TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.7K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

🟢Surxondaryo o‘g‘loni — Jahon kubogi sovrindori!

🟢Toshkent shahrida Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) shafeligida “Uzbekistan Kickboxing World Cup – 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

🟢Ushbu nufuzli sport tadbirida dunyoning 48 dan ortiq mamlakatidan 2 500 nafardan ziyod sportchi va rasmiy delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

🟢Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilgan vakilimiz katta muvaffaqiyatga erishdi!

🟢Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 1-bosqich talabasi Turdiyev Husan +91 kilogram vazn toifasida mahorat ko‘rsatib, faxrli 2-o‘rinni (kumush medali) qo‘lga kiritdi.

🟢Bu natija yosh sportchining mahorati, qat’iyati va tinimsiz mehnati samarasidir.

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤8🔥5
🟢KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!

🟢Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbariyati, xodimlari va talabalari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

🟢Suhbatlar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, qonun ustuvorligi, halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

🟢Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va uning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟢Korrupsiyaga duch keldingizmi? Befarq bo‘lmang!

🟢Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuzasidan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 76-221-7710
✈️ Telegram bot: "@TerDUantiCorruption_bot" (https://t.me/TerDUantiCorruption_bot)
📞 Telefonlar: 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758

🟢Halollik — yuksak qadriyat! Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalikka_bag‘ishlov #7

🟢TerDUda raqamli kelajak bunyodkorlari bilan uchrashuv

(Axborot texnologiyalari fakulteti)

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍7🤔1
#kun_hikmati

“Ilmdan özga najot yöq va bölmagay.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Imom Buxoriy

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23👏8🔥4
#Talabalikka_bağişlov #8

🟢Aniq fanlar — katta kaşfiyotlar va yangi imkoniyatlar sari yöl

🟢 Bugungi texnologik taraqqiyot, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va zamonaviy muhandislik yeçimlari zamirida matematika va fizika qonuniyatlari mujassam. Bu sohalarni çuqur egallagan yoşlar esa ertangi taraqqiyotning bevosita iştirokçilaridir.

🟢 Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağişlov» tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toşqulovning navbatdagi uçraşuvi Fizika-matematika fakulteti birinçi bosqiç talabalari bilan bölib ötdi. Muloqotda aniq fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi örni, ilmiy tafakkurni şakllantiriş, nazariy bilimlarni amaliy natijalarga aylantiriş hamda yoşlarni ilmiy izlanişlarga keng jalb etiş masalalariga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bugungi şiddatli özgarişlar davrida tayyor bilimlarni özlaştirişning özi yetarli emasligi, mustaqil fikrlaş, muammolarga ilmiy yondaşiş va yangilik yaratişga intiliş har bir bölajak mutaxassisning muhim fazilati bölişi lozimligi ta’kidlandi.

🟢 Bugun fakultetda 1 423 nafar talaba va 70 nafar magistrant tahsil olmoqda. 53 nafar professor-öqituvçi faoliyat yuritayotgan jamoaning ilmiy salohiyati 66 foizni taşkil etadi. Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik esa ta’lim va tadqiqotlar uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda.

🟢 Oçiq muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşib, universitetda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar. Zero, buyuk kaşfiyotlar oddiy savollardan, katta yutuqlar esa izlaniş va qat’iyatdan boşlanadi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalikka_bağişlov #8

🟢 REKTOR VA TALABALAR: ILM, IZLANIŞ VA ISTIQBOL — FIZIKA VA MATEMATIKA IMKONIYATLAR OLAMIGA YÖL!

(Fizika-matematika fakulteti)

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤17👏6🔥2