Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Buxoro viloyatiga yana keldik — may oyida belgilangan rejalar ijrosini, natijalarini ko‘zdan kechirmoqdamiz.

“Jo‘yzar” kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirildi (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Bu yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkonini beradi. Shu yerning o‘zida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirildi. “Shayxoncha” mahallasida 240 o‘rinli zamonaviy bog‘cha barpo etildi.

Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir.

Tashrifimiz yakunida Buxoroi sharifning “Yetti pir” qadamjolarini ziyorat qildik.

—

Снова в Бухарской области — оцениваем результаты майских обсуждений.

На канале Жуйзар забетонировали 9 км (ещё 10 км в работе), что сэкономит 12 млн кубометров воды в год. Рядом уже работает рыбное хозяйство. В махалле «Шайхонча» возвели новый современный детсад на 240 мест.

Также обсудили новые туристические проекты: комплекс «Афшона», этнодома, восстановление канала Жуйи Мулиён, гостиницы и кластер у нового аэропорта. Цель — привлекать 10 млн человек в год, и чтобы Бухара стала для них полноценным
путешествием, а не просто транзитной точкой.

Завершили визит посещением святынь — семи пиров Бухары.
Forwarded from Hudud Inform
Саида Мирзиёева Бухоро туманида замонавий ва энергиятежамкор талаблар асосида реконструкция қилинган 21-сонли МТТнинг очилиш маросимида иштирок этди

Жорий йилнинг 15 май куни Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева Бухоро вилоятига амалга оширган ташрифи чоғида аянчли ҳолга келиб қолган 21-сонли мактабгача таълим ташкилотини кўздан кечириб, уни таъмирлаш бўйича масъулларга тегишли топшириқларни берганди.

Ҳозирги кунда ушбу масканда тўлиқ реконструкция натижасида янги 100 та янги ўрин яратилиб, жами 240 ўринга етказилди.

Қувонарлиси таъмирлаш ишлари ҳамда қамров оширилиши натижасида ҳудуддаги 3-6 ёшли болаларни мактабгача таълим билан қамраб олиш 100 фоизга (давлат ва нодавлат МТТда) етказилди.

Қурилишда энергия самарадорлигига алоҳида эътибор қаратилиб, деворлар базальт асосидаги иссиқлик изоляция материаллари билан қопланди.

Шунингдек, муассасага 40 кВт қувватли қуёш фотоэлектр панеллари ўрнатиш режалаштирилган. Бунинг натижасида, йилига 55-65 минг кВт соат электр энергияси ишлаб чиқариш ва муассасанинг электр энергия харажатларини камайтириш кўзда тутилган.


Бугун вилоятга навбатдаги ташрифи давомида Саида Мирзиёева ушбу масканнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Ушбу масканнинг қайта фойдаланишга топширилиши нафақат ҳудуддаги болажонлар учун замонавий, қулай ва хавфсиз таълим муҳитини яратди, балки чекка ҳудудларда ҳам таълим инфратузилмасини сифат жиҳатдан янги босқичга олиб чиқиш борасидаги амалий қадамларнинг яққол намунаси бўлди.

✈️ Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform | Instagrаm | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_shukuhi

Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlanadi!

🇺🇿 Videolavhada IChO 2026'da oltin medal sovrindori Rayhona Tuymurodova yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘zining samimiy tilaklarini yo‘llaydi!

🇺🇿Olimpiadachilardan bayramona flashmoblar davom etadi!

⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤Telegram                   🌐 Facebook
🌐Youtube                     🌐Instagram
🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga_tuhfa

🔴 Davlatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta‘mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.


🔰 Xususan:

📍Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi 202-sonli umumta'lim maktabi mukammal ta’mirdan so‘ng butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. 1 050 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan maktab bugungi kunda 1 300 nafar o‘quvchilarni qamrab oladi.

📍Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Ochilish tadbirida tuman hokimi, mahalla faollari, nuroniylar, pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📍Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi 20-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

📊 90 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur filial binosida bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratildi.

📍Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Mirzo Olim mahallasidagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun yangi qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.

📍Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun zamonaviy sport zali bunyod etildi.

📍 Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Tut mahallasida zamonaviy ta’lim maskani bolajonlar uchun o'z eshiklarini ochdi.

23-DMTTning 1974-yilda qurilgan 75 o‘rinli eski binosi o‘rnida 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha bunyod etildi.

📍Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani 120 o‘rinli 14 - sonli davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

📍Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani 23-maktabga qo‘shimcha bino hamda yangi sport zali barpo etildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi

Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-son qarori tasdiqlandi.


Unga muvofiq:

➖kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi;
➖mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi;
➖10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi;
➖kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi;
➖Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi;
➖davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi;
➖fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi.

🌐 BATAFSIL

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим

“Jajji nurli yulduzlar” tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

✅ Bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda hududiy bosqichlarda eng yaxshi natija qayd etgan bolajonlar oʻzaro kuch sinashdi.

Tanlov “Folklor” yo‘nalishida o‘tkazilib, ishtirokchilar xalq ertaklari, maqol va matallar, alla, milliy o‘yinlar hamda an’analarni aks ettiruvchi ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar.


➖ Yakuniy natijalarga koʻra:
 
🥇Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi 2-sonli DMTT 1-o‘rinni,
🥈Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahardagi 52-sonli DMTT 2-o‘rinni,
🥉Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani 1-sonli DMTT 3-o‘rin ni egalladi.

🌐 Ma'lumot o'rnida: tanlovda Respublika bo‘yicha 7 800 ga yaqin jamoa tarkibida 28 688 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

Ular orasidan saralangan 14 ta jamoa – 70 nafar jajji iste’dod egasi Respublika bosqichida o‘z qobiliyati va ijodiy mahoratini namoyish etdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM