Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
❓ Eco-schools Uzbekistan loyihasining ishtirokchilari qurultoy davomida aslo zerikmadilar. Ular tanlovlar va musobaqalar, taqdimotlar va ko‘rgazmalar, ekspertlar bilan uchrashuvlar, plogging hamda ekologiya aksiyalarida faol ishtirok etdilar. Belarus jamoasi ajoyib tarzda g‘olib chiqqan "Eko-zakovat" xalqaro o‘yinida bizning qatnashchilarimiz faqat birgina topilmagan javob tufayli ikkinchi o‘rinni egalladilar. "Eng yaxshi ekologiya loyihasi" tanlovida Qirg‘iziston va Rossiya yoshlarining kuchli tashabbuslari bizda ayniqsa katta taassurot qoldirdi.

❗️ Lekin eng muhimi shundaki, ishtirokchilarimiz xalqaro eko-hamjamiyatning bir qismiga aylandilar, o‘z ishlarining natijalarini baholashga hamda ekologiya sohasida yangi marralarni belgilashga muvaffaq bo‘ldilar.

~~~

❓ Скучать участникам проекта Eco-schools Uzbekistan на курултае было некогда. Они стали активными участниками конкурсов и соревнований, презентаций и выставок, экспертных встреч, плоггингов и экологических акций. В международном составе игры «Что? Где? Когда?», где красиво победили ребята из Беларуси, наши ребята заняли второе место, уступив лишь один не взятый вопрос. В конкурсе на «Лучший экологический проект» нам очень понравились сильные молодёжные инициативы России и Кыргызстана.

❗️ Но главное для нас то, что наши ребята стали частью международного эко-сообщества, смогли оценить результаты своей деятельности и наметить новые экологические горизонты.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Mustaqillikning 35 yillik bayrami arafasida yurtimizdagi qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, Namangan shahridagi 1-maktabda 3 ming 500 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur ilm maskanida 2 ta sinfxona hamda kutubxona tadbirkorlarning 350 million so‘mlik homiylik mablag‘lari hisobidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.


🔰 Zamonaviy talablar asosida jihozlangan kutubxonadan 7 mingdan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari o‘rin olgan. Shuningdek, o‘quvchilarning 2 mingdan ziyod elektron kitobdan foydalanishi uchun zarur imkoniyat yaratilgan.

📍 Shuningdek, Namangan shahridagi 85- va 88-umumta’lim maktablariga qo‘shimcha o‘quv binolari qurish hamda 16-sonli DMTTda qurilish-ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Инклюзив_таълим

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda “Anglesey Food” MCHJ o‘rtasida imzolangan Memorandumga binoan, “Maktabga tayyormiz” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugun mazkur loyiha doirasida inklyuziv ta‘limda tahsil olayotgan 35 nafar 2-4 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv qurollar sovg‘a qilindi.


🔰 Tadbirda mas‘ullar, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda?

Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan.


Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda.

So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi.

Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring!

English

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

🔴 Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab "Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi" Respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad — yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.


🔰 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan “Taqdimot” sharti bo‘yicha chiqishlar namoyish etildi. Unda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklar aks ettirildi.

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent shahri

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим

✅ Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning qiziqishi, mustaqil fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi asosida o‘yinga asoslangan ta’lim jarayonlari olib borilmoqda.

Mazkur ta’lim yo‘nalishining amaliy jarayonlarini o‘rganish, ilg‘or tajribalarni kuzatish va pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Koreya Respublikasining nufuzli universiteti vakillari 358-DMTTda bo'lishdi.


🔰 Jarayonlar davomida mehmonlar ta’limiy muhit, o‘yinga asoslangan mashg‘ulotlar, pedagoglarning bolalar bilan ishlash usullari hamda bolaning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.

➖ O‘zaro tajriba almashinuvi jarayonida maktabgacha ta’limda o‘yin orqali bolaning qobiliyatini namoyon etish, mustaqil qaror qabul qilishiga imkon yaratish va har bir bolaning individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

❓Men taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beraman. Yaqinda TRKI xalqaro sertifikatidan C1 darajani qoʻlga kiritdim.

Rus tili fanidan milliy tan olingan sertifikat hamda TRKI sertifikati uchun imtiyoz berilishida qanday farqlar mavjud?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli Farmonining 9-bandiga muvofiq, TRKI sertifikati uchun 50 foiz miqdorida ustama toʻlanadi. Mazkur qarorga koʻra, Milliy tan olingan sertifikatga (rus tili va adabiyoti) ega hamda taʼlim tili oʻzbek tili (yoki boshqa qardosh tillarda) boʻlgan sinflarga Rus tili fanidan dars beruvchi pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.

Milliy tan olingan rus tili va adabiyoti sertifikatidan B+ va undan yuqori natija qayd etgan pedagoglar, majburiy attestatsiya davri kelganda, murojaat yuborishda —majburiy malaka sinov turini tanlab ariza yuborganda, birinchi bosqich sinovlaridan maksimal ball taqdim etiladi.

Ushbu imtiyoz TRKI sertifikatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining VM-572-sonli qarori.

❓Men bahorgi attestatsiyada majburiy tartibda ishtirok etganman. Unda 86 ball to‘plab, 70 foizlik maxsus ustamani qo‘lga kiritganman.

Kuzgi attestatsiyaga malaka toifamni yana bir pog‘onaga ko‘tarish uchun hujjat topshirmoqchiman. Agar bu safar imtihonda 86 balldan kam to‘plasam, 70%lik ustamam bekor qilinadimi?

✅ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, navbatdan tashqari attestatsiyada pedagog past ball olsa, uning amaldagi toifasi ham, unga biriktirilgan mavjud moliyaviy imtiyozlari va erishilgan ustamalari bekor qilinmaydi.

Siz kuzgi malaka sinovlariga navbatdan tashqari shaklda ishtirok etib, 86 balldan past natija qayd etsangiz ham, 70 foizlik ustama belgilangan muddat (2 yil) tugagunga qadar to'lab beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

O‘zbekistonda birinchi marta boʻlib oʻtgan IOI 2026 o‘z yakuniga yetdi

🔴 Poytaxtimizda Xalqaro informatika olimpiadasi — IOI 2026 yakuniga bagʻishlangan tantanali yopilish va taqdirlash marosimi boshlandi.

📊 Unda 90 dan ortiq mamlakatlardan eng iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi.

🌐 Tadbirni jonli efirda onlayn tomosha qilishingiz mumkin:

🌐 YouTube

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM