#Talabalikka_bag‘ishlov #7
🟢 TerDU rektori bo‘lajak IT mutaxassislari bilan uchrashdi
🟢 Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov Axborot texnologiyalari fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🟢 Uchrashuvda rektor raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bugungi davrda IT sohasi mutaxassislariga talab tobora ortib borayotganini ta’kidlab, yoshlarni zamonaviy bilimlarni puxta egallash, xorijiy tillarni o‘rganish va innovatsion g‘oyalar ustida ishlashga undadi.
🟢 Bugungi kunda fakultetda 1 724 nafar talaba sun’iy intellekt, dasturiy injiniring, kompyuter injiniringi va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Talabalarning xalqaro dasturlar, davlat stipendiyalari va innovatsion tanlovlardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi.
🟢 Samimiy muloqot davomida yoshlarga kitoblar taqdim etilib, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun kasbiy bilim bilan birga keng dunyoqarash va yuksak ma’naviyat ham muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Shuningdek, rektor talabalar murojaatlari uchun ochilgan maxsus Telegram manzili haqida ma’lumot berib, ularning taklif va tashabbuslarini tinglashga doimo tayyor ekanini bildirdi.
🟢 Uchrashuv yakunida talabalarning bilim olishi, ilmiy va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢 Muloqot yoshlarni nafaqat zamonaviy texnologiyalardan foydalanuvchi, balki ularni yaratuvchi mutaxassislar bo‘lib yetishishga ruhlantirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Bizni kuzating

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤11🔥6🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalikka_bag‘ishlov #yakun
TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” — muloqotlardan bayram sari!
Rektor va minglab talabalar o‘rtasidagi samimiy uchrashuvlar katta gala-konsert bilan yakunlandi! Jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar, yorqin lazer shousi va unutilmas lahzalar — talabalikning haqiqiy shukuhi!
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt

1❤31🔥10👍6👏3
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12👍8👏3
#№65
#Himoya_2026
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti "Fakultetlararo chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi Abduqayumova Sanobar Abdurashidovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik" ixtisosligidan “Ingliz va o‘zbek tillarida antokomponentli maqol va frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Sanobar Abdurashidovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

10❤30👍22👏3🔥2🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Markaziy_OAV
3500 yillik Kayrittepa yodgorligi 3D texnologiyalari bilan o‘rganilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
3500 yillik Kayrittepa yodgorligi 3D texnologiyalari bilan o‘rganilmoqda
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
👍8❤4🔥2
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
O‘zbek tili — milatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli!
Surxondaryoda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda harbiylar ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining O‘zbek tili bayrami munosabati bilan voha ahliga yo‘llagan tabrigini Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani milliy o‘zligimizni anglash va mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam ekani ta’kidlandi. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish borasidagi ishlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Ayni paytda bayram tadbirlari San’at saroyi majmuasida davom etmoqda.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

👍11❤7🎉4🔥3