TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

“KURASH — MARDLAR MEROSI”

🟢Termiz davlat universitetida respublika seminari va musobaqasi!

Prezidentimizning joriy yil 26–27-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 23–25-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari va texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kurash bo‘yicha respublika musobaqasi va seminari bo‘lib o‘tadi.


🟢Mazkur musobaqa milliy sportimiz — kurashni keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda iqtidorli polvonlarni kashf etishga xizmat qiladi.  Kuch, mardlik va matonat bellashuviga marhamat!

📍 Manzil: Termiz davlat universiteti
📅 Sana: 23–25-oktabr

Batafsil:  https://new.tersu.uz/news/view/302?l=uz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍8🔥3🎉1
#kun_hikmati

"Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakatda davom etish kerak”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Albert Eynshteyn

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤11🔥6👏3🤔1
🇺🇿🇪🇸TERDU — XALQARO ILM-FAN MARKAZI SARI: H-INDEKSI 42 BO‘LGAN ISPANIYALIK PROFESSOR TALABALAR BILAN!

🟢Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida Ispaniyaning Rey Juan Carlos universiteti professori, Scopus bazasida h-indeksi 42 ga ega, 10 dan ortiq AQSh patenti muallifi hamda Stenford universitetining eng yaxshi 2 foiz tadqiqotchilari ro‘yxatiga kiritilgan olim Santyago Gomes-Ruiz o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.

🟢Professor talabalarga “Kompleks birikmalar kimyosi” fanidan ma’ruzalar o‘tmoqda. Shuningdek, magistrantlar va doktorantlar uchun ilmiy-tadqiqotlarda sun’iy intellektdan samarali foydalanish mavzusida seminar tashkil etdi.

🟢Uchrashuv davomida talabalarning startaplar, grantlar, ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalar, akademik almashinuv va xorijiy amaliyotlardagi ishtiroki universitetning QS, THE va ARWU kabi xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

✨TerDU — xalqaro tajriba, innovatsiya va yuksak ilmiy marralar sari!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍12🔥7👏3
TerDUda ispaniyalik professor o‘qituvchilik faoliyatini boshladi

Termiz davlat universitetida ta’lim sifatini oshirish, xalqaro ilmiy tajribani o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish hamda talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda Ispaniyaning Rey Juan Carlos universiteti professori Santyago Gomes-Ruiz Kimyo fakultetida o‘qituvchilik faoliyatini boshladi.

Santyago Gomes-Ruiz — Scopus ilmiy bazasida h-indeksi 42 ga ega, 10 dan ortiq AQSh patenti muallifi hamda Stenford universiteti tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng yaxshi 2 foiz tadqiqotchilari ro‘yxatiga kiritilgan nufuzli olim.


Professor bir yil davomida Termiz davlat universitetida faoliyat olib boradi. Uning universitetdagi faoliyati talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtirish, xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan olimning TerDUdagi faoliyati universitetning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va jahon ilm-fani yutuqlarini ta’lim jarayoniga olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
1👏17❤9👍7🔥3
🟦🟦🟦🟦

🟢Surxondaryo o‘g‘loni — Jahon kubogi sovrindori!

🟢Toshkent shahrida Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) shafeligida “Uzbekistan Kickboxing World Cup – 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

🟢Ushbu nufuzli sport tadbirida dunyoning 48 dan ortiq mamlakatidan 2 500 nafardan ziyod sportchi va rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

🟢Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilgan vakilimiz katta muvaffaqiyatga erishdi!

🟢Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 1-bosqich talabasi Turdiyev Husan +91 kilogram vazn toifasida mahorat ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni (kumush medali) qo‘lga kiritdi.

🟢Bu natija yosh sportchining mahorati, qat’iyati va tinimsiz mehnati samarasidir.

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤8🔥5
🟢KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

🟢Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbariyati, xodimlari va talabalari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

🟢Suhbatlar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, qonun ustuvorligi, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🟢Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va uning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟢Korrupsiyaga duch keldingizmi? Befarq bo‘lmang!

🟢Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 76-221-7710
✈️ Telegram bot: "@TerDUantiCorruption_bot" (https://t.me/TerDUantiCorruption_bot)
📞 Telefonlar: 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758

🟢Halollik — yuksak qadriyat! Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalikka_bag‘ishlov #7

🟢TerDUda raqamli kelajak bunyodkorlari bilan uchrashuv

(Axborot texnologiyalari fakulteti)

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍7🤔1
#kun_hikmati

“Ilmdan özga najot yöq va bölmagay.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Imom Buxoriy

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👏8🔥4