SURXON USHU 🗡️&🥊
109 subscribers
4.42K photos
1.87K videos
60 files
408 links
📢 Surxondaryo Ushu federatsiyasi rasmiy kanali

🎎 🇨🇳 USHU - 🇺🇿Jang san'ati.

🇨🇳USHU-🗡️TAOLU- 🇺🇿Yo'lakdagi jang.🗡️(Xitoy gimnas)

🇨🇳USHU-🥊SANDA🤼- 🇺🇿Erkin jang🥊

🏅🤸Salomatlik - eng muhim nemat.🏆

📝✉️sms, telegram uchun📠 +998902466690
Download Telegram
75 kg Erkaklar
❤2🏆1
Erkaklar Daoshu va Gunshu natijalari Osiyo o'yinlari 2026 Aichi Nagoya
Ayollar jiangshu va Qiangshu natijalari
Osiyo o'yinlari 2026 Aichi Nagoya
👍2
Taolu boʻyicha natijalar 12 ta davlat vakillari medal olishdi.

Osiyo o'yinlari 2026 Aichi Nagoya Yaponiya
Sanda yarim final ishtirokchilari davlatlar kesimida
🇺🇿 AICHI–NAGOYA–2026: SAYDULLO ABDURASHIDOV — BRONZA MEDALI SOHIBI! 🥉

O‘zbekiston Ushu terma jamoasi hisobidagi ikkinchi medal! 🇺🇿
Aichi–Nagoya–2026 XX Osiyo o‘yinlari doirasida Ushu sport turi bo‘yicha Sanda dasturining -56 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz Saydullo Abdurashidov munosib natija qayd etdi.

Sportchimiz yarim final bahsida xitoylik raqibiga qarshi kurash olib bordi. Murosasiz kechgan bahs yakunida Saydullo Abdurashidov raqibiga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. 🥉

👏 Shu tariqa, O‘zbekiston Ushu terma jamoasi Aichi–Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida ikkinchi medalini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

🇺🇿 Saydullo Abdurashidovni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
🔥4
Doniyor ham bronza medal sohibi
🔥5
🇺🇿 AICHI–NAGOYA–2026: DONIYOR TURG‘UNBOYEV HAM BRONZA MEDALINI QO‘LGA KIRITDI! 🥉

O‘zbekiston Ushu terma jamoamiz hisobidagi uchinchi medal! 🇺🇿
Aichi–Nagoya–2026 XX Osiyo o‘yinlarida Ushu sport turi bo‘yicha Sanda dasturining -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Doniyor Turg‘unboyev munosib natija qayd etdi.

Sportchimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim final bosqichigacha yetib keldi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda eronlik sportchiga qarshi ringga chiqqan Doniyor Turg‘unboyev murosasiz kurash olib bordi.

Bahs yakuniga ko‘ra, yurtdoshimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 🥉

👏 Shu tariqa, O‘zbekiston Ushu terma jamoamizda Aichi–Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini 3 ta medal bilan yakunladi:

🥈 Darya Latisheva — kumush medal
🥉 Saydullo Abdurashidov — bronza medal
🥉 Doniyor Turg‘unboyev — bronza medal

🇺🇿 Sportchilarimizga ushbu natijalar bilan samimiy muborakbod yo‘llaymiz! Ular Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro sport maydonida baland ko‘tardilar.
👏4🏆1
🇺🇿Осиё ўйинларида ғолиб бўлган спортчиларга бериладиган пул мукофоти миқдори 2,5 баробар оширилди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 7 апрелдаги ПҚ-114-сон қарорига ўзгартиришлар киритилди. Унга кўра, жорий Осиё ва Параосиё ўйинларидан бошлаб, ушбу комплекс мусобақанинг олтин медаль соҳиблари 25 минг, кумуш медаль эгалари 12 минг ва учинчи ўринни қўлга киритган спортчилар 6 минг 250 АҚШ доллари мукофот пулига эга бўлади.

Илгари олтин медаль учун ажратиладиган сумма 10 минг АҚШ долларини ташкил этарди.

Осиё ва Параосиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни тайёрлаган мураббийлар эса қуйидаги миқдорда бир марталик пул мукофоти билан рағбатлантирилади:
олтин медаль учун — 10 000 АҚШ доллари
кумуш медаль учун — 5 000 АҚШ доллари
бронза медаль учун — 2 500 АҚШ доллари

Telegram l YouTube l Instagram
👍1