Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Seminar_trening

“Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv" o‘quv seminarining 2-kuni yakunlandi.

Qizg'in tarzda tashkil etilgan bugungi mahorat darslarida:

➖Ichki audit tadbirlarida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tavsiyalar;
➖Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “ Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi amaliy qo‘llanma bo‘yicha tushuntirishlar;
 ➖  Budjet hujjatlariga rioya etish holati hamda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish orqali budjet intizomini mustahkamlash;
➖Sohaga oid qonunchilik hujjatlari va o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.


🔰Shuningdek, ishtirokchilar uchun o‘tilgan mavzular bo‘yicha test sinovlari bo'lib o'tdi.

Seminar so'nggida trening qatnashchilariga sertifikat hamda "Tashakkurnoma"lar topshirildi.

📍Trening jarayonlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellenj

“Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” — ezgu tashabbus Farg‘onada davom etmoqda!

✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlangan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji Farg‘ona viloyatida ham qizg‘in davom etmoqda.

🔰Mazkur chellenj doirasida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov o‘zi tahsil olgan Quva tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 300 dona sara badiiy va ma’rifiy adabiyotlar jamlanmasini sovg‘a qildi.

➖ Siz ham jonajon maktabingizga kitob sovg‘a qiling!

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

“Kelajak soati”: yangi o’quv yili uchun barcha mashg‘ulotlar materiallari platformaga joylashtirildi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yili uchun “Kelajak soati” dasturi ishlab chiqildi.

🔰 Mazkur dastur asosida har bir yosh guruhi uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlandi va “milliytarbiya.uzedu.uz” platformasiga joylashtirildi.

➖ Eslatib o‘tamiz: Mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha maktabgacha taʼlim yoshidagi 3–6 yoshli tarbiyalanuvchilar hamda maktablarning 1–4, 5–8 va 9–11-sinf oʻquvchilari uchun alohida yosh guruhlari kesimida oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✨✨✨✨

📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida hafta davomida amalga oshirilgan muhim ishlar va tadbirlar tafsiloti HAFTA DAYJESTida.

⏳ 23-30—AVGUST, 2026-yil

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar,
muhtaram ustoz va murabbiylar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng qutlugʻ sana — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!

Ta’kidlash joizki, bugun yurtimizda inson manfaatlari, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangilanishlar tobora keng quloch yoymoqda.

Barcha sohalar kabi taʼlim tizimida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning bari yurtimizning ertasi bo‘lgan yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Ayniqsa, farzandlarimizga taʼlim va tarbiya berayotgan tarbiyachi hamda oʻqituvchilarning fidokorona mehnati yuksak ehtiromga loyiq.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Shu ulugʻ ayyom munosabati bilan yana bir bor qutlab, barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga fayz-baraka tilaymiz.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin!

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish davom ettiriladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisiga Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoʻllagan samimiy tabrigi hamda Oʻzbekiston – Xitoy koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kelgusi yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 35 yil toʻladi. Ushbu qutlugʻ sanani keng nishonlash boʻyicha tadbirlar dasturini tayyorlash taklif etildi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Barcha darajalarda aloqalar izchil mustahkamlanib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Ilm-fan, taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik muntazamlik kasb etgan. “Lu Ban ustaxonalari” va Konfutsiy institutlari faoliyati hamda hududlarda qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish ishlari davom ettiriladi.

Xitoy tilini oʻrganishni, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi taʼlim dasturlarini yanada kengaytirish hamda yurtimiz yoshlarining Xitoyda tahsil olishi uchun kvotalarni oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan boshlangan o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.

Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.

Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.

Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!

—

Очень рада видеть, что программа узбекских исследований, запущенная нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.

Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.

Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.

Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной!