Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

⏰ Bayramga tuhfa: Toshkent viloyatida Pedagogik mahorat markazi ochildi

✅ Bugun Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida Pedagogik mahorat markazi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


🔰 Vazir Eʻzoza Karimova oʻz nutqida taʻlimga qaratilayotgan eʻtibor, xususan ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdi.

📊 Ma'lumot o'rnida: 650 o‘rinli zamonaviy binoda maxsus laboratoriyalar, STEAM xonasi, video studiya, kompyuter xonalari, kutubxona va boshqa zarur infratuzilmalar mavjud.

Yangi Markaz yiliga 12 250 nafar pedagogning malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, 200 o‘rinli yotoqxona va 100 o‘rinli zamonaviy oshxonaga ega.

📍Shu kuni vazir Eʻzoza Karimova Nurafshon shahrida oʻtkazilgan Beshinchi ustozlar forumi hududiy bosqichining tantanali yopilish va taqdirlash tadbirida ishtirok etdi.

Unda sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, kutilayotgan natijalar va qizgʻin tarzda davom etayotgan forum jarayonlari haqida soʻz bordi.


🔰 Tadbir doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga "Xalq taʻlimi fidoyisi", Viloyat kasaba uyushmasi rahbari Sayyora Fayziyeva va Boʻstonliq tuman hokimi Joʻrabek Ahmedovga "Taʻlim homiysi" koʻkrak nishonlari topshirildi.

➖ Shuningdek, bir guruh faol va fidoyi pedagoglar "Xalq taʻlimi a‘lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

🌐 Bundan tashqari, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ustozlar Turkiyaga malaka oshirishga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi

Orzularni haqiqatga aylantiruvchi tanlov — “Yil o‘qituvchisi” — 2026

✅ Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2026-yilda ilk marotaba “Yil o‘qituvchisi" tanlovi tashkil etildi.

🔰 3 bosqichli tanlovning birinchi bosqichi malaka sinovlari natijalariga integratsiya qilingan holda bo‘lib o’tdi.

📊 Joriy yili mazkur talovda 46 703 nafar pedagog qatnashdi.

➖ Tanlovning ikkinchi bosqichida nomzodlarning o‘z fani bo‘yicha dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hay’ati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar (ovoz berish yo‘li orqali) tomonidan – 40 ballik tizim asosida baholanadi.


❕Uchinchi bosqichda esa nomzodlar jami 100 ballik tizim asosida, 2 ta yo‘nalish — Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va Test sinovi (kitobxonlik bo‘yicha) yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

⏰ Yakuniy natijalarga ko’ra, har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g’olibi deb topiladi va BHMning 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🔺 Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov 2 yilda 1 marotaba o‘tkazilishi belgilangan.

#Fakt

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtidorli_yoshlar

10 dan ortiq animatsion loyiha yaratgan o‘quvchi

✅ Yangi Namangan tumanidagi 59 - maktabning 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Sadikbayeva zamonaviy grafik va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, o‘z g‘oyalariga asoslangan qisqa animatsion roliklar tayyorlamoqda.

📊 U bir yil mobaynida 10 dan ortiq animatsion loyihalar ishlab chiqqan.

➖ Animatsiyalarni yaratish jarayonida Adobe Animate, Adobe Illustrator, Mixamo va Blender dasturlaridan, shuningdek, loyiha hamda vizual materiallarni tayyorlashda Meshy AI sun’iy intellekt platformasidan foydalanadi.


🔹O‘zbek va ingliz tillaridagi 10–15 soniyalik qisqa animatsion roliklarning g‘oyasini shakllantirishdan boshlab yakuniy bosqichgacha tayyorlash uchun o‘rtacha 3-4 soat vaqt sarflanadi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Президент_совғаси

1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” yetkazib berilmoqda

✅ Mazkur sovg‘alar bolajonlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi hamda ta’lim olishlari uchun zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-2027-oʻquv yilida 795 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.


📍 Foto va videolavhalarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Bayramga_tuhfa

🔴 Davlatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta‘mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.

🔰 Xususan:

📍Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarildi.

📍Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 1-umumta’lim maktabida “Kasb markazi” hamda universal sport maydoni foydalanishga topshirildi.

📍Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi 66-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi, zamonaviy binosi bolajonlar uchun o'z eshiklarini ochdi.

📍Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yana bir zamonaviy ta’lim maskani — 76-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qad rostladi.

📍 Samarqand viloyati, Nurobod tumanida joylashgan 11-sonli va 17-sonli maktab hududida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega 12x24 metr o‘lchamdagi sport zallari barpo etilib, bugun tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

📍Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy binosi qurib bitkazildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

➖ Quvonarlisi, ular orasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi pedagoglar ham bor. Xususan:

🔹II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

➖Suyunov Akram Olimovich - Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

🔹”Sog‘lom turmush” medali bilan:

➖Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich - Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

🔹 “Shuhrat” medali bilan:

➖Ametova Guljaxan Fayzullayevna - Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

➖Bosimov Nuriddin Saidkosimovich - Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

➖Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna - Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati

➖G‘aniyeva Farangiz Bayotovna - Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

➖Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich - Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

➖Kiskin Andrey Nikolayevich - Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

➖Rahmatov Jalol Azamatovich - Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

➖ Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

🔹«Sog‘lom turmush» medali bilan:

➖Zoxidova Zarina Sayitkulovna - Toyloq tumani Ilk rivojlanish markazi koordinatori, Samarqand viloyati

🔹«Jasorat» medali bilan:

➖Yusupaliyeva Dilafruz Kurbanaliyevna - Boyovut tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari, Sirdaryo viloyati

❗️ Barchani ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 16-23-AVGUST, 2026-yil


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazdilar.

Muzokaralarda Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida taʼkidladi. – Sammit yakunida Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi buning tasdigʻi boʻladi. Eng muhimi, strategik sheriklik va ittifoqchiligimizning har bir bandi aniq natijalar va amaliy harakatlarda oʻz ifodasini topadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


🔵Ikki xalqni yanada yaqinlashtirish maqsadida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy oʻrtasidagi adabiy koʻprik” mavzusida qoʻshma kinofilm yaratish taklif etildi.

🔵Joriy yilning kuzida Ozarbayjonda yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtadi.

🔵2027-yilda mamlakatlarimizda muhim sport voqeasi – futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bu borada qoʻshma sport, madaniyat va yoshlarga oid tadbirlarni oʻtkazishni nazarda tutuvchi keng koʻlamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturi ishlab chiqiladi.

🔵Erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga qaror qilindi.

🔵https://president.uz/oz/lists/view/9524Yakunda bank-moliya, qurilish materiallari, taʼlim, neft-gaz, turizm, uy-joy qurilishi, togʻ-kon sanoati va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga start berildi.

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM