oktabr kunlari o‘tkazilgan Aktau Asian Open 2026 xalqaro dzyudo musobaqasida 7 davlatdan 182 nafar sportchi 14 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Eng quvonarlisi, Termiz davlat universiteti talabasi Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov 73 kg vazn toifasida finalda ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, OLTIN MEDALNI qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 3 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Diyora Keldiyorova (-52 kg) va Fotimaxon Tursunboyeva (-48 kg) ham oltin medallarga sazovor bo‘ldi.


Ushbu zafar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sport va iqtidorli yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy samarasidir.


Yaqinda universitet rektori Abduqodir Toshqulov Sport faoliyati fakulteti talabalarini xalqaro maydonlarda yurt sharafini munosib himoya qilishga chorlagan edi. Bugun ana shu ezgu maqsadlar yana bir yorqin g‘alabada o‘z ifodasini topdi!

Nizomiddinxo‘janing ushbu natijasi Olimpiya reytingi uchun muhim ochkolar jamg‘arishda ham ahamiyatlidir.

NIZOMIDDINXO‘JA, SEN BILAN FAXRLANAMIZ!
Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
1👍50👏16❤13🔥6
🟢DIQQAT, AZIZ TALABALAR!

🟢"TALABALIKKA BAGʻISHLOV" TADBIRLARI DOIRASIDA KATTA GALA-KONSERT!

🟢Bugun, Termiz davlat universiteti stadionida talabalar uchun unutilmas kayfiyat, koʻtarinki ruh va yorqin taassurotlarga boy gala-konsert dasturi lazer shousi boʻlib oʻtadi!

🎤Konsert mehmoni — Janob Rasul!

📍 Manzil: TerDU stadioni
🗓 Sana: Bugun
⏱ Boshlanish vaqti: 18.30

🟢Aziz talabalar, doʻstlaringizni ham taklif qiling va bugungi unutilmas kechaning bir qismiga aylaning!

✨Talabalik shodiyonasi — yorqin xotiralar boshlanishi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍25❤13🔥13👏2🎉2
#Talabalikka_bag‘ishlov #6

TerDU rektori bo‘lajak huquqshunoslar bilan uchrashdi


Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasidagi navbatdagi uchrashuv Yuridik fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
Rektor Abduqodir Toshqulov yoshlarni talabalik safiga qabul qilingani bilan tabriklab, huquqshunoslik kasbining mas’uliyati, qonun ustuvorligi va jamiyatda adolatni qaror toptirishda yuristlarning o‘rni haqida fikr bildirdi.

“Bu dunyoning ishi adolat bilan qaror topadi”, — deya ta’kidlagan rektor halollik, adolat va qonuniylik har bir huquqshunosning bosh mezoni bo‘lishi zarurligini qayd etdi.


Prezidentning 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni asosida tashkil etilgan fakultetda bugun 2 494 nafar talaba tahsil olmoqda. Oliy sud, Bosh prokuratura va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Bo‘lajak prokurorlar klubi”da 17 nafar talaba amaliy tajriba orttirmoqda. Indoneziya pedagogika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi ham amalga oshirilmoqda.
Samimiy muloqotda talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Rektor yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Zero, chinakam huquqshunosning kuchi nafaqat qonunni bilishida, balki adolatga sadoqatida namoyon bo‘ladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
1👍25❤9🔥8👏8🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

🟢“Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri boshlanmoqda! Barchangizni TerDU stadioniga taklif etamiz!

✨Bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalar sizni kutmoqda!

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏27❤14🎉8👍3🫡3
❤30👍25🎉6