Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#AIBO_2026
#Opening_ceremony

AIBO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi


📕Bugun gullar shahri, betakror Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Namangan viloyat Hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘rabek Shermatov ishtirok etdi.


➖ Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada biologiya fanidan tashkil etilmoqda.

📢Olimpiadaga dunyoning 12 ta mamlakati — Turkiya, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston, Belarus, Rossiya, Malayziya, Tailand, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda Oʻzbekiston vakillaridan iborat jami 94 oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi.

❗️ Olimpiada bahslari 22-24-aprel kunlari 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi.

📕 Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga Belarus, Turkiya, Ozarbayjon va Rossiya davlatlaridan yuqori malakali xorijiy ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan.

👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Fan olimpiadalari markazi

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori doktor Tedros Adxanom Gebreyesus Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.

Mehmonlarga JSST ko‘magida bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, bemorlarni yo‘naltirishning raqamli tizimini joriy etish, mintaqaviy infratuzilmani mustahkamlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy etish platformasi sifatida Xalqaro akademik xabni rivojlantirish natijalari haqida ma’lumot berildi.

Tashrif doirasida "Mehrli maktab" gospital maktabi o‘quvchilari Ziroat Mirziyoyeva va Tedros Adxanom Gebreyesusni iliq tabassum bilan kutib oldi, pedagoglar esa uzoq muddat davolanayotgan bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va pedagogik hamrohlik qilish ishlari bilan tanishtirdi.

—

Председатель Попечительского совета Фонда Zamin Зироат Мирзиёева и Генеральный директор Всемирной организации здравоохранения доктор Тедрос Адханом Гебрейесус посетили Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр детской онкологии, гематологии и иммунологии.

Гостям были представлены результаты работы, проводимой в рамках национальной стратегии по развитию службы детского рака при поддержке ВОЗ, включая внедрение цифровой системы маршрутизации пациента, укрепление региональной инфраструктуры, а также развитие Международного академического хаба как платформы для подготовки кадров, научных исследований и внедрения инноваций.

В рамках визита ученики госпитальной школы Mehrli Maktab с тёплыми улыбками встретили Зироат Мирзиёеву и Тедроса Адханома Гебрейесуса, а педагоги ознакомили с социально-психологической поддержкой и педагогическим сопровождением детей, находящихся на длительном лечении.

#WHO #Zamin #MehrliMaskan #OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Ayni damda malaka toifa sinovlari davom etmoqda

🌐 Bugun Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) va O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

YUQORI NATIJA QAYD ETGAN USTOZLAR:


➖Qoraqalpog'iston Respublikasi
➖Samarqand viloyati
➖Navoiy viloyati
➖ Buxoro viloyati
➖ Farg'ona viloyati
➖ Toshkent viloyati
➖ Sirdaryo viloyati

➖ Toshkent shahri
➖ Surxondaryo viloyati
______

🔰 Videolavhada: Buxoro shahridagi 4-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Yulduz Mirzoyeva — 100 ball.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Harbiy_sport_musobaqasi

“Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi doirasida qizg'in bahslar boshlandi

Bugun ishtirokchilar turnikda tortilish, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, yagona toʻsiqlar yoʻlagida bajariladigan umumiy nazorat mashqi (OKU), jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi shartlarni bajarishdi.


➖ Eslatib o‘tamiz, tadbirda 7 ta davlatdan jami 100 nafardan ortiq yoshlar kuch sinashmoqda.

🔰 Ilk bora tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada

✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining tantanali ochilish marosimidan videolavha.


⏰ Eslatib o‘tamiz, olimpiada jarayonlari 27-aprelga qadar davom etadi. Unda 13 ta davlatdan 94 nafar iqtidorli o‘quvchilari bellashadi.

Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM