TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.7K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#seminar

TerDUda xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini şakllantiriş bōyiça ōquv kurslari ōtkazilmoqda


Termiz davlat universitetida mehnat munosabatlarida tazyiq va zōravonlikning oldini oliş, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda soğlom mehnat muhitini ta’minlaşga qaratilgan maxsus ōquv kurslari taşkil etilmoqda.

Mazkur ōquvlar Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentyabrdagi PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentyabrdagi 518-son qarori ijrosini ta’minlaş doirasida amalga oşirilmoqda.


Tōrt kunlik ōquv kurslarida universitet professor-ōqituvçilari orasidan şakllantirilgan trenerlar guruhi iştirok etmoqda. Maşğulotlar davomida mehnat jamoalarida tazyiq va zōravonlik holatlarini barvaqt aniqlaş va oldini oliş, bunday vaziyatlarga qonuniy va samarali munosabat bildiriş, ōzaro hurmat, tenglik va kasbiy etika tamoyillariga asoslangan iş muhitini yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ōquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan trenerlar tomonidan yil yakuniga qadar kaskad usulida boşqa mehnat jamoalari xodimlari uçun ham ōquv maşğulotlari taşkil etilişi rejalaştirilgan. Asosiy maqsad — har bir xodimning huquq va qadr-qimmati hurmat qilinadigan, tazyiq va zōravonlikka yōl qōyilmaydigan xavfsiz va soğlom mehnat muhitini şakllantirişdir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
👍13❤3🔥2
Forwarded from Edu.uz
Ayni daqiqalarda Prezidentimiz sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazmoqda

– Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun odamga, avvalo, sog‘liq kerak. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz,

– dedi Prezidentimiz.

So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar ishga tushdi, 58 ming shifo o‘rni yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar ko‘payib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.

Ilgari chet elda amalga oshirilgan tug‘ma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.

Prezidentimiz bu natijalarda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvchi o‘rin tutayotganini qayd etdi.

– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,

– dedi Prezidentimiz.

Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.

– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi shifokorning bunga haqqi yo‘q. Chunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.

Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m bo‘ladi.

Prezidentimiz 2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini ma’lum qildi. Talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi.

Yo‘nalishga qarab rezidentura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.

Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib, “universitet klinikasi” tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤9🔥3🤔1
🟢“BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA SARALAŞ BOSQIÇI!

🟢Termiz davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqiçi bölib ötmoqda.

🟢Mazkur musobaqa doirasida voleybol, futbol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi sport turlari böyiça talabalar saralab olinmoqda.

🟢 Bellaşuvlar davomida talabalar özlarining sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va ğalabaga bölgan intilişlarini namoyon etmoqda.

🟢Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, sportga bölgan qiziqişni oşiriş hamda iqtidorli yoşlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaşdan iborat.

🟢Sport — salomatlik garovi, ğalaba esa intiliş va mehnat mahsuli!

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍6🔥1🫡1
🟢TerDUda “Oçiq eşiklar kuni”: vatanparvarlik, jasorat va mahorat namoyişi

🟢Termiz davlat universitetida Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan “Oçiq eşiklar kuni” doirasida harbiy-vatanparvarlik tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda “Vatanparvar” maktabi, Milliy gvardiya, Surxondaryo viloyati Bojxona va Içki işlar boşqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi vakillari hamda universitet harbiy kafedrasi kursantlari iştirok etdi.

🟢Tadbir davomida kuç tuzilmalari xodimlari va harbiy kafedra kursantlari tomonidan maxsus körgazmali çiqişlar namoyiş etildi. Şuningdek, harbiy texnika, qurol-aslahalar, maxsus jihozlar va qutqaruv vositalari körgazmasi taşkil etilib, talaba-yoşlarga ularning vazifalari hamda amaliy qöllanilişi haqida ma’lumot berildi.

🟢Mazkur tadbir yoşlarning Vatanga sadoqat, milliy ğurur va daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş, harbiy va huquqni muhofaza qiliş sohalariga qiziqişini oşiriş, şuningdek, ularning boş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi.

🟢Harbiy xizmatçilarning kasbiy mahorati, kursantlarning körgazmali çiqişlari va amaliy namoyişlar talabalarda katta qiziqiş uyğotib, ularda unutilmas taassurot qoldirdi.

♻️ 3️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍8🔥3👏1