O‘ZBEKISTON KUBOGI MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish markazida ushu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalariga start berildi. 27–31-oktabr kunlari davom etadigan mazkur musobaqalarda sportchilar sanda va taolu yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqaning dastlabki kunida 7–12, 13–14, 15–17 hamda 18 yosh va undan katta sportchilar o‘rtasida sanda yo‘nalishi bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, taolu yo‘nalishida sportchilar texnik mahorati, harakatlar aniqligi, muvozanati va ijro mahoratini namoyish etdilar.
Bellashuvlar oldidan an’anaga muvofiq, musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Sharifovich Mahmudov, O‘zbekiston Ushu federatsiyasi raisi Ravshan Gʻaniyev, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda elchixona vakillari, jumladan, madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizning muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, Darya Latisheva Aichi–Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida kumush medalni, Saydullo Abdurashidov va Doniyor Turg‘unboyev esa bronza medallarini qo‘lga kiritgani munosabati bilan taqdirlandilar. Sportchilarga hamda ularning murabbiylariga qimmatbaho sovg‘alar va esdalik sertifikatlari topshirildi.
Mazkur tadbir O‘zbekistonda ushu sportini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlarini e’tirof etish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sport va madaniy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Marosim yakunida O‘zbekiston Ushu federatsiyasi, Xitoy elchixonasi va Sport vazirligi vakillari o‘rtasida esdalik sovg‘alari almashildi.
27–31-oktabr kunlari davom etgan O‘zbekiston kubogi musobaqalari sportchilarga o‘z salohiyatini namoyon etish, tajriba almashish va yuqori natijalar uchun kurashish imkonini berdi.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda ham omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!