Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#matbuot_anjumani

✅ 2017-yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi jami pedagog kadrlar soni 58 400 nafar (oliy maʼlumotlilar 12 600 ming nafar yoki 21,6 foiz)ni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi jami pedagoglar soni 179 507 nafar (oliy maʼlumotli pedagoglar 69,8 ming nafar yoki 38,9 foiz)ni tashkil etmoqda.


Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi tegishli Farmoni bilan, 2026-2027 oʻquv yilidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim (5+1 shaklda) asosida maktabgacha taʼlim yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

➖ 2020-yildan buyon sohaga nodavlat sektorni keng jalb qilinishi natijasida bugungi kunda 29 196 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 440 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 750 ta xususiy maktab tashkil etildi.

Xususan, 2025-yilda 1 187 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilgan hamda 25 mingdan ortiq nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga davlat byudjetidan 3,9 trln soʻm subsidiya toʻlab berilgan.

➖ Joriy yilda ham ushbu tashkilotlarni subsidiya bilan taʼminlash uchun jami 4,7 trln soʻm (har oyda oʻrtacha 330 mlrd soʻm) mablagʻ ajratilgan boʻlib, bunda yil yakuniga qadar asosan kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan hamda qamrov darajasi past boʻlgan joylarda 2 mingdan ortiq oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Soʻnggi uch yilda 1-6-sinflar uchun 226 nomdagi 118,8 mln. nusxa darslik va mashq daftarlari xorijiy tajribalar asosida yangidan yaratildi.


Shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyaning tegishli nashriyotlari tomonidan chop etilgan matematika, tabiiy fanlar, ingliz tili, nemis tili va fransuz tili darslik majmualari mahalliylashtirildi va (2022-2025-yillarda 68,8 mln. nusxa) chop etilib maktablarga yetkazildi.

Xalqaro standartlarga javob beradigan yangi darsliklarni yaratish hamda xorijiy nashriyotlarning darsliklarini mahalliylashtirish ishlari 2026-yilda ham davom ettirilib, 583 nomdagi 96,8 mln. nusxa darslik majmualarini chop etish reja qilingan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Mamlakatimizdagi 883 maktabda 1 443 nafar xorijiy til egalari oʻquvchilarga tahsil berib kelmoqda.


Buning natijasida oʻtgan yillar davomida oʻquvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi sezilarli oʻsdi, xususan til bilish sertifikatiga ega maktab oʻquvchilari soni 2026-yilda 40 566 nafarni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2021-yilga (10 960 nafar) nisbatan 3,7 barobarga oʻsdi.

2023–2024-oʻquv yilidan boshlab maktablarda ikkita xorijiy tilga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, bugungi kunda bunday turdagi maktablar soni 420 taga yetkazildi. Ikkinchi xorijiy til sifatida tanlangan – ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari boʻyicha oʻquv dasturlari yaratildi.

Maktablarda chet tili fanini oʻqitish sifatini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ilgʻor tajribadan kelib chiqib, oʻquvchilarning chet tili fanini oʻzlashtirish darajasi asosida 3 ta guruhga (yaxshi, oʻrta va past) boʻlib oʻqitish belgilab olindi. Aniq yoʻnalishlarni belgilab olish maqsadida 326 ta maktabning 38 ming nafar 11-sinf oʻquvchilarining xorijiy tilni bilish darajasini baholovchi testlari (MOK) oʻtkazildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Oʻquvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etildi. Joriy yilda 1 093 647 nafar 9-11-sinf bitiruvchilariga elektron shahodatnoma beriladi.


Bundan tashqari, oʻquvchilar bilimini shaffof baholash maqsadida 3 434 ta maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi. Ushbu tizimdan kutilayotgan natija, subyektiv yondashuvlarni kamaytirish hamda oʻquvchi bilimining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilishdan iborat.

Shu jihatdan, oʻquv yili boshidan har chorakda baholash natijalarini muntazam tahlil qilib boryapmiz.

Tahlillarga koʻra, III chorak yakuni boʻyicha baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning summativ baholash sinovlarida oʻzlashtirish koʻrsatkichi 79,8 foizni tashkil etdi (2-chorakda 76,9 foiz).


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Pedagoglar uchun besh yilda bir marotaba 100 soatlik ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari, maktab direktori va direktorlikka nomzodlar uchun 144 soatlik “Menejerlik oʻquv kurslari” joriy qilindi.


Bundan asosiy maqsad, zamonaviy rahbar kadrlarni tayyorlash, bugungi kun talablariga javob beradigan Milliy rahbar kadrlar zaxirasini yaratishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, tizim joriy qilingandan (2024-yil fevral oyidan) bugungi kunga qadar jami 3 785 nafar direktor va 4 524 nafar direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida oʻqitilgan boʻlib, shundan direktorlarning 53 foizi (2 002 nafar) hamda direktorlikka nomzodlarning 57 foizi (2 593 nafar) sertifikatlarga ega boʻldi.

Direktor lavozimiga tayinlangan nomzodlarning kelgusi karyera yoʻlini belgilab beradigan, tizimda karyerani davom ettirish, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari lavozimigacha yetkazishni nazarda tutadigan tizim yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” tadbirlari yoʻlga qoʻyildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maktab va bogʻchalarda “Taʼlim barcha uchun” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim yoʻlga qoʻyildi.


Bugungi kunda inklyuziv taʼlim sinflari tashkil etilgan maktablar soni 2 023 ta, qamrab olingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar soni 4 509 nafar, inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan bogʻchalar soni 208 ta, jalb etilgan bolalar soni 1 234 nafarni tashkil etmoqda.

Inklyuziv taʼlim joriy etilgan taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan bolalarning mustaqil harakatlanishlari uchun davlat byudjeti, xalqaro loyihalar hamda homiylik mablagʻlari hisobidan respublikadagi har bir 208 ta tuman (shahar) larda namunaviy shaklda “toʻsiqsiz muhit” yaratildi va bu jarayon doimiy davom ettirilmoqda.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda kasalligi tufayli uyda taʼlim olayotgan 14 568 nafar oʻquvchilarimizning 30 foizi (4370 nafari) ni umumtaʼlim maktablariga yoʻnaltirishni rejalashtirilgan.

Shuningdek, onkologik, gematologik kasalligi bilan davolanayotgan bolajonlarimizning davolanish davomida taʼlimdan uzilib qolmasliklari uchun “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar “Mehrli maktab”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Fargʻona (2023-yil), Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent shahar (2024-yil) hamda Surxondaryo, Xorazm viloyatlari (2025-yil) filiallari tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Soʻnggi 6 yilda 70 tadan ortiq nufuzli, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda ishtirok etgan oʻquvchilarimiz tomonidan 276 ta (44 ta oltin, 80 ta kumush, 152 ta bronza) medal (joriy yilning I choragi davomida xalqaro, mintaqaviy va nufuzli fan olimpiadalarida 27 ta medal (5 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) qoʻlga kiritildi.


2022-yilda Oʻzbekiston mezbonligida 56-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi oʻtkazildi. Olimpiadada 16 ta davlatdan 100 nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar ishtirok etgan hamda oʻzbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 10 ta (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medal qoʻlga kiritilgan.

2025-yilda Oʻzbekiston mezbonligida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika, shuningdek, Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi oʻtkazilib, unda 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

IT-taʼlimiga eʼtibor berilishi natijasida 2025-yil Oʻzbekiston oʻquvchilari tarixda ilk bora nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, joriy yilda, Markaziy Osiyoda ilk bor 2 ta nufuzli xalqaro olimpiadasi, xususan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (10-19-iyul kunlari) hamda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (9-16-avgust kunlari) Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ayni vaqtda xorijiy mamlakatlar ishtirokida qiymati 400 mln AQSH dollaridan ortiq 17 ta investitsiya loyihalari amalga oshirib kelinmoqda
(davlat kafolatidagi 4 ta (254 mln AQSH dollari), 13 ta grant loyihalari (146 mln AQSH dollari).

Xususan, Saudiya Arabistoni bilan 211 mln dollar (3 ta loyiha), AQSH bilan 94 mln dollar (3 ta loyiha), Koreya Respublikasi bilan 45 mln dollar (2 ta loyiha), Xitoy Xalq Respublikasi bilan 20 mln dollar (3 ta loyiha), Yaponiya bilan 7 mln dollar (1 ta loyiha), Hindiston bilan 1 mln dollar (1 ta loyiha) Ozarbayjon bilan 600 ming dollar (1 ta loyiha) Shveysariya (“Ishonch” jamgʻarmasi) bilan 43,5 mln dollar (1 ta loyiha) qiymatiga ega loyihalar ustida hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar 1 500 dan ortiq nodavlat bogʻcha, 49 ta Ilk rivojlanish markazi, 485 ta bir yillik majburiy tayyorlov guruhi hamda “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilishini rejalashtirilgan.


Shuningdek, Gyote-Instituti bilan hamkorlikda “InfoCheck Central Asia” loyihasi hamda Oʻzbekistonda ilk bor 58-xalqaro Kimyo hamda 38-xalqaro Informatika olimpiadalari oʻtkazilishi belgilangan.

👉 Tadbir davomida OAV vakillari va ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga vazirlik masʼullari tomonidan batafsil javob berib o‘tildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM