TerDU rasmiy kanali
19.8K subscribers
32.2K photos
4.01K videos
1.04K files
14.4K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢SIMO 2026: TerDU talabalari 3 ta medalni qölga kiritdi!

🟢15-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida akademik Azimboy Sa’dullayev nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi (SIMO 2026)ning taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

🟢Quvonarlisi, mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada Termiz davlat universiteti talabalari ham munosib iştirok etib, jami 3 ta medalni qölga kiritişdi.

🥈 2 ta kumuş medal 🥉 1 ta bronza medal Ma’lumot uçun, olimpiadaning saralaş bosqiçida 40 ta oliy ta’lim muassasasidan 541 nafar talaba iştirok etgan.

🟢Final bosqiçida esa iştirokçilar ikki kun davomida murakkab matematik masalalar yeçiş orqali öz bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazişgan.

🟢Uşbu yutuq universitetimiz talabalari va professor-öqituvçilari uçun katta quvonç va faxrdir!

🟢Ğolib talabalarimizni, ularning ustozlarini hamda barça yaqinlarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy izlanişlari va xalqaro maydondagi yutuqlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

♻️ 4️⃣ 3️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍28❤7🔥3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_olimpiada #Konstitutsiya

🎬 Konstitutsiyani qançalik yaxşi bilasiz?

🇺🇿 Siz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?

Unda öz bilimingizni sinab köriş vaqti keldi!

⚡️ Fan olimpiadalari markazi tomonidan 9–11-sinf öquvçilari örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi böyiça respublika onlayn olimpiadasi taşkil etilmoqda!

OLIMPIADA TARTIBI ⬅️

🫂 Olimpiadada respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat umumiy örta ta’lim maktablarining 9–11-sinf öquvçilari iştirok etişi mumkin.

❗️ Olimpiada qanday ötkaziladi?

Olimpiadada iştirok etiş uçun dastlab EduX platformasida 18-noyabrga qadar röyxatdan ötişingiz lozim!

📢 Sinovlar noyabr oyining oxirgi ön kunligida töliq onlayn formatda ötkaziladi.
İştirokçilarga Konstitutsiyaga oid test savollari taqdim etiladi.

🇺🇿 Konstitutsiyani örganing, bilimingizni sinang va ğoliblar safidan joy oling!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
🟢TerDUda OIV infeksiyasining oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbir ötkazildi

🟢Termiz davlat universitetida talaba-qizlar iştirokida “OITSga qarşi kuraş – soğlom hayot va kelajak poydevoridir” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

🟢Tadbirda Surxondaryo viloyati OITSga qarşi kuraşiş markazi şifokori Rasul Qurbonov hamda universitet Xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi Nodira Uzakova iştirok etdi.

🟢Davra suhbatida OIV infeksiyasining yuqiş yöllari va uning oldini oliş çoralari, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, yoşlarning tibbiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Mutaxassis tomonidan talaba-qizlarga mavzu yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga atrofliça javob qaytarildi.

🟢Mazkur tadbir talaba-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, öz salomatligiga mas’uliyat bilan yondaşiş madaniyatini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍7🔥2👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢TA’LIM VA TARAQQIYOT | Bugungi amaliyotçi — ertangi öqituvçi

🟢Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida bitiruvçi talabalarni iş bilan ta’minlaşga qaratilgan yangi taşabbus amalga oşirilmoqda. Ilk bor fakultet bitiruvçilarining 50 foizi haq tölanadigan amaliyotga jalb etilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4
TALABALARNING IJARA XONADONLARIDAGI YAŞAŞ ŞAROITLARI ÖRGANILMOQDA

🟢Termiz davlat universitetida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning xavfsizligini ta’minlaş hamda mavjud muammolarni aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida muntazam örganiş işlari olib borilmoqda.

🟢Şu maqsadda universitetning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Obid Şofiyev hamda mas’ul xodimlar tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining holati joyiga çiqqan holda örganildi.

🟢Örganiş davomida xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, isitiş tizimlari, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişiga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Şuningdek, talabalar bilan bevosita muloqotlar ötkazilib, ularning yaşaş şaroitlari, öqiş jarayoni va kundalik turmuşda duç kelayotgan muammolari yuzasidan fikrlari tinglandi.

🟢Örganiş jarayonida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, talabalar uçun xavfsiz va qulay yaşaş muhitini yaratiş yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berildi.

🟢Talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş va ularning muammolariga amaliy yeçim topişga qaratilgan bunday işlar universitetda muntazam davom ettiriladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4