Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from UNICEF Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇳🇺🇿 “Ishonch 2030” loyihasi doirasida O‘zbekistonning barcha hududlarida 50 ta inklyuziv va raqamli namunaviy maktab tashkil etilmoqda. Ushbu maktablarda moslashuvchan va qo‘llab-quvvatlovchi o‘quv muhitiga mos sinfxonalar hamda STEM innovatsion laboratoriyalar tashkil etilib, zamonaviy raqamli va yordamchi texnologiyalar joriy etilmoqda.

📹 Buxoro viloyati Romitan tumani 1-son maktab o‘quvchisi Alisherning hikoyasi bilan tanishing. Uning onasi farzandining ta’limdagi yutuqlari va inklyuziv ta’lim muhiti Alisherning rivojlanishiga qanday yordam berayotgani haqida so‘zlab beradi.

____


🇺🇳🇺🇿 В рамках проекта «Ишонч 2030» по всей стране создаются 50 инклюзивных и цифровых модельных школ. В этих школах формируются адаптивные и поддерживающие учебные пространства, оснащённые современными классами, а также инновационными STEM-лабораториями, внедряются цифровые и ассистивные технологии.

📹 Познакомьтесь с историей ученика школы №1 Ромитанского района Бухарской области — Алишера. Его мама делится успехами сына в обучении и рассказывает, как инклюзивная образовательная среда способствует его развитию.
#Qabul_2026
#Infografika

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda.


➖ Joriy yilning 20-iyuliga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 600 065 nafar (322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari anʼnaviy tartibda) bola qabul qilindi.

➖ Maʼlumot uchun: 2026-2027-oʻquv yilida yurtimizdagi 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktab (umumiy maktablarning qariyb 60 foizi)da qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

👉 Eslatib oʻtamiz, mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari joriy yil 31-iyulga qadar davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
St. Jude Children’s Research Hospital ekspertlari bilan "Mehrli maktab" loyihasi doirasida O‘zbekistondagi gospital maktablari ta’limini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ta'lim seminarlari yakunlandi.

Xalqaro ekspertlar tibbiyot muassasalarida bolalar erta rivojlanishi, o‘yin va ta’lim faoliyatini tashkil etish borasidagi o‘z tajribalarini, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bemorlarning oilalariga hamrohlik qilishning zamonaviy yondashuvlarini taqdim etdilar.

Seminar jarayonida Mehrli Maktab va St. Jude Children’s Research Hospitalning maktabgacha gospital ta’limining sifatini mustahkamlashga yordam beruvchi professional yondashuvlarni qo‘llashga bag‘ishlangan amaliy keyslari muhokama qilindi.

—

В рамках проекта Mehrli Maktab завершился ряд образовательных семинаров с экспертами St. Jude Children’s Research Hospital, посвящённых вопросам организации образования госпитальных школ Узбекистана.

Международные эксперты представили свой опыт раннего развития детей, организации игровой и образовательной деятельности в медицинских учреждениях, а также современные подходы к сопровождению семей пациентов дошкольного возраста. Госпитальными педагогами Узбекистана была представлена национальная методология по раннему развитию детей Ilk qadam.

В ходе семинара были рассмотрены практические кейсы Mehrli Maktab и St. Jude Children’s Research Hospital по применению профессиональных подходов, способствующих укреплению качества дошкольного госпитального образования.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi davom etmoqda.

🔰 Ushbu loyiha doirasida namanganlik 100 nafar faol o‘quvchilarning Toshkent shahriga ma’rifiy sayohati bo‘lib o‘tdi.


✅ Jarayonlar davomida yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi hamda buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 423-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun "Yosh kimyogarlar" mavzusida qiziqarli va interaktiv mashg‘ulot tashkil etildi.

🫥Mashg‘ulot davomida bolajonlar oddiy va xavfsiz tajribalar orqali kimyo olami bilan tanishdilar. Ranglarning o‘zgarishi, suv va boshqa moddalar bilan o‘tkazilgan qiziqarli tajribalar ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Groupe Hatier International tashkiloti hamkorligida yangi fransuz tili darslik majmualaridan foydalanish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.

➖ Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan seminarda Fransiyaning Didier nashriyoti mutaxassislari tomonidan mamlakatimiz umumtaʼlim maktablaridan jalb etilgan fransuz tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquvlar oʻtkazilmoqda.

➖ Seminarda oʻqituvchilar darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga toʻgʻri integratsiya qilish va xalqaro metodlar asosida fransuz tilini oʻqitish boʻyicha yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.

👉 Mashgʻulotlar joriy yilning 22-iyuliga qadar davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ilk_qadam

📣 Maktabgacha taʼlimning takomillashtirilgan “Ilk qadam” milliy oʻquv dasturi tasdiqlandi

✅ Mazkur muhim dastur bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻrtasidagi uzviylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

➖  Takomillashtirilgan “Ilk qadam” milliy oʻquv dasturi ilgʻor xalqaro tajribalar, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va milliy qadriyatlar uygʻunligida ishlab chiqilgan.

📍 Shu bilan birga, unda bolalarning yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlari hamda ehtiyojlari asosida taʼlim muhiti yaratish va jarayonlarni o'yinga asoslangan holda tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan.

🔰 Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

➖ bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi;
➖ oʻyin asosida taʼlimni tashkil etish;
➖ izlanish va tadqiqotga asoslangan ta'lim-trabiya;
➖ tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish;
➖ inklyuziv taʼlim tamoyillarini keng joriy etish;
➖ umuminsoniy, milliy, shaxsiy, ekologik va taʼlimiy qadriyatlarni bolalar ongiga singdirish;
➖ sogʻlom turmush tarzi va xavfsiz hayot koʻnikmalarini shakllantirish.


⏰ Shuningdek, dastur maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, ijtimoiy-hissiy, bilish jarayonlari hamda ijodiy rivojlanishini, nutq, muloqot, oʻqish va yozish koʻnikmalarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹 Yana bir muhim jihati, ushbu dastur asosida pedagoglar uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar, bolalar uchun didaktik materiallar va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilmoqda.

👉 Mazkur dastur maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, bolalarda XXI asr kompetensiyalarini shakllantirish hamda ularni maktab taʼlimiga puxta tayyorlash uchun mustahkam metodik asos boʻlib xizmat qiladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

✅ "Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz" loyihasi doirasida Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari (100 nafar) Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiya markazi hamda "G‘alaba bog‘i"ga sayohat qilishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

☀️Yoz - o'tmoqda soz!

✅Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 140-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun ijodiy topshiriqlar, harakatli o‘yinlar va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etilib, bolajonlarning yozgi ta’tilni mazmunli va qiziqarli o‘tkazishi ta’minlanmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
#tanlov_asosida_ishga_qabul

📣
Taʼlim tashkilotlari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish sinov spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

✅ Xabaringiz bor, joriy yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizdagi 26 ta tuman va shahardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablari xodimlarini pedagog.uzedu.uz platformasi orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

➖ Mazkur sinov jarayonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

👉 Ma’lumot uchun: tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi dastlab joriy yilning 1-fevralidan boshlab tajriba-sinov tariqasida Buxoro tumanidagi taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyilgan.

Endilikda mazkur yangi tizim Buxoro viloyatidagi barcha tuman va shaharlarda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida 1 tadan tuman shaharlarda joriy etilmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda

✅Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

⏺Maktablarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, sinf xonalari yangi o‘quv yili uchun zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi.

🗣Bundan tashqari, maktablardagi kutubxonalar, sport zallari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) xonalari hamda fan kabinetlari ko‘zdan kechirilib, ularni belgilangan talablar asosida jihozlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Qashqadaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

📣 Hurmatli ota-onalar!


✅ 2026–2027-oʻquv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari joriy yilning 23–24-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Imtihon jarayonlari:

🔹aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha — 23-iyul kuni soat 08:00 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasi, 57-uy manzilida;

🔹 ingliz tili boʻyicha
(2-bosqich) — 24-iyul kuni soat 7:00 da Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi binosida (3 smenada: soat 7:00, soat 10:30, soat 14:00 da) tashkil etiladi.

👉 Eslatma: kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasi orqali yuklab olish mumkin.

➖ nomzod oʻquvchilar imtihon oʻtkaziladigan manzilga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari shart.

➖
IELTS sertifikati (Overall 7.0, Writing 6.0) va undan yuqori natijaga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tili kirish imtihonidan ozod etiladi hamda ushbu fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bu haqida nomzodlar shaxsiy kabinetlari orqali xabardor qilinadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM