Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
✅✅✅✅

"Kelajak soati": takomillashtirilgan dastur yuzasidan oʻquv trening boʻlib oʻtdi

✅ Bugun poytaxtimizda yangi oʻquv yilida taʻlim tashkilotlarida takomillashtirilgan “Kelajak soati” dasturini masʻullarga yetkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.


Tadbirni kirish soʻzi bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Eʻzoza Karimova ochib berdi va yangi oʻquv yilidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida soʻz yuritdi.

📊Gibrid shaklda tashkil etilgan mazkur tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari hamda 10 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari ishtirok etdi.

➖ Taʻkidlash joiz, “Kelajak soati” m ashgʻulotlarini takomillashtirish maqsadida maxsus tadqiqot va tahlil amalga oshirilgan bo'lib, soʻrovda 5–11-sinflarda tahsil olayotgan 159 697 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

🔰 Unda oʻquvchilarda eng yuqori qiziqish milliy madaniyat (83,2%), oilaviy qadriyatlar (82,7%) va huquqiy bilimlarga (81,2%) toʻgʻri kelishini koʻrsatgan. Shu bilan birga, volontyorlik (56,9%), ekologik masʼuliyat (59,6%) va tanqidiy fikrlash (60%) kabi yoʻnalishlarni kuchaytirish zarurligi aniqlangan.


🌐 Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan tezislar, taqdimotlar va boshqa oʻquv materiallari koʻrib chiqilib, ularni yagona mazmuniy va metodik talablar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar shakllantirildi.

⏰ Tahlillardan kelib chiqqan holda mashgʻulotlarni izchil va samarali tashkil etishni belgilab beruvchi dastur ishlab chiqildi. Mazkur dasturlar asosida har bir yosh guruhi uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlandi. Ushbu materiallar “milliytarbiya.uz” platformasiga joylashtirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эътироф

✅ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi Jalol Rahmatov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

🔰 Mazkur davlat mukofoti ustozning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiy faoliyati va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissining e’tirofidir.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bryusselda TIMSS 2027 milliy tadqiqot koordinatorlarining beshinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

✅ Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas’ullari qatnashdi.


IEA, Boston College TIMSS & PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (ISC) ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir doirasida:

➖ TIMSS 2027 tajriba-sinovi natijalari;
➖ baholash materiallari va so‘rovnomalar;
➖ maktablarni tanlab olish;
➖ ma’lumotlarni boshqarish;
➖ asosiy tadqiqotga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

🔰 Shuningdek, IEA va ISC ekspertlari bilan O‘zbekiston kesimida alohida konsultatsiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
Zamin Education loyihasi doirasida har yili o‘tkaziladigan yozgi inklyuziv IT-oromgoh o‘z nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 150 nafar iqtidorli yoshlar axborot texnologiyalari, ijod va yangi kashfiyotlar olamiga sho‘ng‘idi. Yana 4100 nafar o‘quvchi mashg‘ulotlarga onlayn tarzda qo‘shildi.

Besh kun davomida ekspert-murabbiylar ishtirokchilarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishtirib, ularning veb-sayt yaratish, 3D-modellashtirish, robototexnika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha texnik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashdilar.

Barcha ishtirokchilarni oromgohni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qilishini tilaymiz!

—

В рамках проекта Zamin Education прошёл ежегодный летний инклюзивный IT-лагерь.

150 талантливых ребят из разных уголков страны погрузились в мир информационных технологий, творчества и новых открытий, а ещё 4100 школьников присоединились к занятиям онлайн.

На протяжении пяти дней эксперты-преподаватели знакомили участников с возможностями искусственного интеллекта, развивали их технические навыки в создании сайтов, 3D-моделировании, робототехнике и цифровых технологиях.

Поздравляем ребят с успешным завершением лагеря и желаем, чтобы полученные знания стали драйвером для реализации новых возможностей!

#ZaminEducation

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube