Ta’lim24.uz
101K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Hududlarga safarlarimiz – Prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga qaratilgan e’tibordir. Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli, ularni zudlik bilan ta’mirlash talab etiladi. Bu bolalarimizning kelajagi uchun zarur.

1977-yilda ochilgan 21-sonli bolalar bog‘chasi qaytadan quriladi, 46 ming nafar odamga xizmat ko‘rsatadigan 9-sonli poliklinika uchun esa yangi bino barpo etiladi. Hozirda mazkur muassasa 1972-yilda qurilgan, tibbiy standartlarga javob bermaydigan binoda – kam ta’minlangan fuqarolar uchun mo‘ljallangan yotoqxonada joylashgan. Ushbu bino ham to‘liq ta’mirlanadi va u yerda yashovchilarning sharoitlari yaxshilanadi.

Bundan tashqari, ikki yil ichida viloyatning chekka tumanlarida joylashgan yana 36 ta poliklinikani rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

—

Наши поездки — это строгий контроль поручений Президента и внимание к каждой местной проблеме. В Бухаре мы осмотрели детсады и поликлиники, чьё плачевное состояние требует срочного ремонта ради будущего детей.

Будет заново отстроен детский сад № 21, открытый в 1977 году, а для поликлиники № 9, обслуживающей 46 тысяч человек, планируется возвести новое здание. Сейчас она расположена в старой постройке 1972 года, которая не соответствует медицинским стандартам. К тому же в ней находится общежитие для малообеспеченных семей. Сама постройка будет полностью отремонтирована, и жилищные условия для проживающих улучшены.

Также в ближайшие два года намечена реконструкция ещё 36 поликлиник в отдалённых районах области.
✅✅✅✅
#2_kun

✅ “Yangi O‘zbekiston — yangicha ta’lim” mavzusidagi Respublika seminari ishtirokchilari Quva tuman 1-son texnikumi va 5-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab 1-son texnikumida yoshlarning turli kasb oʻrganishlari va oʻz qiziqishlariga mos ravishda hunar egallashlari uchun yoʻlga qoʻyilgan tizimli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


➖ Shundan so’ng, Quva tumani 5-maktab faoliyatiga bag’ishlangan amaliy tur bo’lib o‘tdi.

⏰ Mazkur maktabda “Yapon tajribasi” joriy etilgan bo’lib, unda o‘quvchilarni bolalikdan e’tiboran hayotga tayyorlash maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida:
ayni damda Farg’onada jami 39 ta maktabda mazkur tajriba yo’lga qo‘yilgan.


🔹 Tadbir davomida, xususan, dars jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, robototexnika xonalari hamda maktab maslahatchilari faoliyati namoyish qilindi.

🌐 Shuningdek, “Yapon tajribasi”dan ko‘zlangan maqsad, ushbu loyihaning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi

✅Pedagog ayol-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining hududiy bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda.

📍Buxoro viloyatida o‘tgan murosasiz bahslar yakunida Kogon tumanidagi 3-maktab jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

📍Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan musobaqalarda ham tuman va shahar jamoalari o‘rtasida qiziqarli va shiddatli bahslar bo‘lib o‘tdi. Yakunda Termiz shahridagi 9-maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

📍Toshkent viloyati bosqichida 22 ta tuman va shahardan saralangan jamoalar o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijaga ko‘ra, Parkent tumanidagi 58-maktab jamoasi g‘olib, deb topildi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM