#Vazir_kubogi
✅ Xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining hududiy bosqichlariga start berildi.
💠 Jumladan, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan viloyat bosqichlarida jamoalar yuqori sport mahorati va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdi.
➡️ Musobaqa davomida faol ishtirok etgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🥇 Murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalarda Farg‘ona viloyatidan Bag‘dod tumanidagi 15-maktab jamoasi g‘olib bo’lgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida Qarshi tumani pedagoglari faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr
“Temur tuzuklari” asari ilk marta belarus tilida nashr etildi
✅ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan Innovatsion pedagogika qoʻshma taʼlim oliy maktabi tashabbusi bilan Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari belarus tiliga tarjima qilindi hamda “Улаженне Цямура” nomi ostida nashr etildi.
➖ “Amir Temur oyligi” doirasida nashr etilgan ushbu asar belarusiyalik kitobxonlar uchun Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi, tabiiy.
➖ Shuningdek, ushbu nashr ikki xalq oʻrtasida maʼnaviy yaqinlikni yanada mustahkamlash, tarixiy merosimizni kengroq targʻib etishga xizmat qiladi.
👉 Maʼlumot uchun: mazkur tashabbus doirasida “Temur tuzuklari” asarini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish rejalashtirilgan.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
“Temur tuzuklari” asari ilk marta belarus tilida nashr etildi
✅ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti va Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan Innovatsion pedagogika qoʻshma taʼlim oliy maktabi tashabbusi bilan Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari belarus tiliga tarjima qilindi hamda “Улаженне Цямура” nomi ostida nashr etildi.
➖ “Amir Temur oyligi” doirasida nashr etilgan ushbu asar belarusiyalik kitobxonlar uchun Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi, tabiiy.
👉 Maʼlumot uchun: mazkur tashabbus doirasida “Temur tuzuklari” asarini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarlari Temur Komilov va Farhod Boqiyev ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining taʼlim tashkilotlariga xavfsiz kelib ketishini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
➖ Yigʻilishda qayd etilganidek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining yoʻllarda xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
🔹 Xususan, tarbiyalanuvchilar uchun “Yoʻl harakati qoidalari” taʼlim oʻyini va yoʻl harakati qoidalariga oid targʻibot materiallari ishlab chiqilgan va joylardagi barcha taʼlim maskanlariga yetkazilgan.
👉 Tadbirda bolalarning taʼlim muassasalariga kelib ketish jarayonida noxush holatlarga duch kelmaslik va bunda belgilangan tartib va qoidalarga doimiy amal qilib borish boʻyicha hududiy masʼullar oldiga zarur vazifalar belgilab berildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Eʻzoza Karimova rahbarligidagi delegatsiya vakillarining Xitoy Xalq Respublikasidagi uchrashuvlari davom etmoqda.
Tashrifning uchinchi kuni Shanxay shahrida soha istiqbolini belgilovchi strategik kelishuvlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan muloqotlarga boy bo‘ldi.
🔹 Xususan, YUNESKOning II toifali “O‘qituvchilar taʼlimi markazi” (TEC) bosh direktori Chjan Minxsyuan bilan muloqot bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent shahrida YUNESKO shafeligi ostidagi II-toifali “Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolashga va poytaxtimizda pedagoglarning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi “Pedagog maqomini yuksaltirish qo‘shma markazi” tashkil etilishi bo‘yicha kelishib olishdi.
Eng muhim yangiliklardan biri — 2026-yil sentabr oyidan boshlab o‘qituvchi va talabalar uchun qisqa muddatli xalqaro almashinuv dasturlarining yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. Bu tizim kadrlarimizning xalqaro tajriba almashish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔰 Tashrif doirasida Shanxay pedagogika universiteti va Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan sunʼiy intellekt hamda xitoy tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish belgilandi.
Shuningdek, “O‘zbek-Xitoy pedagogik oliy taʼlim muassasalari” alyansining tashkil etilishi ikki mamlakat ta’lim tizimlarini o‘zaro yaqinlashtiruvchi poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM