Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Инклюзив_таълим
#Mehrli_maktab

9 ta filial, 30 mingdan ziyod o‘quvchi, xalqaro hamkorlik va yutuqlar — "Mehrli maktab"dan reportaj

✅ “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi 2022-yilda tashkil etilgan. Hukumatning tegishli qarori bilan 2023-yilda maktabning filiallari tashkil etilishi belgilandi.

❗️Bugungi kunga qadar “Mehrli maktab”ning 9 ta filiali tashkil etilgan.

📊 Ushbu muassasa va uning filiallaridagi 83 nafar pedagogik jamoa tomonidan bugungi kunga qadar 31 209 nafar (shundan, 14 274 nafari bog‘cha, 16 935 nafari maktab) uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatildi.

📍“Mehrli maktab”da 3 turdagi (maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim) ta’lim-tarbiya xizmati mavjud.

✔️"Mehrli maktab" ta'lim muassasasi Rossiya Federatsiyasining "UchimZnaem" gospital maktabi, Germaniyaning Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti, Buyuk Britaniyaning Chelsea Community Hospital School hamda HOPE xalqaro tarmog‘i bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

🔹2025-yilda “Mehrli maktab” jamoasi Dublin shahrida o‘tkazilgan HOPE-2025 xalqaro kongressida ishtirok etib, gospital ta’lim, inklyuziv ta’lim va bolalarni davolanish jarayonida ta’lim bilan qamrab olish bo‘yicha o‘z tajribasini taqdim etdi.

🌐 “Mehrli maktab” o‘quvchilari xalqaro tanlov va festivallarda yuqori natijalarga erishmoqda. 2024-yilda “The Planet of Art” xalqaro yoshlar festivalida muassasa o‘quvchilaridan 11 nafari g‘oliblar qatoriga kirgan.

Eng yaxshi ishlar Parijdagi YUNESKO qarorgohida namoyish etilgan.
____________

➖ Videolavhada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridagi "Mehrli maktab" faoliyati aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅

Vazir Qoraqalpog‘istondagi ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, hududdagi ta’lim muassasalarining faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Jarayonlar Nukus shahri “Yosh avlod” MFY hududidagi 700 o‘rinli “Zeyin” xususiy maktabi faoliyatini o‘rganishdan boshlandi. Maktabdagi ta’lim jarayoni va mavjud infratuzilma ko‘zdan kechirildi.


📊 Shuningdek, 180 o‘ringa mo‘ljallangan 48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko'zdan kechirildi.

📍Uchrashuvlar davomida vazir Kegeyli tumani “Uzum bog‘” OFY hududidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ustozlar va maktab maslahatchilari bilan muloqot qildi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning fikr va takliflariga quloq tutdi.

🔰 Navbatdagi manzil — Nukus tumani “Dehqon arna” MFY hududida yangidan qurib bitkazilgan, foydalanishga topshirish arafasida turgan 60 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Mazkur muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, vazir Nukus tumanidagi 536 o‘ringa mo‘ljallangan 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo'ldi.

✔️Tadbirlar davomida ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔴 Jarayonlar davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

✅ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi 1-DMTTda tarbiyalanuvchilarga gilamdo‘zlik, kulolchilik, tikuvchilik, kashtachilik, pazandachilik kabi milliy hunarmandchilik va kasb yo‘nalishlari bo‘yicha “Xitoy tajribasi” asosida boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.


📊Ma’lumot o‘rnida: mazkur ta’lim tashkilotida 250 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅✅✅✅
#Қорақалпоғистон

🔴 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qo‘shimcha ta’limga jalb qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur oilalar farzandlarini o‘qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi joriy etilgan.


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xo‘jayli tumanidagi “Taleem academy” nodavlat o‘quv markazida bo’lib, ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: “Taleem academy” markazi Kelajak.uzedu.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan 600 nafardan ziyod o‘quvchilar axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, umumta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘garaklarga jalb qilingan.

🔹Uchrashuv davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va ta’lim jarayoni ko‘zdan kechirildi.

📊 Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 777 ta ta’lim tashkiloti tomonidan to‘garak xizmatlari taklif etilmoqda. Ularda 9 167 nafar o‘quvchi o‘z qiziqishidan kelib chiqib, turli yo‘nalishlardagi to‘garaklarga jalb qilingan.

✔️ 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida hududdagi ta’lim tashkilotlariga o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun jami 5,2 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qariyb $3 000 maosh olayotgan qibraylik o‘qituvchi haqida ocherk

✅ Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugungi kunda pedagog kasbining obroʻsi va mehnatiga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi.

🔹 Buning natijasida оʻqituvchilarning oylik maoshlari sezilarli darajada oshirilib, ularning oʻz salohiyatlarini yuqori darajada koʻrsatishlari uchun barcha imkoniyatlar yoʻlga qoʻyildi.


👉 Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, hozirda qariyb 3 ming AQSH dollari miqdorida oylik maosh olib kelayotgan ustoz Gulnoza Xudoyorovaning faoliyati va pedagog kasbining kechagi va bugungi holatiga doir fikrlari “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Диққат_эълон

⏰ 2026-yilning 20-SENTABR kuni Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi!

Imtihonlar:

⏰1-smena — soat 09:30;
⏰2-smena — soat 13:30 da boshlanadi.


🔰Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing:

📍Andijon viloyati
Manzil: Andijon shahar 41-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Buxoro viloyati
Manzil: Buxoro shahar 35-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Jizzax viloyati (Zomin)
Manzil: Zomin tumani 60-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Jizzax viloyati (Mirzachoʻl)
Manzil: Mirzacho'l tumani 1-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Qashqadaryo viloyati
Manzil: Qarshi shahar 1-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Navoiy viloyati
Manzil: Navoiy shahar 7-maktab, 17-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Namangan viloyati
Manzil: Namangan shahar 31-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Samarqand viloyati
Manzil: Samarqand shahar 9-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Sirdaryo viloyati
Manzil: Guliston shahar 2-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Surxondaryo viloyati
Manzil: Termiz shahar 16-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Toshkent viloyati
Manzil: Nurafshon shahar 48-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Fargʻona viloyati
Manzil: Fargʻona shahar 6-maktab
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

📍Xorazm viloyati
Manzil: Viloyatning barcha tuman va shaharlarida
Oʻquvchilar ID raqami: havola.

❗️Bu muhim!
🔹 Imtihonda ishtirok etishda tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihonda ishtirok etish uchun taqdim etilgan shaxsiy ID raqamni bilgan holda kelish shart.

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM