TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🏛TERDU TALABASI — XALQARO MAYDONDA!

🇺🇿 Termiz davlat universiteti talabasi xalqaro sport maydonida munosib natija qayd etib, universitetimiz şarafini yuksaklarga kötardi!

🟢Joriy yilning 26–30-oktabr kunlari Namangan şahrida Taekwondo WT sport turi böyiça “Uzbekistan Open 2026” G-1 xalqaro musobaqasi bölib ötdi. Los Angeles – 2028 yozgi Olimpiya öyinlari uçun reyting oçkolarini taqdim etuvçi mazkur nufuzli musobaqada dunyoning turli hududlaridan kelgan sportçilar ğoliblik uçun bahs olib bordilar.

🟢Quvonarlisi, uşbu musobaqada Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Taekwondo WT ta’lim yönalişi 1-bosqiç talabasi Jörayev Oybek 68 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli iştirok etib,
🥉 bronza medalini qölga kiritdi!

🟢Alohida ta’kidlaş joizki, Termiz davlat universitetida Taekwondo WT ta’lim yönalişi aynan joriy öquv yilidan öz faoliyatini boşlagan. Ilk qadamlardanoq xalqaro maydonda şunday natijaning qayd etilişi yangi yönaliş istiqboli, yoşlar salohiyati va universitetda sport ta’limiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.

🟢Jörayev Oybekni uşbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! Unga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar, mustahkam iroda va yangi-yangi ğalabalar tilaymiz!

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍9
📢HUQUQŞUNOSLAR IŞGA TAKLIF ETILADI!

Huquqşunoslik sohasida pedagog sifatida faoliyat yuritiş istagi bölgan mutaxassislarni Termiz davlat universitetiga işga qabul qilinişini ma’lum qilamiz.

❗️Talablar:
🟢Yurisprudensiya (huquqşunoslik) mutaxassisligi böyiça magistratura yoki unga tenglaştirilgan diplom;
🟢 huquqşunoslik sohasida çuqur nazariy bilim;
🟢 ilğor pedagogik usullarda öqitiş;
🟢 ilmiy tadqiqot olib boriş könikmasi.

✅Ustuvorlik beriladi:
🟢 pedagogik yoki amaliy iş tajribasi;
🟢 erişgan yutuqlari;
🟢 ilmiy tadqiqot natijalari;
🟢 xorijiy tilni bilişi va IT savodxonligi.

📆Hujjatlar qabul qiliş muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha

📍Manzil: Termiz ş., Barkamol avlod köçasi, 43-uy, Termiz davlat universiteti, Xodimlar bölimi (Rektorat binosi)

📞 Ma’lumot uçun:
Telefon: +998 99 623 13 05

📱Telegram: @zn8997

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍4
🟢TERDU TALABASI — RESPUBLIKA TANLOVI ĞOLIBI!

🟢Innoweek–2026 doirasida iste’dodli yoşlarni kaşf etiş, ularning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan ixtiroçilik va ratsionalizatorlik respublika körik-tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi yuksak natijaga erişdi!

🟢Universitetimiz Tarix fakulteti Arxeologiya ta’lim yönalişi 4-kurs talabasi Normetov Bunyodbek tanlovning «Eng yaxşi ratsionalizatorlik ğoyasi» nominatsiyasida ğoliblikni qölga kiritdi!

🟢Uşbu muvaffaqiyat yoşlarimizning yuksak salohiyati, izlanuvçanligi va innovatsion tafakkurining yorqin namunasidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍14🔥7
Forwarded from Edu.uz
#Prezident #Turkiya #hamkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi boshlandi. Mamlakatimiz yetakchisini Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kutib oldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3🔥3
🟢 «Kelajak tadbirkori – 2026»: bitiruvçilar uçun yangi imkoniyatlar

🟢Viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvçi yoşlarini bir manzilda jamlagan «Kelajak tadbirkori – 2026» kasb körgazmasi yoşlar bandligini ta’minlaş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.

🟢Tadbir doirasida böş iş örinlari yarmarkasi va iş beruvçilar bilan bevosita uçraşuvlar taşkil etildi. Öz tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yiş istagidagi yoşlarga imtiyozli moliyaviy kömak oliş imkoniyatlari taqdim etildi.

🟢Tadbir Termiz davlat universiteti bitiruvçi talabalari uçun ham manfaatli böldi.

🟢Xususan, 205 nafar talabamiz iş örniga ega bölgan bölsa, 12 nafar talabamizga öz tadbirkorlik loyihasini yo‘lga qo‘yiş uçun jami 680 mln söm miqdorida imtiyozli kredit ajratilişi belgilandi.

🟢Yoşlarning bugungi taşabbusi — ertangi muvaffaqiyatiga poydevor!

Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍9
#kun_hikmati

«Orzulari sari işonç bilan yurgan va tasavvuridagi hayotni yaşaşga intilgan inson kutilmagan muvaffaqiyatlarga erişadi».


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Genri Devid Toro

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍7🔥4
#№66
#Himoya_2026

✅DISSERTATSIYA İŞI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi katta öqituvçisi Raxmonova Dilşoda Nusratovna A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi ilmiy kengaşda «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi böyiça «Boşlanğiç sinf öquvçilarining musiqa savodxonligini takomillaştiriş metodikasi» mavzusida pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uchun tayyorlagan dissertatsiya işini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Dilşoda Nusratovnani uşbu yutuği bilan qutlab, unga mustahkam soğlik va ilm yölida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤17🔥4👏3🎉2
Forwarded from Edu.uz
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

➖Özbekiston ta’sirçan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar taşkilotini özaro işonç va amaliy şeriklik maydoni sifatida köradi;

➖Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslaşib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari suriş lozim. TDT mamlakatlari uşbu ezgu yölda yakdil va kuç-ğayratini turkiy birdamlik uçun safarbar etişga tayyor;

➖Taşkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar ötkaziş, yondaşuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş muhim;

➖Uçinçi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar taşkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklif etildi;

➖Texnologik hamkorlikni çuqurlaştiriş, jahon bozoriga birgalikda çiqiş imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş zarur;

➖“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qiliş taklif etildi;

➖Nodir va strategik minerallarni töliq qayta işlaş, “yaşil” energetika uskunalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlaşga ustuvor ahamiyat qaratiş maqsadga muvofiq;

➖“Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnomani işlab çiqiş lozim;

➖“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni taşkil etiş va uni birgalikda boşqariş taklifi bildirildi;

➖Turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etiş maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni taşkil qiliş taşabbusi ilgari surildi;

➖Fuqarolarning özaro safarlari töğrisida köp tomonlama bitimni işlab çiqiş taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş masalalari aks etişi lozim;

➖Mamlakatimiz “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratişga tayyor;

➖2027-yilni taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş böyiça taşabbus hamda Özbekiston vakilining nomzodi Boş kotib lavozimiga qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirildi;

➖"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik ğoyamiz va uluğvor rejalarimizga erişiş yölida muhim qadam böladi";

➖“Barçamizning orzu-istaklarimiz va intilişlarimiz muştarak. Biz bir bölsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bölsak, yanada yuksak marralarga albatta erişamiz”.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍3
🇺🇿🇯🇵Termiz davlat universiteti doktorantlari Yaponiyada xalqaro ilmiy stajirovka ötamoqda!

🟢Termiz davlat universitetining ikki nafar doktoranti — Xuşboqov Abduvali va Qobilova Malika Yaponiyaning nufuzli Kyushu universitetida SAKURA SCIENCE Exchange Program xalqaro ilmiy almaşinuv dasturi doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkada iştirok etmoqda.

🟢Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi (Japan Science and Technology Agency — JST) tomonidan amalga oşirilayotgan mazkur dastur yoş tadqiqotçilarni ilğor ilmiy işlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion tadqiqot muhiti bilan yaqindan taniştirişga qaratilgan.

🟢Doktorantlar Kyushu universitetining ilmiy laboratoriyalari va ultramikroskopiya tadqiqot markazi faoliyati bilan tanişiş, ilmiy ma’ruzalarda qatnaşiş hamda yoqilği elementlari va perovskit quyoş batareyalari böyiça olib borilayotgan tadqiqotlarni örganiş imkoniyatiga ega bölmoqda.

🟢Şuningdek, dasturdan Toyota, Mitsubishi UBE Cement kabi yirik sanoat korxonalari, geotermal elektr stansiyasi, quyoş va biomassa energetikasi obyektlariga ilmiy-amaliy taşriflar ham örin olgan.

🟢Uşbu xalqaro ilmiy stajirovka doktorantlarning ilmiy salohiyatini oşiriş, ilğor xorijiy tajribalarni özlaştiriş, zamonaviy tadqiqot yondaşuvlarini örganiş hamda kelgusidagi xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uchun muhim imkoniyatdir.

🟢Termiz davlat universiteti yoş tadqiqotçilarining xalqaro ilmiy dasturlardagi iştiroki universitetning jahon ilm-fan makoniga integratsiyalaşuvi yölidagi muhim qadamlardan biridir.

♻️ 3️⃣ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍15🔥4👏3