Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Inson uchun
📚 Har bir bola maktabga ishonch bilan borishga haqli!

⭐️ Keling, birgalikda ko‘proq bolalarning maktab sari ishonch bilan qadam tashlashiga yordam beraylik!

Instagram | Facebook | YouTube | Telegram | insonuchun.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sohaga_doir_hujjatlar

📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi


✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;

➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;

➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.

➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi;

➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;

👉 2026-yildan boshlab:

➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi.

👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:

➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.

❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.


👉 Qarorning toʻliq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#videolavha

✅ “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich test sinovlari bugun barcha hududlar, xususan Toshkent shahrida ham yuqori va bayramona kayfiyatda oʻtkazildi.


➖ Ishtirokchi ustozlarning oʻzaro doʻstona muloqotlari hamda sinov jarayonlari haqidagi samimiy fikrlari mazkur tanlovning pedagoglar kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahamiyat kasb etganligini koʻrsatib turibdi.

👉 Videolavhada Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev hamda poytaxtimiz ta’lim muassasalari pedagoglarining fikrlari oʻrin olgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, sohaga salohiyatli va malakali kadrlarni saralab olish yuzasidan seminar bo’lib o‘tdi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, mas’ul tarkibiy bo'linma boshliqlari, barcha hududiy bo‘linmalarning Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

🔰 Seminar davomida kadrlar ishini yuritishda hrm.gov.uz elektron platformasidan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.

➖ Shuningdek, tizimda boshqaruv samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish maqsadida qator amaliy takliflar bildirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Endilikda Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida 1246 qisqa raqami orqali xabar berish mumkin.

➖Agar siz:
➡️bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zoʻravonlik;
➡️beparvolik yoki shafqatsiz munosabat;
➡️bolaning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi holatlarga guvoh boʻlsangiz, 1246 qisqa raqamli call-markazga qoʻngʻiroq qiling.

❗️Murojaat qilgan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

⏰Hozirda 1246 qisqa raqamli Call-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.

➡️Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan pedagoglar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 1 yil davomida ishlay olmasligi haqida xabar bergan edik.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Maktabgacha ta’lim tizimida takomillashtirilgan “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi tasdiqlandi

➖ “Ilk qadam” dasturi ilg‘or xalqaro tajribalar, zamonaviy ilm-fan va milliy qadriyatlarimiz uyg‘unligida yaratildi. Eng asosiysi — endi ta’lim jarayoni butunlay bolaning qiziqishi, yoshi va ehtiyojlariga moslashgan holda, o‘yin orqali tashkil etiladi.

🌟 Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlari:
👦 Bolaga yo‘naltirilgan ta’lim: Mashg‘ulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri izlanish, tadqiqot va o‘yinlarga asoslanadi;
🧠 XXI asr ko‘nikmalari: Bolalarda tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik rivojlantiriladi;
👥 Inklyuzivlik: Barcha bolalar uchun teng va qulay ta’lim muhiti yaratiladi;
🌱 Qadriyatlar va ekologiya: Umuminsoniy va milliy qadriyatlar, shuningdek, tabiatga mehr uyg‘otiladi;
🛡 Xavfsizlik: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsiz hayot qoidalari o‘rgatiladi.


📝Shuningdek, pedagoglar uchun yangi metodik qo‘llanmalar, bolajonlar uchun qiziqarli didaktik materiallar hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha maxsus tavsiyalar ham ishlab chiqilmoqda.

📌 “Ilk qadam” — farzandingizning sifatli ta'lim olishi uchun mustahkam metodik asos.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_oʻqituvchisi
#ishtirokchilar_fikri

✅ Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 29-umumtaʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi Nuriddin Isroilov yaqinda murakkab jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan boʻlsa-da, “Yil oʻqituvchisi” tanlovi uchinchi bosqichida faol ishtirok etmoqda.

➖ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev ustoz bilan yaqindan muloqot qildi hamda uning tanlovdagi ishtiroki, erishgan natijalari bilan qiziqdi. Unga mustahkam sogʻlik va sinovlarda omad tiladi.

👉 Mahoratli va fidoyi pedagog oʻz soʻzi davomida tanlov jarayonlari haqida fikrlarini bildirib oʻtdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_mavsumga_tayyorgarlik

✅ Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, bolalarning sifatli taʼlim olishi va maroqli dam olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.


➖ Xususan, joylarda yangi maktabgacha taʼlim muassasalari ish boshlamoqda hamda mavjudlarida muhim tayyorlov ishlari belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda.

👉 Videolavhada poytaxtimizning 556-sonli va 493-sonli DMTT hamda 56-sonli ekspremintal davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi olib borilgan ishlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi qardosh Qirg‘iziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlar hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak e’tirofi sifatida qabul qilishini ta’kidladi.


❗️ Ma’lumot uchun: 1996-yilda ta’sis etilgan “Manas” ordeni Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakMarkazlari
#QoʻshimchaTaʻlim  
  
🤖 Robototexnika to'garaklari
   
⚙️ Respublikamizdagi "Kelajak" markazlarida 130dan ortiq robototexnika to'garaklari mavjud bo'lib, unda 3 000ga yaqin bola zamonaviy soha sirlarini o'rganmoqda.
 
📷 Videorolikda Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tuman “Kelajak” markazidagi robototexnika to‘garagi faoliyati

 
 Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Finlandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yoxanna Mariya Ogren bilan uchrashdi
.

➖ Uchrashuv avvalida vazir E'zoza Karimova Yoxanna Mariya Ogrenni Finlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga qayta tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, yangi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlik, jumladan "Finnish Inspired Education System Development in Uzbekistan (FIESDU)" loyihasi doirasidagi natijalar, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, raqamli ta'lim yechimlarini joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


🔹 Ma'lumot uchun: FIESDU loyihasi doirasida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi, ta'lim sifatini baholash, ta'lim boshqaruvini takomillashtirish va inklyuziv ta'limni rivojlantirish yo‘nalishlarida Finlyandiyaning ilg‘or tajribasi joriy etilmoqda.

Shuningdek, YUNISEF ko‘magida O‘zbekistonda "Eduten" raqamli ta'lim platformasi sinovdan o‘tkazilib, 200 nafar o‘qituvchining raqamli platformalardan foydalanish salohiyati oshirildi.

🔰Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida so‘z yuritishdi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

📣 Hurmatli pedagoglar!

➖ 2026-yil 1-avgust kuni
— Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.

➖ Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.

👉 Murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;

➖
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM