Ta’lim24.uz
103K subscribers
32.6K photos
7.88K videos
148 files
16.7K links
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

✅ O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida:

🔹 Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
🔹o'qituvchi va o'quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta'minlash,
🔹koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining Sejong shahri boshqarmasi vakillari va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

📍 Uchrashuv davomida tomonlar:

✔️ koreys tili o‘qituvchilar malakasini oshirish,
✔️ koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida joriy qilinishi rejalashtirilgan maktablar uchun koreys tili o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda darsliklar bilan ta’minlash,
✔️ o'quvchilar va o'qituvchilar almashinuv dasturi,
✔️ kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilarning Koreyada almashinuv dasturlarida ishtirok etishi,
✔️ maktab boshqaruvi bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish,
✔️ maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida turli loyihalarni amalga oshirish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

❗️ Uchrashuv doirasida Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man, direktor o'rinbosari Jang Hyeongki va markaz vakili Jung Jaewonga samarali hamkorlik uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Vazirlik delegatsiyasi Koreyada tajriba almashmoqda

🔴Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan tajriba almashinuvi bo‘yicha seminar-treninglarda ishtirok etishmoqda.

Yig‘ilishni Seul ta'lim departamentining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha boshlig‘i Xan Nyen Gyi ochib berdi. Unda ikki mamlakat ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, treninglar doirasida sun'iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

Endi 1000 ta umumta'lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan "O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➖ Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuvda "Hancom academy" tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasiga start berildi.

❕Bugun "Yangi O‘zbekiston" universitetida mazkur loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov so‘zga chiqib, ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ochilish marosimida, shuningdek elchixona maslahatchisi va Bosh Konsuli Kuk Jang Hyun, Koreya Ta'lim markazi rahbari Pang Chu Man, vazirlik va elchixona mas'ullari hamda loyiha ishtirokchisi bo‘lgan ustozlar qatnashdi.

➖ Ma'lumot o‘rnida: qayta tayyorlov kurslari offlayn va onlayn shaklda tashkil etilmoqda va 25-dekabrga qadar davom etadi.

Ushbu loyihada eng yaxshi natija qayd etgan ustozlar Koreyada amaliyot o‘tash uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Vazirlik tizimidagi barcha hududiy rahbarlar ilk bora birgalikda xorijda malaka oshirishmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy bo‘linmalar rahbarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokidagi delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad — maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida Koreyaning ilgʻor tajribasi, xususan, Koreya amaliyotida taʼlim, boshqaruv tizimi va pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yechimlarni joriy etish yuzasidan tajriba almashishdan iborat.


✅ Uchrashuvlar doirasida o‘quv seminarlari va ochiq muloqotlar oʻtkazish hamda bir qator taʼlim muassasalari, xususan:

➖Handulmulbit bolalar bog‘chasi,
➖Mosan boshlang‘ich maktabi,
➖Sejon Jang Yeongsil yuqori maktabi,
➖Koreya Milliy Ta'lim instituti faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

📍 Tadbirlar davomida, shuningdek Koreyaning diqqatga sazovor maskanlari va tarixiy qamdajolari bilan tanishish ham ko‘zda tutilmoqda.

⏳ Uchrashuvlar joriy yilning 29-sentabriga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

📍 Baholash tizimi, kasb-hunarga o‘qitish va kitobxonlik madaniyati — Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

✅ Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.

Bugun delegatsiya vakillari Koreya Milliy universitetida universitet professor o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarda ishtirok etishdi.

Unda o‘quvchilarda tanqidiy hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, baholash tizimining ta'lim sifatini oshirishdagi roli, maktablarda do‘stona ijtimoiy muhitni shakllantirish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashildi.

➖ Bundan tashqari, loyiha doirasida Koreyaning Sejong shahrida tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati tomonidan ishtirokchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi. Unda xususan:

➖ ta'lim muassasalarida boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish,
➖o‘quv-tarbiya jarayonlarini zamonaviy usullarda tashkil etish,
➖kadrlar salohiyatini oshirish,
➖ta'lim sifatini rivojlantirish va monitoring qilishda innovatsion yondashuvlar haqida so‘z bordi.

Delegatsiya vakillari Kyowongde universiteti qoshidagi Milliy kutubxonada faoliyati hamda kutubxonalarga o‘quvchilarni ko‘proq jalb qilish tajribasi bilan ham yaqindan tanishishdi.

✔️Delegatsiya vakillari Koreyaning maktabgacha ta'lim va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishdagi tajribasini o‘rganish maqsadida Handulmulbit bolalar bog‘chasi va Sejong Jang Yeongsil yuqori litseyida ham bo‘lishdi.

Unda mas’ullar muassasalar faoliyati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

🔴 Uchrashuvlar davom etmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Maktabgacha ta'lim mas'ul xodimlari xorijda malaka oshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy boshqarma boshliqlari o’rinbosarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlaridan iborat delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo'lib turibdi.

Bunda maktabgacha taʼlim sohasida Koreya ilgʻor tajribasi, Koreya amaliyotida bog’cha ta’limi, boshqaruv tizimi, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligi, pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalarni joriy etish yuzasidan tajriba almashish maqsad qilingan.


Uchrashuvlar doirasida o‘quv seminarlari va ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, delegatsiya a'zolari bir qator taʼlim muassasalari, xususan:


➖Chungcheongbuk-do Maktabgacha ta’limni rivojlantirish agentligi,
➖Chungcheongbuk-do provinsiyasi Maktabgacha ta'lim boshqarmasi,
➖Choronggul bolalar bog’chasi,
➖Chungbuk ta’lim va madaniyat markazi,
➖Koreya ta’limiga oid muzeylar faoliyati bilan tanishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

📍 Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligi — Janubiy Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

✅ Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.

Delegatsiya vakillari Chungcheongbuk-do provinsiyasi ta'lim boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida ta'lim sohasida olib borilayotgan hamkorlik, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim uzviyligini ta'minlashda ilg'or tajribalar haqida fikr yuritildi.

➖ Bundan tashqari, loyiha doirasida Koreyaning Sejong shahridagi ekobog'cha faoliyati bilan tanishib, ta'lim muassasasida amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Unda xususan:

➖ ta'lim muassasasida bolalarni tabiat bilan uyg'un rivojlantirish,
➖o‘quv-tarbiya jarayonlarini zamonaviy va amaliy usullarda, o'rmon hamda tabiat qo'ynida tashkil etish haqida so‘z bordi.

Delegatsiya vakillari Sejong bolalar muzeyi faoliyati hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar va o‘quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun ularni muzeylarga ko‘proq jalb qilish tajribasi bilan ham yaqindan tanishishdi.


✔️
Shuningdek, Koreyaning maktabgacha ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llash tajribasini o‘rganish maqsadida raqamli qurilmalar yordamida ta'lim va amaliyotni o'zida jamlagan bolalar bog‘chasida ham bo‘lishdi.

Mas’ullar tashkilot faoliyati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasining yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❕Tadbir "Yangi O‘zbekiston" universitetida tashkil etildi, unda mas’ullar va loyiha ishtirokchilari bo‘lgan ustozlar qatnashishdi.

Taqdirlash marosimida vazirlik mas’ullari hamda Koreya Ta’lim markazi direktori Li Yong Ung so‘zga chiqib, mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.

Shundan so‘ng, mashg‘ulotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi.

➖ Ma'lumot o‘rnida: qayta tayyorlov kurslarining rasmiy ochilish marosimi joriy yilning 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Koreya_taassurotlari

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Rano Orazova Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminarda ishtirok etib, xorijiy tajriba bilan qaytdi.

🗣 Seminar-trening Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Koreya Respublikasining KOICA agentligi hamkorligida tashkil etilib, "Bolalarga o‘yin orqali ta’lim berish" mavzusiga bag‘ishlandi.


✅ Ushbu 2 haftalik o‘quv jarayonida Rano Orazova ta’lim sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar va bolalar bilan samarali muloqot usullarini chuqur o‘rgandi.

💬 Seminardan qaytgach, xorijda olgan bilim va tajribalarini hamkasblari va murabbiylari bilan o‘rtoqlashdi. Bu tajribalar mahalliy ta’lim muassasasida yangi loyihalar va o‘quv-metodik yangilanishlar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Мактабгача_таълим

✈️ Janubiy Koreya: O'yinga asoslangan ta'lim, bu orqali bolada muloqot ko'nikmasi va ixtirochilik qobiliyatining rivojlanishi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda KOICA hamkorligida Janubiy Koreyada tashkil etilgan “Bolalarga o‘yin orqali ta’lim berish” mavzusidagi xalqaro treningda Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTT direktori Xadicha Mavlonova ham ishtirok etdi.

📝 Seminar davomida Janubiy Koreya tajribasida o‘yin vositasida ta’lim berish orqali bolalarning fikrlash, jamoada ishlash, muloqot va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari qanday rivojlantirilayotgani bilan yaqindan tanishildi.

📈 DMTT direktori o‘z taassurotlarida ushbu tajribani o‘z faoliyatiga tatbiq etish niyatida ekanini bildirib, bu yondashuv maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim vosita bo‘lishini ta’kidladi.

Ma’lumot o’rnida: 2025-yil 28-iyuldan boshlab koreyalik mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda seminar-treninglar o‘tkaziladi.

2025-yil sentabr oyidan boshlab esa 3 ta tanlab olingan DMTTda o‘yin orqali ta’lim berish yondashuvi eksperimental tarzda amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan.


#Koreya_taassurotlari

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Koreya_taassurotlari

Janubiy
Koreya: Pedagogga yo’naltirilgan taʼlimdan bolaga yo’naltirilgan taʼlimga o’tish

📍Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Gulsanam Madalieva Koreya Respublikasidagi xalqaro malaka oshirish dasturida olgan bilimlari va taassurotlari bilan bo’lishdi.

🗣“Ta’lim jarayonida bolalarga individual yondashuv va o‘yinning o‘rni muhim. Koreyada bu jarayon bosimsiz va tabiiy muhitda tashkil etiladi. O‘rganganlarimni o‘z faoliyatimda qo‘llashga intilaman,” — deydi Gulsanam Madalieva.

Ma’lumot uchun: 28-iyuldan boshlab koreyalik mutaxassislar O‘zbekistonda seminar-treninglar o‘tkazadi, sentyabrdan esa tanlab olingan 3 ta DMTTda o‘yin orqali ta’lim konsepsiyasi sinov tariqasida joriy etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
По завершении переговоров в присутствии Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Корея Ли Чжэ Мёна состоялась церемония обмена двусторонними документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X