Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#инклюзив_таълим

Termiz shahrida inklyuziv ta’limga e’tibor: 9-sonli DMTT tajribasi

✅ Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inklyuziv guruh faoliyati samarali tashkil etilgan.

Ayni paytda guruhda 9 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgan bo‘lib, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun defektolog va logoped mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.


🟢 Maxsus korreksion xonada bolalarning nutqini rivojlantirish, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, individual imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashishga qaratilgan mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, joriy yilda 5 nafar tarbiyalanuvchi tayyorlov guruhini tamomlab, umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi inklyuziv sinflarda o‘qishni davom ettiradi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Ayni damda Xorazmda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Hay’at yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati va tuman (shahar) bo’linmalari mas’ullari qatnashmoqda.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm

✅ Xorazmda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilgan 2 kunlik seminar-trening jarayonlaridan videolavha.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
#diqqat_tanlov

📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi!

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda.

📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

— Oila va insoniy qadriyatlar;

— Vatan, mahalla va jamiyat;

— Ustoz, maktab va ta’lim;

— Tabiat, texnologiya va kelajak;

— Orzular va kelajakdagi kasblar.


Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin.

🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi.

📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi.

📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot

☎️ +998 55 519-02-02

Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz.

Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 IOI 2026: Terma jamoamiz a’zolaridan yana bir tarixiy natija!

🇺🇿38-Xalqaro informatika olimpiadasi (International Olympiad in Informatics — IOI 2026) Oʻzbekiston mezbonligida Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.

🔵Mazkur nufuzli musobaqada 90 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh dasturchilari ishtirok etmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ushbu yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib qatnashib, navbatdagi tarixiy natijaga erishdi.

Gʻoliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥈Jaxonali Xaydaraliyev — Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — KUMUSH MEDAL,
🥉Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL,
🥉Timur Kadirbergenov — Nukus shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL,
🥉Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahri, Prezident maktabi — BRONZA MEDAL,

Shuningdek,
🏅 Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi — Honorable mention.

❗️Mazkur natija orqali Terma jamoamiz o‘z ishtiroki tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

➡️ Xalqaro informatika olimpiadasi dunyoning eng nufuzli maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan intellektual musobaqalaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar murakkab algoritmik masalalarni ishlash, dasturiy yechimlar yaratish ko‘nikmalarini namoyish etadilar.


✅Ma'lumot uchun:
2025-yilgi Xalqaro informatika olimpiadasida Terma jamoa vakillari 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

⭐️G‘oliblarni tabriklaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ҳайъат_йиғилиши

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini ko’tarish, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish — navbatdagi Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi

✅ Bugun Xorazm viloyati, Urganch shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova rahbarligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔺 Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ham ishtirok etib, viloyatda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar va kelgusi rejalar haqida so’z yuritdi.

🔹 Shundan so‘ng, Bog‘ot tuman hokimi Jahongir Nazarov va Yangiariq tuman hokimi Zafarbek Matnazarov “Ta’lim homiysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Yig’ilish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusida yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan vazifalar mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.


➖ Xususan, tadbir davomida:

➖maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish,
➖bolalarni sog‘lom ovqatlantirish,
➖ pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish,
➖yangi o’quv yiliga tayyorgarlik,
➖”Prezident sovg’alari”ni o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetkazish kabi mavzularda so‘z bordi.

🌐 Tadbirda sohada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish, shuningdek, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹 Tadbir so‘nggida vazirlik mas’ullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.

📍 Shuningdek, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkilotlari rahbarlariga intizomiy chora ko’rilishi belgilandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
#yangi_mavsumga_tayyorgarlik

Andijon viloyatida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda

➡️Videolavhada Andijon shahridagi 38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti aks ettirilgan.

Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀

Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda.

📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing!

💻 Vibe Coding

🤖 Prompt (AI)

🧠 Sun’iy intellekt

💻Data Science

🔐 Cyber Security

🎨UI/UX

🤖 AI Agent


🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ]

🌐Taklif va murojatlar uchun.

⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang!
__
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
#KelajakMarkazlari

🎭 “Turon” maktab teatri, “Iqtidor” maktab ansambli va “Jadidlar izidan” — 1,5 million o’quvchini qamrab olgan yirik loyihalar!

📈 Raqamlar dinamikasi mazkur tanlovlar nafaqat ommalashib borayotganini, balki maktab o‘quvchilari hayotida muhim ijtimoiy-madaniy hodisaga aylanayotganini ham ko‘rsatadi.

🌐 Tanlovlar statistikasi haqida batafsil VIDEOLAVHAda.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.

📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

⚡Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

🔷 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

🔷 Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

🔷 Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

🔷 Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

🔷 aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

🔷qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

🔷 Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

🔷 Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

➕Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

✅Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

✅Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

✅Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

⛔Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISO 2026: O‘zbekiston terma jamoasi REKORD NATIJANI qayd etdi!

📌Seul, Janubiy Koreya

🫂11–14-avgust kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida 21-Xalqaro Standartlar Olimpiadasi (ISO 2026) bo‘lib o‘tdi.

🔵Mazkur nufuzli musobaqada 20 dan ortiq mamlakatning eng iqtidorli yosh vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham yirik xalqaro intellektual bellashuvda munosib ishtirok etib, 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdilar.

Gʻoliblarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Asadbek Baxronov — Buxoro shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🥇 Feruza Luqmonova — Buxoro shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🥇 Saidakbar Jahonaliyev — Jizzax shahridagi Prezident maktabi — OLTIN MEDAL

🫂Xalqaro Standartlar olimpiadasi — bu ko‘p bosqichli, murakkab va yuqori intellektual tayyorgarlik talab qiladigan bellashuv bo‘lib, unda nafaqat bilim, balki tahliliy fikrlash, mantiqiy yechim topish, jamoaviy ishlash va vaqtni boshqarish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkaziladi.


⭐️G‘oliblarni tabriklaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM