Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovaning yoshlar bilan oʻtkazayotgan muloqot tadbirlari davom etmoqda.


➖ Bugun poytaxtimizdagi 300-umumtaʼlim maktabi oʻquvchi yoshlari ishtirokida tashkil etilgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi ham qizgʻin muhokamalarga boy oʻtdi.

🔹 Vazir oʻquvchi yoshlar tomonidan bildirilgan:

➖ maktab kutubxonasi fondini yanada boyitish hamda ta’lim maskani oshxonasini “book kafe” shaklida qayta jihozlash;

➖ maktablarda “Bitiruvchilar bogʻi”ni tashkil etish anʼanasini yoʻlga qoʻyish;

➖ yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va “Media studiya”lar tashkil etish;

➖ xorijiy tillarni oʻrganishga harakat qilayotgan oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi qator taklif va mulohazalarini yuqori baholadi.


👉 Shuningdek, mazkur takliflarni tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklar bilan oʻrganish va amaliyotga joriy etish boʻyicha masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hoshimjon, Saida, Feride – E’zoza Karimovaning sevimli adabiy qahramonlari

Kutib oling, Kelajak soatida yana bir yangi rukn – “Men sevgan adabiy qahramon”. Unda taniqli olim, ziyoli, rahbar va faol jamoatchilik vakillari ishtirok etadi. Ular sizga oʻzi oʻqigan kitoblar orasida eng sevimli qahramonlari haqida gapirib beradi.

Chorlovni maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshlab bermoqda. Vazir sevib mutolaa qilgan asarlarini yodga olar ekan Hoshimjon, Saida, Feride obrazlarini alohida sanab oʻtdi.

Siz-chi? Sizning eng sevimli adabiy qahramoningiz kim? Va chorlovimizda yana kimlar chiqishini xohlaysiz? Fikrlaringizni yozing!

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Kelajak soati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIRLS_2026
#oʻquvchi_fikri

✅ Yurtimizda PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari davom etmoqda.

➖ Tadqiqotning navbatdagi manzili — Xorazm viloyati bo‘ldi.

Unda viloyatning 9 ta maktabidan 286 nafar o‘quvchi, ularning ota-onalari hamda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari va 9 nafar maktab direktorlari ishtirok etdi.


🔰 Eslatib o‘tamiz, ushbu tadqiqot orqali o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalari, matnni anglash darajasi hamda ta’lim sifati xalqaro mezonlar asosida tahlil qilinadi.

Jarayonlar haqida ishtirokchi o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishishdi.


🌐 Batafsil videolavhada.


Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Hududiy pedagogik mahorat markazlari delegatsiyasi EURIE 2026 sammitida ishtirok etdi


✅ Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan nufuzli xalqaro anjuman — Eurasian Higher Education Summit (EURIE 2026)da hududiy pedagogik mahorat markazlari delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Ushbu sammitda ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.


🌐Delegatsiya tomonidan qator hamkorlik uchrashuvlari ham o‘tkazilib, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish hamda ilmiy-metodik faoliyatni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📊 Ma'lumot o'rnida: mazkur nufuzli tadbirda dunyoning 60 dan ortiq davlatidan minglab ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglar va ekspertlar qatnashdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

Umumta’lim hamda nodavlat maktablar rahbariyati diqqatiga!


➖ Ma’lumki, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.

Shu sababli o‘quvchilarning Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablariga kirishlari uchun hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida:

✅ davlat va nodavlat umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilarining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlari, xususan:

➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
➖ familiyasi, ismi, sharifi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan bir xil ekanligi;
➖tug‘ilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada ko‘rsatilgan sanaga mos kelishini tahlil qilishingiz so‘raladi.

🌐 Shuningdek, o‘quvchilarning amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida to‘g‘ri kiritilganligini ko‘rib chiqish talab etiladi.

Hurmatli ota-onalar!


✅ Maktab ma’muriyati orqali farzandingiz haqidagi ma’lumotlar elektron bazaga to‘g‘ri kiritilganligini aniqlashtirishingiz tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_maktab

Zamonaviy taʼlim va xavfsizlik ustuvorligi: poytaxt taʼlim muassasalarida xavfsiz muhit yaratish, qoʻriqlash tizimini kuchaytirish va favqulodda holatlarga tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha amaliy choralar

✅ Davlatimiz rahbarining “Xavfsiz maktab” tizimini joriy etish boʻyicha topshiriqlarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi boʻyicha Toshkent shahrida muhim yigʻilish tashkil etildi.

🔰 Tadbirda Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, Toshkent shahri taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.


Unda taʼlim muassasalarida xavfsizlikni kuchaytirish, oʻquvchilar va oʻqituvchilarning favqulodda vaziyatlarda hayoti va sogʻligʻini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

➖ Ma'lumot oʻrnida: hozirgi kunda poytaxtimizda 326 ta davlat maktablarining barchasida xavfsizlik tizimlari kuchaytirilib, bosqichma-bosqich qoʻriqlash tizimiga olinmoqda.

🔹 Shu bilan birga yuzdan ortiq xususiy maktablar va yana koʻplab oʻquv markazlaridagi mavjud xavfsizlik tizimlari tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha aniq ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM