Ta’lim24.uz
102K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Vazir Mo‘ynoq tumanidagi ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozа Karimova Qoraqalpog’iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumanida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Dastlab vazir Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, yaratilgan sharoitlar hamda Mustaqillikning 35 yilligini munosib kutib olish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔰 Shundan so‘ng, vazir E’zozа Karimova boshchiligida Mo‘ynoq tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.


➖ Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🌐Tadbir yakunida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishib, samarali faoliyat olib borayotgan bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar

✈️ G‘oliblar aniqlandi, sovrin — Xorijga ta’lim sayohati!

Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi. Unda:


🥇Toshkent shahar, Yangihayot tumani 331-maktab jamoasi — 1-o‘rinni,
🥈Navoiy viloyati, Navoiy shahri 18-sonli maktab jamoasi — 2-o’rinni,
🥉Toshkent viloyati, Olmaliq shahri 5-sonli maktab jamoasi 3-o’rinni qo‘lga kiritdi.

Til ko‘nikmalari nominatsiyalari bo‘yicha:

➖ “The best writer” — Nilufar Xo‘jamqulova — Jizzax viloyati, Zarbdor tumani 9-maktab o‘quvchisi;
➖ “The best speaker” — Farzona Sultonova — Farg’ona viloyati, Farg‘ona shahar 2-sonli maktab o‘quvchisi,
➖ “The best reader” — Temur Toshmurodov — Navoiy viloyati, Navoiy shahar 18-sonli maktab o‘quvchisi,
➖ “The best listener” — Vazira Ramazonova — Buxoro viloyati, Buxoro tumani 1-sonli maktab o‘quvchisi.

🔰 Grand Pri — Umidjon Bobonazarov — Navoiy viloyati, Navoiy shahar 18-sonli maktab o‘quvchisi.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar

✅ Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tantanali taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

#Press_tur

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙏1
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

VAZIR JAMG‘ARMASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Tanlov g‘oliblari:

🔹 umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan — 1 400 nafar;
🔹 ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan — 98 nafar;
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan — 198 nafar.

⏰ Eslatib o‘tamiz, g‘oliblarga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar, jami 9 oy davomida quyidagi miqdorda ustama to‘lanadi:

🔰 umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari,

🔰 maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari.

🌐 G‘oliblar RO‘YXATI

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚“Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — chellenjga start berildi!

➖ O‘zingiz ta’lim olgan maktabingizni sog‘indingizmi? Unda u yerga ezgu va foydali sabab bilan qaytish vaqti keldi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi loyiha boshlandi.

📝 Ushbu loyihaning asosiy maqsadlari:
➖ Maktab kutubxonalarini boyitish — yangi o‘quv yilini o‘quvchilar uchun eng yaxshi sovg‘alardan biri bo‘lgan kitob bilan boshlash;
➖ O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash — sovg‘a qilingan har bir kitob orqali yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirish va kelajagiga hissa qo‘shish;
➖ Ma’rifat ulashish — o‘zimiz ta’lim olgan dargohga qaytib, bugungi o‘quvchilarga ma’naviy meros qoldirish.

💻 Chellenjga qo‘shiling hamda ijtimoiy tarmoqlarga video yoki rasm joylashtirganda Vazirlikning instagram sahifasini (instagram.com/mmtv_uz/) belgilashni unutmang!

👉 Maktab o‘quvchilarining yoshiga mos tavsiyaviy adabiyotlar ro‘yxati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating

❤Telegram                   🌐 Facebook
🌐Youtube                     🌐Instagram
🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM