Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅
#Kelajak_markazlari

🔴 Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimovaning Buxorodagi uchrashuvlari davom etmoqda.


Bugun vazir Buxoro viloyat “Kelajak” markazi faoliyati bilan tanishdi. Jarayonlar davomida markazda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar, Robototexnika va yangi tashkil etilayotgan podkast xonalarini ko‘zdan kechirdi, pedagoglar va o‘quvchilar bilan muloqot qildi.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: ayni vaqtda ushbu Markazda 38 ta to‘garak mavjud bo‘lib, unda 898 nafar yoshlar yangi bilimlarni egallashmoqda.

Shundan so‘ng tuman va shahar “ Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashib, bugungi kunda “Kelajak” markazlari oldida turgan muhim vazifalari haqida so‘z yuritdi va kelgusi rejalar belgilab olindi.


🔰 Shu kuni vazir E‘zoza Karimova viloyat “Kelajak” markazi filialida ham bo‘lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi hamda to‘garaklar faoliyatini kuzatdi.

➖ Shuningdek, Bolalar sayyohlik markazi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Vazir ushbu loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi hamda mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат_эълон
#kasbiy_sertifikatlash

📣
Joriy yilning 13-may kuni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi

✅ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda tashkil etiladi.

➖ Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.


➖ Kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_til_tanlovi

✅ Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqich sinovlari tashkil etildi.


➖ Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 208 ta maktab va 1 040 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

➖ Jarayonlarda ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), oʻqish (reading) yozish (writing) koʻnikmalari va leksik-grammatikaga doir bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi
🔹Andijon viloyati
🔹Buxoro viloyati
🔹Jizzax viloyati
🔹Qashqadaryo viloyati
🔹
Navoiy viloyati
🔹
Namangan viloyati
🔹
Samarqand viloyati
🔹
Surxondaryo viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹
Toshkent viloyati
🔹
Farg'ona viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹
Toshkent shahri

👉 Maʼlumot uchun: tanlovning tuman (shahar) bosqichida jami 43 605 nafar 8 721 ta maktab) oʻquvchi ishtirok etgan boʻlib, ularning 42 055 nafari ingliz, 880 nafari nemis, 670 nafari fransuz tilidan qatnashgan.

Tanlovning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalar:

➡️ 1-oʻrin uchun – 250 mln soʻm;
➡️ 2-oʻrin uchun – 200 mln soʻm;
➡️ 3-oʻrin uchun – 150 mln soʻm miqdorida pul mukofotini qoʻlga kiritadi.


👉 Foto: Toshkent shahrida oʻtkazilgan tanlov jarayonlaridan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

✅ Bugun Buxoro shahridagi 43-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.

🔴 Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar hamda tadbirkorlar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.


Jarayonlar davomida:

➖ davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish;
➖mehnat munosabatlari va kasbiy faoliyatga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

🌐 Bildirilayotgan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida vazirlik mutasaddilari hamda hududiy rahbarlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, amaliy yechimlar topdi.


⏰ Bu haqida masalasi ijobiy hal etilgan murojaatchilar o‘z fikrlarini ham bildirishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Buxoro

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Buxoro shahri, Bahovuddin Naqshband MFYda qurilayotgan yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti loyihasi bilan tanishdi
.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullar axboroti eshitildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan o‘ziga xos bir qator tashabbuslar taqdimot qilindi.

➖ Ma‘lumot o‘rnida: 270 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu MTT Investitsiya dasturi asosida joriy yilda qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM