1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”, “Birinchi qo’ng‘iroq” va “Kelajak soatlari”ga munosib tayyorgarlik ko’rish — navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
📊 Ta’kidlash joizki, joriy yilda 795 ming nafardan ortiq o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilinmoqda. Ularga 12 xil nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshiriladi.
🔰 Shuningdek, yig‘ilish davomida o‘zbek tilini rivojlantirish va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar to‘g‘risida so‘z bordi.
Bundan tashqari, vazirlik tizimidagi kutubxonalar faoliyati, ularning holati haqida mas’ullar axboroti tinglandi.
🌐 Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish va natijadorlik bo‘yicha muntazam hisobot berib borish topshirildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligi Tayanch ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i Abubekir Siddiq Savashchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik aloqalari ta’lim sohasida ham izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.
🔰 Xususan, yaqinda tasdiqlangan ta’lim sohasidagi hukumatlararo bitim ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: Amerikadagi 500 vatandoshdan Prezidentga maktub keldi
AQSH va Kanadada yashayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganini alohida e’tirof etdi.
Murojaatda so‘nggi yillarda davlatning ochiqligi, xorijdagi vatandoshlar bilan munosabat mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, ular bilan muloqot qilish, fikrini eshitish va Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etilgan.
🇺🇸🇺🇿 Ayniqsa, O‘zbekiston va AQSH munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani vatandoshlarda katta umid uyg‘otayotgani ta’kidlangan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSH hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirgan.
Vatandoshlar amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanga olib borish, ta’limiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.
Murojaatda yana bir muhim fikr alohida urg‘ulangan:
Maktub yakunida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevni va O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakat tinchligi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarga muvaffaqiyat tilagan.
Murojaat “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi Ozod Soliyev, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Malakov va Muhabbat Shamayeva, Vatan Filadelfiya jamiyati raisi Saidullo Ahmedov, Vatan Nyu-York jamiyati raisi Baxtiyor Qodirov hamda Amerikada yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan yo‘llangan.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

“Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta mas’uliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka yetkazishimiz kerak”, — deyiladi murojaatda.
Vatandoshlar amerikalik tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yangi texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanga olib borish, ta’limiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.
Murojaatda yana bir muhim fikr alohida urg‘ulangan:
🔷“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz. O‘zbekistonning yutug‘i — bizning yutug‘imiz. O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo maydonida baland ko‘tarilishi — har bir vatandoshimiz uchun faxr va iftixordir”.
Maktub yakunida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevni va O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mamlakat tinchligi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarga muvaffaqiyat tilagan.
Murojaat “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi Ozod Soliyev, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Malakov va Muhabbat Shamayeva, Vatan Filadelfiya jamiyati raisi Saidullo Ahmedov, Vatan Nyu-York jamiyati raisi Baxtiyor Qodirov hamda Amerikada yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan yo‘llangan.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
✅ Hukumatning tegishli Qaroriga asosan, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) to'g'ridan-to'g'ri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berish amaliyoti joriy qilindi.
🔹Pedagog.uzedu.uz platformasida Profilingizga kiring.
🔹"Murojaatlarim" bo‘limini oching.
🔹To‘g‘ridan-to‘g‘ri turni tanlang.
🔹Kerakli formalarni to‘ldiring.
🔹Oxirgi formadan imtiyoz tanlash qismida "Imtiyozli bakalavr diplomi" ni tanlang.
🔹Yuborish tugmasinini bosing.
🔰 Shuningdek, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi)” berish imtiyozini qo'shish bo'yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
Yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
👉 MAKTABLAR RO‘YXATI
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kelajak soati": takomillashtirilgan dastur yuzasidan oʻquv trening boʻlib oʻtdi
✅ Bugun poytaxtimizda yangi oʻquv yilida taʻlim tashkilotlarida takomillashtirilgan “Kelajak soati” dasturini masʻullarga yetkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Eʻzoza Karimova ochib berdi va yangi oʻquv yilidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida soʻz yuritdi.
📊Gibrid shaklda tashkil etilgan mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari hamda 10 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari ishtirok etdi.
➖ Taʻkidlash joiz, “Kelajak soati” m ashgʻulotlarini takomillashtirish maqsadida maxsus tadqiqot va tahlil amalga oshirilgan bo'lib, soʻrovda 5–11-sinflarda tahsil olayotgan 159 697 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
🔰 Unda oʻquvchilarda eng yuqori qiziqish milliy madaniyat (83,2%), oilaviy qadriyatlar (82,7%) va huquqiy bilimlarga (81,2%) toʻgʻri kelishini koʻrsatgan. Shu bilan birga, volontyorlik (56,9%), ekologik masʼuliyat (59,6%) va tanqidiy fikrlash (60%) kabi yoʻnalishlarni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.
🌐 Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan tezislar, taqdimotlar va boshqa oʻquv materiallari koʻrib chiqilib, ularni yagona mazmuniy va metodik talablar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar shakllantirildi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM