SURXON USHU 🗡️&🥊
109 subscribers
4.41K photos
1.86K videos
60 files
408 links
📢 Surxondaryo Ushu federatsiyasi rasmiy kanali

🎎 🇨🇳 USHU - 🇺🇿Jang san'ati.

🇨🇳USHU-🗡️TAOLU- 🇺🇿Yo'lakdagi jang.🗡️(Xitoy gimnas)

🇨🇳USHU-🥊SANDA🤼- 🇺🇿Erkin jang🥊

🏅🤸Salomatlik - eng muhim nemat.🏆

📝✉️sms, telegram uchun📠 +998902466690
Download Telegram
⚡️6–10 may kunlari bo'lib o'tadigan 📅 ushu sportining Sanda va Taolu yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Toshkent shahridagi Universal sport majmuasida yuqori saviyada, haqiqiy sport bayrami ruhida boshlandi 🎉

Bugungi tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki kayfiyat, milliy g‘urur va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat bilan o‘tdi 🇺🇿✨ Tadbirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi departamenti o‘rinbosari Xasanov Jamshidbek Xalimovich hamda Oʻzbekiston Ushu federatsiyasi raisi Ravshan Gʻaniyev va O'zbekiston respublikasi Sport vazirligi ma'sullari ishtirok etib, sportchilarga ulkan zafarlar va yorqin g‘alabalar tiladilar 🤝🔥

Marosimning eng ta’sirli va faxrli lahzalari joriy yilning mart oyida Xitoy davlatining Tyanzin shahrida bo'lib o'tkan Yoshlar o‘rtasidagi 10-Jahon chempionatida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan yosh chempionlarni taqdirlash bo‘ldi 🏆🇺🇿
🥇 Turg‘unboyev Azizbek (60 kg) — jahon chempioni 1-o'rin
🥈 Normatov Behruz (42 kg) 2-o'rin🎯
🥈 Raxmanov Abdulloh (45 kg) 2-o'rin
🥉 Toxirov Sarvarbek (52 kg) 3-o'rin

Ular tantanali tarzda e’tirof etilib 🏅, pul mukofati va qimmatbaho sovg‘alar🎁 bilan samimiy olqishlar 👏 ostida taqdirlandilar.

Joriy yilgi chempionat o‘zining keng qamrovi va yuqori darajadagi tashkiliy ishlari bilan ajralib turmoqda 🌍
👥 1000 nafarga yaqin 7 yoshdan 18+ yosh bo‘lgan sportchilar ishtirok etmoqdalar

Sanda yo‘nalishidagi janglar ayniqsa keskin va murosasiz kechmoqda Har bir vazn toifasida (20 kg dan 90+ kg gacha) sportchilar o‘z kuchi, chaqqonligi va taktik mahoratini namoyon etmoqda.

Taolu yo‘nalishi esa 8-maydan boshlanadi 📆 Ushbu yo‘nalish — san’at va sport uyg‘unligi Nafis harakatlar, mukammal texnika va elastiklik orqali sportchilar o‘z mahoratini namoyish etadi ✨

Toshkent yana bir bor yirik sport voqeasiga mezbonlik qilib, mamlakatimizda sportga bo‘lgan e’tibor va e’tirof yuksak darajada ekanini namoyon etmoqda 🇺🇿🔥
Ushbu musobaqa 10-maygacham davom etib 10-may kuni final janglari bo'lib o'tadi.

Telegram | Instagram | Facebook |
❤1
08.05.2026
Обедгача
До обеда
08.05.2026
Обеддан кейин
После обеда
расписание на 09.05.2026
3х4 расм оқ фонда бўлиш керак
👌1
DIQQAT TEZKOR!
Sportchilarga O'qishga imtiyoz berish bo'yicha hujjatlar yig'ish boshlandi.

Ko'pchilikda savol tug'iladi. Imtiyoz qaysi sport turlaridan qanday natijalarga erishgan sportchilar uchun va hakozo...

Ayrim Savollarga asosli javob berib ketamiz.

Savol: Qaysi sport turlaridagi natijalar inobatga olinadi.

Javob: Faqat Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari kiradi.

@ushu_surxon
❤2